sintagmatik va pragmatik xususiyatlarini
boy faktik materiallari
asosida batafsil tadqiq etgan.
31
M.Hakimov o‘zbek tilidagi matnning pragmatik talqiniga
bag‘ishlangan doktorlik dissertasiyasida
esa matnni lingvistik
pragmatika, G‘arb falsafiy tilshunosligida shakllangan nutqiy akt
nazariyasidan kelib chiqqan holda o‘rgangan
va matnda ochiq va
yashirin ifodalanadigan mazmunlarning o‘ziga xos qonuniyatlarini
ko‘rsatib bergan,
ularning semantik, sintaktik, presuppozitsional va
pragmatik mexanizmlariga daxldor qoidalarni konkretlashtirgan.
32
Dissertasiyada o‘zbek tilidagi matn
lingvistikasi muammolariga
nazariy jihatdan oydinlik kiritilgan, bir
qator tamoman yangi fikrlar
ilgari surilgan. Ammo g‘arbcha yoki g‘arb falsafiy tilshunosligi
talqinida qo‘llangan o‘zbekcha atamalar shunchalik ko‘p
va ularni
birdaniga anglab olish biroz qiyinki, muallif
dissertatsiya oxirida
“tadqiqot yo‘nalishiga oid atamalar izohi”ni berishga majbur bo‘lgan
(257-260-b.).
Keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida matn masalasining u
yoki bu jihati tadqiqiga daxldor bir qator ilmiy maqolalar ham e’lon
qilindi.
33
Matn mummaolarini o‘rganish
va uning yaxlit ilmiy
nazariyasini yaratishning xorijdagi faollaridan biri nemis tilshunosi
R.Harveg 1974 -yilda matn lingvistikasining tilshunoslikda to‘liq
asoslanishi uchun kamida yuz yil kerak bo‘lishini ta’kidlagan edi.
34
Ammo bugun bu gapning aytilganiga hali 40 yil ham bo‘lgani yo‘q.
Lekin butun dunyoda muntazam va qizg‘in olib borilgan jiddiy ilmiy
izlanishlar, tadqiqotlarning tabiiy natijasi o‘laroq “matn lingvistikasi”
(“matn nazariyasi”) nomi bilan bo‘ladimi yoki “matn grammatikasi”
(“matn sintaksisi”) nomi bilan bo‘ladimi, baribir,
shunday bir
yo‘nalish alohida fan va o‘quv predmeti sifatida shakllanganligi keng
e’tirof etilgan va buni hech kim inkor qilmaydi.
31
Dostları ilə paylaş: