“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190
saparniyozova 0

Будагов Р.А.
Shu kitob. 85-b. 
21
Современный татарский язык
. –М.: Наука, 1971, с. 237. 


bo‘laklarini, abzaslarini tugal uyushgan bir butun qilib tuzish juda 
qiyin”.
22
1984-yilda bosilgan o‘quv qo‘llanmasida olim matn 
lingvistikasi muammolarini atroflicha yoritgan va matnning yaxlit 
birlik ekanligini e’tirof etgan. Kitobga “Matn sintaksisi” nomi bilan 
maxsus bo‘lim kiritgan va unda matn turlari, matnning mazmuniy, 
kommunikativ, struktur, grammatik butunligi, matn kompozitsiyasi, 
matn sintaksisi va lingvistik kategoriyalar kabi masalalar bo‘yicha 
fikrlar bayon qilingan.
23
Ozarbayjon tilshunosligida matn sintaksisi va uning o‘ziga 
xosliklari masalasi K.M.Abdullayev tomonidan atroflicha monografik 
planda tadqiq etilgan. Ozarbayjon tilidagi matn, uning kommunikativ, 
struktur-semantik xususiyatlari, matn birliklari mavjud qarashlar va 
original kuzatishlar asosida tahlil etilgan.
24
O‘zbek tilshunosligida ham matn va uning tadqiqi borasida 
ancha-muncha ishlar qilingan. O‘zbek til ilmida birinchilardan bo‘lib 
akademik 
G‘.Abdurahmonov 
1980-yilning 
10-12-sentyabrida 
Toshkentda bo‘lib o‘tgan sobiq Ittifoq turkiyshunoslarining III 
konferensiyasida matn nazariyasiga bag‘ishlangan ma’ruza qilib, 
muammoning mohiyati va yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirgan, 
bir qator matn turlarini ajratib ko‘rsatgan edi.
25
Ulkan tilshunos A.G‘ulomov matnning mohiyati bo‘yicha 
o‘zining qimmatli fikrlarini bayon qilgan. U dunyo tilshunosligida 
kechayotgan jarayonlardan muttasil boxabar keng qamrovli olim 
sifatida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis” darsligi (M.Asqarova 
bilan hamkorlikda) ni qayta ishlab, to‘ldirib, uchinchi nashrini 
tayyorlar ekan, matn masalasini chetlab o‘tolmaydi, ixcham bir tarzda 
bo‘lsa-da, matn haqidagi qarashlarini kitobga kiritadi. A.G‘ulomov 
gapdagi fikr tugalligining nisbiy ekanligini, asarda mazmun to‘liqligi 
butun matndan anglashilishini ta’kidlab, uch abzasdan tashkil topgan 
yaxlit matnni misol qilib keltiradi va undan kelib chiqib, quyidagilarni 
yozadi: “1. Fikr bayon qilish gap (sodda gap va qo‘shma gap) doirasi 
bilangina chegaralanmaydi. To‘liq fikrni, odatda, gapdan yirik bo‘lgan 
sintaktik butunlik beradi. Gap bu butunlik sostavida uning bir 
22

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə