maqsadga muvofiqmi? Til sistemasining fonologik – morfologik –
leksik – sintaktik sathlar tarzidagi ierarxiyasining davomi - yuqori
pog‘onasi sifatida matn sathi ajratilsa,
bu sath sintaktik sathdan
tamomila farqli bir sath maqomida bo‘lib qoladi. Aslida bu sathda
ham sintaktik mohiyat mavjud. Zotan, sintaksisning faqat gap
doirasi bilan cheklanishi to‘g‘ri
emasligi, umuman, “sintaksis nutq
tuzish haqidagi fan” (O.V.Dolgova) ekanligi e’tirof etilar ekan,
tabiiyki, matnni sintaksisdan tamoman tashqariga chiqarib bo‘lmaydi.
Rus tilshunosi G.A.Zolotova “Matn sintaksisi” ilmiy maqolalar
to‘plamiga mas’ul muharrir sifatida yozgan kirish so‘zida shunday
ta’kidlaydi: “Tabiiyki, sintaksis so‘zi matnga nisbatan tor
grammatik
ma’noda emas, balki anchayin keng ma’noda qo‘llanadi. Chunki
bunda gap doirasidan tashqariga chiqadigan aloqalar ham, ayni paytda
nutqiy butunliklar va ularni tashkil etuvchi qismlar konstruktivligi,
bog‘langanligi belgilarining realizatsiyasi ham nazarda tutiladi.
To‘plamda gap sintaksisining matn
sintaksisi bilan munosabati
masalalari ham ko‘tarilgan”.
61
Ana shularni inobatga olganda, til sistemasining oliy sathi
sifatida ajratiladigan sathni matn sathi deb emas, balki makrosintaktik
sath deb nomlash maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Demak,
matn til
strukturasida alohida – oliy sintaktik sath bo‘la oladi. Umuman, til
sistemasidagi sathlarning pog‘onalanishini quyidagicha ko‘rsatish
mumkin: fonologik sath – morfologik sath – leksik sath –
mikrosintaktik sath – makrosintaktik sath Matn ana shunday
makrosintaktik sathga oid hodisa sifatida benihoya murakkab va
o‘ziga xos butunlikdir. Shuning uchun
ham matn lingvistikasi
muammolari bilan shug‘ullangan olimlar tomonidan matnning turlicha
ta’riflari ilgari surilgan. Benihoya katta miqdordagi lingvistik
adabiyotlarda
bir-biridan
anchayin
keskin
farqlanadigan
definitsiyalarni ham uchratish mumkin. Misol tariqasida yuqorida
tahlil etib o‘tganimiz - matnning yozma yoki og‘zakiligi, uning tilga
yoki nutqqa oidligi haqidagi bahslarni eslashning o‘zi kifoya. Mazkur
ta’riflarda bu murakkab va serqatlam butunlikning
barcha jihatlari
to‘lasicha qamrab olingan, unga xos mohiyat har taraflama va xolis
ochib
berilgan, yagona, yaxlit umumlashmalar qilingan deyishga hali
erta. Z.Y.Turayeva juda o‘rinli qiyoslaganidek, “so‘z” va “gap”
tushunchalarini ta’riflashga urinish necha
asrlardan beri davom etib
61
Dostları ilə paylaş: