“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   190
saparniyozova 0

MATN BIRLIKLARI
 
Tabiiyki, har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib 
toptiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardan iborat bo‘ladi. 
Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni 
bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb 
hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir 
qarashda, matn birliklarini tayin etish, belgilash u qadar ham qiyin ish 
emasday tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham bu 
masalada matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli 
qarashlar mavjud. 
Biz matnga ta’rif berganda, ikki asosiy belgiga, ya’ni 
bog‘lanishlilik va yaxlitlikka alohida e’tibor berdik. Tabiiyki, 
bog‘lanishlilik va yaxlitlik gaplar o‘rtasida va gaplarning mazmuniy-
grammatik birligi asosida yuzaga keladi. Deyarli barcha matn 
tadqiqotchilari bu ikki belgini hech vaqt nazardan qochirgan emas. 
Ayniqsa, g‘arb tilshunoslari tomonidan matnga berilgan ta’riflarda 
gaplarning ketma-ket bog‘lanishi, gaplar zanjiri matnda asosiy jihat 
ekanligi, busiz matn yuzaga kela olmasligi muntazam ta’kidlanadi. 
Masalan, golland tilshunosi S.Dik “gaplarning matniy zanjirida 
koordinatsiyaning oliy shakli”ni ko‘radi.
72
Boshqacha qilib aytganda, 
mustaqil gaplarning oliy darajadagi koordinatsiyasi (albatta, muayyan 
axborotni ifodalash maqsadi bilan) mahsuli o‘laroq matn shakllanadi. 
Oliy darajadagi koordinatsiya, aniqki, ayni matn deyiladigan butunlik, 
yaxlitlikni paydo qiladigan gaplar o‘rtasidagi barcha jihatlardan, ya’ni 
semantik, sintaktik, kommunikativ, estetik va yana boshqa barcha 
72
Дресслер В.
Синтаксис текста / Новое в зарубежной лингвистике. Вып.8. -М.: Прогресс, 
1978, с.119.


jihatlardan uyg‘unlikdir, muvofiqlashuvdir. Gaplarning ana shunday 
o‘zaro uyg‘unligi, muvofiqlashuvining natijasi sifatida matn mavjud 
bo‘ladi. Ana shu bir-ikki mulohazadan kelib chiqib, matnning asosiy 
birligi gapdir degan xulosaga kelish mumkin. Ammo gapni matn 
birligi sifatida baholash tilshunoslikda u qadar keng tarqalgan emas. 
Aksincha, bu borada bahsli yondashuvlar anchagina. 
Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas deb 
hisoblaydilar. Masalan, I.R.Galperin gap emas, balki bir qator gaplarni 
birlashtiradigan nisbatan yirik butunlik – frazadan katta butunlik matn 
birligi bo‘la olishini aytadi. U gap ana shunday butunlikda konstituent 
sifatida ishtirok etishini, frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi 
bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaxlit matnning ham tarkibiy qismi 
bo‘la olmasligini ta’kidlaydi. 
Ayni shu frazadan katta butunlikni matnning asosiy birligi 
sifatida baholash deyarli barcha tilshunosliklarda keng tarqalganligini 
ta’kidlash mumkin.
O‘zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash 
uchun 
bir 
qator 
farqli 
terminlar 
qo‘llanmoqda. Masalan, 
A.Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik”
73
terminini qo‘llagan 
bo‘lsa, keyinroq muntazam ravishda “superfrazali sintaktik birlik”
74
terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida 
e’tibor bilan qaragan I.Rasulov va H.Rustamovlar esa “murakkab 
sintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘radilar.
75
O‘zbek matnidagi 
ana 
shunday 
birliklarni 
monografik 
tarzda 
tadqiq 
etgan 
M.Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar” terminini qo‘llashni 
maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
76
Biz ham hodisa mohiyatini 
anchayin to‘g‘ri va xolis aks ettiradigan atama sifatida ana shu 
“supersintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘ramiz.
M.Abdupattoyev mazkur nomzodlik dissertatsiyasida o‘zbek 
tilidagi matnda supersintaktik butunliklarning mohiyati, sintagmatik 
va semantik-uslubiy xususiyatlarini ilmiy asoslab bergan. Shuni ham 
aytish kerakki, tadqiqotchi supersintaktik butunliklarning matn 
tarkibidagi chegaralarini belgilash, ularni ajratish prinsiplarini 
73

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə