“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   190
saparniyozova 0

Москальская О.И.
Кўрсатилган асар, 9-б. 
18
Новое в зарубежной лингвистике. Вып. 8. Лингвистика текста.
–М.: Прогресс, 1978 
19
Будагов Р.А.
Филология и культура. –М.: МГУ, 1980, с. 78-80.


mavjud ekanligini ko‘rsatish. Matn oqimida gaplarning qo‘shilish 
shakllari va vositalarini tadqiq etish. Bularning bari diqqatga sazovor 
va ularni qo‘llab-quvvatlash kerak. Boshqa narsa – har jihatdan 
an’anaviy (deyiladigan) tilshunoslikka o‘xshamaslikka intilish - 
prinsipial e’tiroz tug‘diradi... YAnada qaltis, zaif joyi tilning yirik va 
kichik birliklarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishdir. Ayni paytda 
gapning, so‘z yoki so‘z birikmasining strukturasini nafaqat tadqiq 
etmasdan, balki hatto u bilan qiziqib ko‘rmasdan turib, gaplarning 
qo‘shilish tamoyillarini o‘rganish mumkin emas...” 
20
Bunday e’tirozlarga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki matn 
lingvistikasi matnni asosiy birlik deb hisoblar ekan, gaplar yoki so‘z 
birikmalarining mavjudligini, ularning o‘ziga xosliklarini, matn 
tarkibidagi o‘rnini, umuman, an’anaviy tilshunoslik yutuqlari sifatida 
tan olingan qoidalarni aslo inkor etmaydi. Bu e’tiroz va tanqidiy 
fikrlarni mavjud muammolarga yanada sinchkovlik va hushyorlik 
bilan yondashish zaruriyatini unutmaslikka da’vat tarzida tushunish 
maqsadga muvofiq. 
Turkiyshunoslikda matn masalasi birinchi o‘laroq o‘tgan asr 
70-yillarining boshida taniqli tatar tilshunosi M.Zakiyev tomonidan 
qo‘yilgan. Dastlab u bog‘li nutqni mustaqil gaplar o‘rtasidagi aloqani 
o‘rganmasdan tadqiq etib bo‘lmasligini, chunki bog‘li nutq hamisha 
turli usullar bilan o‘zaro bog‘langan gaplar zanjiridan iborat 
bo‘lishini, shunga ko‘ra bog‘li nutqda gapdan yirik va murakkab 
bo‘lgan “murakkab sintaktik butunlik” deb ataladigan birliklar 
ajratilishini (ular abzasning qismi, abzas, yaxlit bob, ba’zan hatto 
yaxlit asar va sh.k.ga teng bo‘lishini) ta’kidlaydi va yozadi: “Bog‘li 
nutqda murakkab sintaktik butunlikni ajratish sof metodik maqsadni 
nazarda tutadi; u nutqning asosiy birligi bo‘la olmaydi va boz ustiga 
gapga qarama-qarshi qo‘yilishi mumkin emas”.
21
1974-yilda nashr 
etilgan darsligida esa murakkab sintaktik butunliklarni “sintaktik 
butunliklar” (“sintaksik bөtennәr”) deb nomlaydi va quyidagilarni 
yozadi: 
“Sintaktik butunliklar, ya’ni mustaqil jumlalarning 
bog‘lanishini o‘rganish turkiy tillarda hali to‘la yo‘lga qo‘yilgani 
yo‘q. Holbuki, bu masala til ilmi uchungina emas, balki adabiyot ilmi 
uchun ham juda ahamiyatlidir. Chunki mustaqil jumlalarning 
bog‘lanishini bilmasdan turib, matnni, asarni, uning ayrim 
20

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə