“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Мамажонов А., Абдупаттоев М



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   190
saparniyozova 0

Мамажонов А., Абдупаттоев М
. Матн синтаксиси. –Фарғона, 2002, 4-б. 
68
Дресслер В.
Синтаксис текста... с. 111. 
69
Кох В.А.
Предварительный набросок дискурсивного анализа семантического типа / Новое в 
зарубежной лингвистике. Вып. 8. -М.: Прогресс, 1978, с. 162. 
70
Звегинцев В.А
. Предложение и его отношение к языку и речи. –М.: МГУ, 1976, с.181. 
71
Mahmudov N.
va boshq. Ona tili. 7-sinf. -Toshkent: Ma’naviyat, 2005, 35, 37-b.


II.
Bobur ham bolaligi o‘tgan Andijon osmonini esladi. Mana 
shu Yyetti Og‘ayni yulduzlari o‘sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib 
o‘tib, g‘arbga botib ketardi. O‘sha yerda ham Yyetti Og‘ayni ufqqa 
bosh qo‘ygan sari Hulkar yulduzlari osmonning baland joylariga 
chiqib borardi. Bobur o‘smirligida Hulkar yulduzlarini olmosdan 
yasalgan varrakka o‘xshatardi. Dumini quvnoq
silkitib uchadigan olmos varrak uning xayolini yana musaffo bolalik 
yillariga olib ketdi. Osmon dunyoning hamma joyida bir ekani, 
umrining boshlanishida Andijonda ko‘rgan yulduzlari umrining 
oxirida Agrada ham chaqnab turgani unga so‘nggi bir tasallidek 
tuyuldi. Bobur osmonga qarab yotganda yana yosh, sog‘lom yigitga 
aylanib, Andijon chorbog‘ining supasida yotganday bo‘ldi. Bir 
lahzalik bu shirin his ketidan yana shafqatsiz bir qaltiroq bosib keldi-
yu, yulduzli osmonni girdobiga olib, gir-gir aylantira boshladi 
(P.Qodirov). 
Birinchi parchada 6 ta, ikkinchi parchada esa 8 ta gap bor. 
Ko‘rinib turganiday, har ikki parchadagi hech bir gap biron-bir 
jihatdan, na sintaktik, na semantik va na funksional jihatdan 
noqislikka ega emas. Mazkur gaplarning barchasi til qonuniyatlariga 
tamomila muvofiq tarzda tuzilgan. Bu gaplar alohida-alohida 
parchalarda ketma-ket joylashtirilgan. Birinchi parchadagi birinchi
Jon do‘sting jonidan kechsa ham, mol do‘sting molidan kechmas 
gapini olib ko‘raylik. Bu qo‘shma gap benihoya ham sintaktik, ham 
mazmuniy lakonizmga ega bo‘lib (zotan, u maqol), mazkur parchada 
avtosemantik holatdadir. Undan keyin turgan 
Qurbon cholning gapini 
eshitib hayron qoldi 
gapi ham mustaqil gap, ammo bu ikki gap 
o‘rtasida na mazmuniy, na sintaktik munosabat bor. Bu ikki gap bir-
biriga hech bir jihatdan “qo‘l uzatmaydi”, o‘zaro bog‘lanmaydi. 
Keyingi to‘rt gap ham bu gaplar bilan ana shunday aloqasiz. Shunday 
ekan, mazkur 6 ta gapning ayni parchadagi ketma-ketligi tasodifiy, 
sun’iy (tabiiyki, darslikda metodik maqsad bilan bog‘liq), ular yaxlit 
bir butunlikni yuzaga chiqara olmaydi. 
Ikkinchi parchadagi birinchi 
Bobur ham bolaligi o‘tgan 
Andijon osmonini esladi 
gapni olib ko‘raylik. Avvalo, gapdagi 
ham 
yordamchisining presuppozitsiyasiga ko‘ra bu gapdan oldin 
ifodalanayotgan fikrga daxldor boshqa fikr bayoni mavjudligi 
anglashiladi. Ayni paytda 
esladi 
fe’l-kesimining semantikasiga ko‘ra, 
keyingi ifoda ehtiyoji seziladi. SHu tarzda bu gap nafaqat mazmunan, 


balki grammatik jihatdan ham keyingi
Mana shu Yyetti Og‘ayni 
yulduzlari o‘sha yerda ham Oltin Qoziqni aylanib o‘tib, g‘arbga botib 
ketardi 
gapiga “qo‘l beradi”, uni taqozo etadi. Ayni shu keyingi 
gapdagi
o‘sha yerda, Yyetti Og‘ayni yulduzlari, Oltin Qoziq 
so‘zlari 
birinchi gapdagi
Andijon, osmon
so‘zlari bilan ham mazmunan, ham 
grammatik aloqalanadi. Keyingi oltita gap ham bu gaplar bilan ana 
shunday zich munosabatda bog‘langan, ya’ni sintaktik, semantik va 
kommunikativ yaxlit holatga kelgan. Demak, bu parchadagi 8 ta 
gapning ketma-ketligi mutlaqo tasodifiy emas, balki to‘liq qonuniydir. 
Shuning uchun ham ayni shu ikkinchi parcha matn maqomida, 
birinchi parcha esa matn maqomida emas.
Ana shu mulohazalardan kelib chiqib, 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə