“diskurs” termini bir-biridan farqli to‘rt xil ma’noda qo‘llanishini
aytadilar.
51
A.I.Gorshkov
alohida
ko‘rsatib o‘tganidek, lingvistik
adabiyotlarda “diskurs” terminining qat’iy bir ma’nosi yo‘q, u
ifodalaydigan
hodisalar diapazoni juda keng, ya’ni “matnning
qismi”dan yaxlit “nutq”qacha bo‘lgan hodisalarni ifodalash uchun
ishlatiladi. Bu so‘zning ma’nosi fransuzcha discours – “nutq”,
“so‘zlash” demakdir.
52
Uning qayd etishicha, “diskurs” so‘zi
“matnning qismi” ma’nosida termin bo‘la oladi,
ammo u matn
muammosi turlicha nuqtayi nazarlardan turib tadqiq etilgan juda ko‘p
lingvistik adabiyotlarda “frazadan katta birlik”, “murakkab sintaktik
butunlik”, “matn komponenti”, “registr”, “jumla”, “prozaik strofa”,
“sintaktik kompleks”, “monologik jumla”, “kommunikativ blok”
kabilar bilan sinonim bo‘lar ekan, “diskurs” terminiga ehtiyoj
yo‘qligini ta’kidlaydi.
53
Biz ham shunday deb hisoblaymiz. “Diskurs”
termini haqidagi mazkur mulohazalardan maqsad bu so‘zning asl
ma’nosi “nutq”, “so‘zlash”
ekanligini, adabiyotlarda bu terminning
“matn”ga sinonim sifatida qo‘llanganligini ta’kidlash va shu tarzda
matnning
yozma ham, og‘zaki ham bo‘laverishiga yana bir marta
urg‘u berishdan iborat edi. Demak, matn og‘zaki yoki yozma
shakldagi yaxlit nutqiy asardir.
Matnning ham til, ham nutq birligi
ekanligi haqidagi qarash,
yuqorida ta’kidlab o‘tganimiz kabi, tadqiqotchilarning asosiy
ko‘pchiligi tomonidan tan olingan. Gap qoliplari tilda mavjud bo‘lgani
va bu qoliplarning bevosita realizatsiyasi nutqda voqe bo‘lgani singari
til sistemasida matn yaratishning ham umumiy qoidalari, qoliplari,
“formulalari”
54
bor. Mazkur qoliplar asosida nutqda matn yaratiladi.
Shuning uchun ham gap qanchalik ham til, ham nutq hodisasi bo‘lsa,
matn
ham shunchalik ham til, ham nutq hodisasidir. To‘g‘ri, gapga
xos qonuniyatlar,
qoidalar, kategoriyalarni matnga bevosita tatbiq
etish mumkin emas. Chunki aytilganiday,
matn gapdan yirik, oliy
kommunikativ birlik va uning yaratilishida mutlaqo farqli
qonuniyatlar
amal
qiladi.
O.L.Kamenskaya
juda
o‘rinli
51
Dostları ilə paylaş: