Demak, shunga ko‘ra, tilshunoslikda
matnga doir yaratilgan
tadqiqotlarni uch katta guruhga bo‘lish mumkin: a) matnning formal-
grammatik va ma’no qurilishiga oid ishlar; b)
matnni turlicha idrok
qilishga sabab bo‘ladigan matn qurilishining shakliy va konseptual
xususiyatlari tahliliga bag‘ishlangan ishlar; v) matnning o‘zini idrok
qilishga oid ishlar. Yana shuni ta’kidlab
aytish mumkinki, bugungi
kunga kelib matnni o‘rganishning yigirmadan ortiq usullari,
metodlari ishab chiqilgan va ular
tilshunoslik fanida keng
qo‘llanmoqda.
Ulardan biri o‘zbekcha matnlarni statistik usulda o‘rganishdir.
Matnni o‘rganishning bu usuli haqida B.Yo‘ldoshevning “Matnni
o‘rganishning lingvostatistik metodlari” uslubi qo‘llanmasida izchil
fikrlar bildirilgan, ya’ni unda turli vazifaviy
uslubdagi matnlarni
statistik metodlar asosida o‘rganish usullari, ko‘rinishlari, chastotali
lug‘atlar va ularni yaratish tamoyillari bayon qilingan.
35
Matnni
o‘rganishning lingvostatistik metodlarini
tahlil va tatbiq qilish ham
matn lingvistikasining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu
borada
samarqandlik
olimlar
S.Karimov,
B.Yo‘ldoshev,
D.O‘rinboyevalarning tadqiqotlari e’tiborga sazovor.
Tilshunoslikda matnni psixolingvistik jihatdan o‘rganish ham
o‘ziga xos tarixiga ega. Ayniqsa, tilshunoslar I.Lisakova,
A.A.Leontyev, N.S.Yevchik, A.Shtern, T.A.Drozdovalarning bu
boradagi tadqiqotlari diqqatga sazovor.
36
Bu yo‘nalishdagi ishlarda
matnning yaralishi va tushunilishi (persepsiyasi) bilan bog‘liq
jarayonlar, ya’ni inson psixologiyasi va matn yaratish qobiliyati
o‘rtasidagi bog‘liqligi masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda ham
bu yo‘nalishda ishlar yuzaga kelmoqda. Xususan, I.Azimovaning
nomzodlik dissertasiyasida psixolingvistikadagi
matnning mazmuniy
persepsiyasiga oid umumnazariy qarashlar sharhi berilgan, matnni
tushunishga ta’sir etuvchi lingvistik va
ekstralingvistik omillarni
psixolingvistik tajribalar asosida aniqlanib, matnni tushunish
jarayonining darajalari ko‘rsatilgan,
shuningdek, ishda matnning
35
Dostları ilə paylaş: