|
MatnshunoslikXillash (sortirovka – sorting) – ko‘p nusxali matnning turlarga ajratish: qo‘lyozma, toshbosma, bosma.
Qiyoslash
|
səhifə | 41/41 | tarix | 26.05.2023 | ölçüsü | 316,35 Kb. | | #113300 |
| MatnshunoslikXillash (sortirovka – sorting) – ko‘p nusxali matnning turlarga ajratish: qo‘lyozma, toshbosma, bosma.
Qiyoslash (kalligrafiya – calligraphy) – qo‘lyozmalarning xati va matn to‘liqligi solishtiriladi: badxat, xushxat; matnning boshi va oxiri bo‘lgani holda, ayrim baytlarning tushib qolishi,boshlanishi yo‘q qo‘lyozmalar, oxiri yo‘q qo‘lyozmalar, boshlanishi ham, oxiri ham yo‘q qo‘lyozmalar.
Qofiya (rifma – rhyme) – misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm.
Qurama matn (smeshanniy tekst – mixed text) – Turli qo‘lyozma nusxalardagi matniy tafovutlarning birma-bir almashtirilib borilishi asosida yuzaga kelgan matn. Bu jarayonda aniq nusxa tanlanmaydi. Bunday matn rus matnshunosligida XVIII – XIX asrlarda qo‘llanilgan.
Harakat (deystvie,dvijenie - action) – maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Hoshiya (polya – brim) – jadvalga olingan matnning tashqarisida izoh berish, parallel ravishda boshqa bir asar matnini joylashtirish, matnda belgi qo‘yilgan o‘rinlarni tafsiloti bilan yoritish, ilovalar berish.
Sharh (tolkovanie – explanation) – ochmoq; bayon qilmoq,tushuntirmoq, yoritmoq, izohlamoq; bo‘laklab kesmoq.
Ekzegetika (ekzegetika – exegetics) – diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik ishlari bilan bevosita bog‘lanadi.
Eksteriorizatsiya (eksteriorizatsiya – exteriorization) – oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni.
Epitafiya (epitafiya – epitaph) – qabrtoshga yozilgan bitik (adabiyotda to‘plamdan joy olgan mo‘‘jaz she’r).
Dostları ilə paylaş: |
|
|