Matnshunoslik


Mintaqa birla falaki lojuvard



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə16/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Matnshunoslik

Mintaqa birla falaki lojuvard,
Sun’i bisotida iki taxta nard.
Solmoq uchun tosi sipehr ichra shayn,
Oy-u Quyoshtin qilibon ka’batayn.
Bu misralar “Xamsa” qo‘lyozmalarining Abduljamil nusxasida berilgan. Ammo Sultonali Mashhadiy nusxasida “tosi sipehr” iborasidagi “tos” so‘zi “toq” so‘zi bilan almashtirilgan. Agar iboraning o‘zi nazarda tutilsa, bu o‘zgarish ma’qulga o‘xshab ko‘rinadi. Lekin falakning nardga, Quyosh bilan oy ka’batayn – nardning ikki shashqoliga o‘xshatilgani hisobga olinsa, mazkur tuzatishning aslida buzish bo‘lganligi ma’lum bo‘ladi”81.
XVI–XIX asrlar o‘zbek matnshunosligida ko‘ringan yana bir yangilik matn mazmunini saqlagan holda uni shaklan o‘zgartirish hodisasidir. Masalan, XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asr boshlarida Xorazmda yashagan shoir Umar Boqiy Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi dostonlarni nasriy qissaga aylantirgan. Unga “Nasri Xamsai benazir” deb nom bergan. Umar Boqiy dostonlarning asosiy voqea va epizodlarini saqlab qolgan. Umar Boqiy asar kompozitsiyasidan yiroqlashib ketmasdan, qahramonlar xarakterining asosiy mohiyatini ham saqlashga harakat etgan. Umar Boqiy tayyorlagan nasriy bayonning diqqatga sazovor joyi shundaki, bu ish “Xamsa”ni ommalashtirish va uning oddiy o‘quvchiga tushunarli matnini tuzish yo‘lida qo‘llangan ilk tajribadir.
XIX asr Movarounnahrda adabiy jonlanish, o‘tmish mumtoz adabiyotini targ‘ib etishda yangi epkinni vujudga keltirgan asr bo‘ldi. Qo‘qon, Xorazm adabiy muhitlarida yaratilgan va ko‘chirilgan o‘nlab qo‘lyozmalar o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosini boyitdi. Ushbu ko‘tarilish o‘z-o‘zidan matnshunoslik ishlariga bo‘lgan talabchanlikni jiddiy oshirishni taqozo etdi. Xatga muhim hodisa sifatida yondashish XIX asrda yashab, ijod etgan shoir, tarixchi, tarjimon va xattot Munis Xorazmiy ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning “Savodi ta’lim” asari asos-e’tibori bilan xattotlik ilmiga oid hisoblansa-da, husnixat ta’limi borasidagi qimmatli fikrlari ahamiyatlidir. Munis asarning “Xat ta’rifi” qismida:

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə