“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   190
saparniyozova 0

matnni gaplar ketma-
ketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma shaklda 
yuzaga keladigan struktur, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi 
tarzidagi butunlik sifatida, til sintaktik sathining oliy darajadagi 
birligi sifatida talqin etish maqsadga muvofiq. 
Bunday talqin, 
albatta, 
matnga 
xos 
boshqa 
turli 
xususiyatlar, 
belgilar, 
kategoriyalarning mavjudligini mutlaqo inkor etmaydi. Masalan, 
prospeksiya va retrospeksiya, konseptuallik, avtosemantiya va 
sinsemantiya, informativlik, modallik, tugallanganlik kabi bir qancha 
kategoriyalar mazkur ta’rifda ta’kidlangan bog‘lanishlilik va yaxlitlik 
tushunchalari bilan u yoki bu darajada bog‘liqdir. Bu kategoriyalar 
matnning mohiyatiga daxldor mazkur ikki o‘zak xususiyatning 
reallashuvida ishtirok etadi. Shuning uchun ham matn ta’rifida matnga 
xos bo‘lgan barcha xossalarni, kategoriyalarni birma-bir aks ettirish 
uchun alohida bir zaruriyat yo‘q. Zotan, har qanday ta’rifning bosh, 
asosiy maqsadi, qanday fanda bo‘lishidan qat’i nazar, muayyan 
hodisaning tamal mohiyati va umumiy tabiatini ko‘rsatib berishni 
nazarda tutadi. 
 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar 
 
1.
L.M.Losevaning matnga bergan ta’rifi qanday? 
2.
I.R.Galperinning matnga bergan ta’rifi qanday? 
3.
Z.Y.Turayevaning matnga bergan ta’rifi qanday? 
4.
M.Hakimovning matnga bergan ta’rifi qanday? 
5.
R.A.Karimovaning matnga bergan ta’rifi qanday? 
6.
O.V.Dolgovaning matnga bergan ta’rifi qanday? 


7.
Diskurs termini nimani anglatadi? 
8.
O.L.Kamenskayaning matnga bergan ta’rifi qanday? 
9.
Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konsepsiyasiga ko‘ra
matn nima? 
10.
O‘zbek tilidagi matn muammolari bilan muntazam 
shug‘ullanib 
kelayotgan 
A.Mamajonov 
va 
M.Abdupattoyevlarning matnga bergan ta’rifi qanday?
11.
M.Yo‘ldoshevning matnga bergan ta’rifi qanday? 

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə