“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Келеман Я. Текст и значение / Семиотика и художественное творчество. -М.: Наука, 1977,  с.120.  63 Кожевникова К



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   190
saparniyozova 0

Келеман Я.
Текст и значение / Семиотика и художественное творчество. -М.: Наука, 1977, 
с.120. 
63
Кожевникова К.
Об аспектах связности в тексте как целом / Синтаксис текста. -М.: 1979, с. 
50. 
64
Брчакова Д.
О связности в устных коммуникатах / Синтаксис текста. -М.: 1979. -С. 250- 260. 


Vengriyalik olim Z.Kano nemis tilshunosi X.Izenbergning 
fikrlariga suyangan holda matnning chegaralanganligi, yopiqligi 
haqidagi masala matn nazariyasining asosiy masalalaridan biri 
ekanligini aytadi. Uningcha, agar matnning har ikki tomonidan 
qandaydir bir tarzda yopiq ekanligini isbotlab bo‘lmasa, maxsus til 
strukturasi bo‘lgan matn haqida gapirish mushkul.
65
Shubhasizki, 
matn alohida va mustaqil birlik bo‘la olishi uchun uning boshlanish va 
tugallanish chegarasi bo‘lishi shart, ana shu ikki tomondan bo‘ladigan 
chegaralar orasidagi qism yaxlit butun bo‘la oladi. Shuning uchun 
ham aksariyat matn tadqiqotchilari bog‘lanishlilik va yaxlitlikning 
matnning ontologik xususiyatlari sirasiga kiritishni ma’qul deb 
biladilar. Ayni paytda ular yaxlitlik, eng avvalo, mazmuniy kategoriya 
bo‘lsa-da, ham sintaktik, ham ma’noviy bog‘lanishlilikka 
asoslanishini ta’kidlaydilar.
66
Ammo shuni ham aytmoq kerakki
sintaktik bog‘lanishlilik ham ma’noviy-mazmuniy bog‘lanishliliksiz 
yuzaga chiqa olmaydi. Shunga ko‘ra bog‘lanishlilikni ham, yaxlitlikni 
ham matnning mazmuniy-sintaktik kategoriyasi sifatida baholash 
maqsadga muvofiq. O.I.Moskalskaya matnning yaxlitligi, uni tashkil 
etuvchi unsurlarning zich bog‘langanligi hozirgi tilshunoslikda
matnning kogerentligi (lotincha cohaerens – bog‘li, o‘zaro 
bog‘langan) nomini olganligini, bu tushuncha molekulyar fizikadagi 
kogeziya (ya’ni molekulalarning jismda bir-biri bilan qo‘shilishi) 
termini bilan ham juda obrazli bir tarzda ifodalanishini aytadi va 
shunday yozadi: “Matnning kogerentligi faqat mazmuniy hodisa emas. 
U bir paytning o‘zida o‘zaro shakl, mazmun va funksiya 
munosabatida bo‘luvchi struktur, mazmuniy va kommunikativ 
yaxlitliklar sifatida namoyon bo‘ladi”. Matnning alohida oliy 
kommunikativ birlik sifatida yashashi ham ana shunga ko‘radir. 
Bog‘lanishlilik va yaxlitlikni matnning ontologik, ya’ni mavjudlik 
belgisi deb ta’kidlanishi ham bejiz emas. 
O‘zbek tilidagi matn muammolari bilan muntazam shug‘ullanib 
kelayotgan A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham matn 
tarkibidagi bog‘lanishlilikka, grammatik va mazmuniy umumiylikka 
ko‘ra uzvlarning birikuviga alohida urg‘u beradilar: “Matn - 
65
Каньо З.
Заметки к вопросу о начале текста в литературном повествовании / Семиотика и 
художественное творчество. -М.: Наука, 1977, с. 229. 
66

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə