kelayotgan bo‘lsa, bugun ular qatoriga “matn” tushunchasi ta’rifini
ham qo‘shish mumkin.
Albatta, matn gapdan yirik sintaktik birlik, shuning uchun ham
uning tarkibida birdan ortiq gapning bo‘lishi tabiiy. Ammo bu birdan
ortiq gaplarning bir-biri bilan munosabati qanday bo‘ladi?
Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konsepsiyasiga ko‘ra,
matn – bu,
aslini olganda, “gap-yadro” tarzidagi qismlari o‘zaro
pronominal va bog‘lovchi so‘zlar yordamida bog‘langan “uzun
gap”dir.
62
Bu “uzun gap”, ya’ni matn qismlari bo‘lmish gaplar o‘rtasida
grammatik, mazmuniy-mantiqiy va yana bir qancha jihatlardan
bog‘lanishlilikning mavjudligi matn
tadqiqotchilarining deyarli
barchasi tomonidan qayd etiladi. Masalan, chex tilshunosi
K.Kojevnikova matn muammolariga bag‘ishlangan
tadqiqotlarda
qarashlar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, faqat bir masalada, ya’ni
“matnni bog‘lanishliliksiz tasavvur etib bo‘lmasligi
borasida mutlaq
yakdillik kuzatilishi”ni ta’kidlaydi.
63
Yana bir chex tilshunosi D.Brchakova bog‘lanishlilik
kommunikatsiyaning aosiy shartlaridan biri ekanligini, muayyan qismi
oldingi qismlardagi axborot oqimini o‘z ichiga olgan, mavzuiy birlik
namoyon bo‘lgan matn bog‘lanishli bo‘lishini aytib quyidagilarni
yozadi: “Bog‘lanishlilik semiologik kategoriya
sifatida matnning
lingvistik tahliliga daxldor universaliyalar sirasiga kiradi. Uni birdan
ortiq gapdan tashkil topgan matn parchasida ko‘rish mumkin.
Bog‘lanishlilikning mohiyati bir mavzu
haqidagi axborotni matnning
bir
segmentidan
ikkinchisiga
o‘tkazishdir.”
64
Albatta,
bog‘lanishlilikning bunday talqinida sintaktik jihat inkor etilmasa-da,
har holda, mazmuniy-mantiqiy yondashuv birinchi planga chiqqan. Bu
o‘rinda matnning bog‘lanishliligi bilan bevosita aloqador matnning
yaxlitligi masalasi ham alohida diqqatga molik. Zotan,
muayyan
butunlikni
tashkil
etadigan
barcha
unsurlar
o‘rtasida
bog‘lanishlilikning mavjudligi natijasi o‘laroq bu butunlikning
yaxlitligi yuzaga keladi.
62
Dostları ilə paylaş: