Matnshunoslik


Ateteza (ateteza – atheteza) –



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə35/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Matnshunoslik

Ateteza (ateteza – atheteza)muallifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan muayyan asarni ilmiy asosda noo‘rin mualliflikdan himoya qilish. Bu holatda bahsga sabab muallifning mavjud asarlari qiyosan o‘rganilib, ularning hududiy, davriy, g‘oyaviy, uslubiy jihatlari tekstologik tadqiqi qilinib, xulosa chiqariladi.
Atributsiya (atributsiya – attribution) – matnning ichki va tashqi xususiyatlariga asoslanib matn muallifini aniqlash. Atributsiya holatida matnshunos matnning, masalan, g‘azallarda maqta’dagi taxallus, matn tuzilishini o‘rganish, sanalarini, matnning yaratilish joyini aniqlash kabi tekstologik usullardan foydalanib, muallif nomi va tarjimai holini tiklash mumkin.
Bayoz (antologiya – anthology) – lug‘aviy ma’nosi “oqlik” bo‘lib, atama sifatida “she’rlar to‘plami”ni anglatadi. Bayozlar odatda ikki yoki undan ortiq shoirlar she’rlaridan tashkil topadi.
Bayon (ob’yasneniya – explanations) – ifoda yo‘llari haqidagi ilm. Muhammad Fazlihaq Rompuriyning “Mahorat quyoshlari” (شموس البراعة) asarida ta’riflanishicha, bayon ilmi shunday qoidalardan iboratki, ular bir ma’noni turli shaklda, o‘sha ma’noga ochiq dalolat qiladigan har xil jumlalar orqali ifodalashni o‘rgatadi.
Germenevtika (germenevtika – hermeneutics) – tushuntirish ilmi. XVIII-XIX asrlarda nemis olimlari tomonidan fan sifatida tafakkur maydoniga tashlangan falsafiy germenevtika boshqa ko‘rinishda azaldan SHarqda ham mavjud bo‘lgan bilish, tushunish, sharhlash va izohlash bilan bog‘liq ta’limotdir. Germenevtika metodi bilan G‘arbda Injil matnlarini izohlaganlaridek, bizda ham Qur’oni karim oyatlarini tafsir va ta’vil qiladigan, hadisi sharif ma’nolarini izohlaydigan, mutafakkir ajdodlarimizning asarlarini sharhlaydigan mufassirlar, muhaddislar, faqihlar ilmi azaldan shakllanib, rivojlanib kelgan.
Gloss (gloss – gloss)qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan izohlar, to‘ldirishlar, aniqlik kirituvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, oyat va hadislarning hoshiyadagi tafsirlari.
Devon (divan – divan) – lug‘aviy ma’nosi “yozish, ro‘yxatga olish, to‘plam”. Devon sharq mumtoz adabiyotidagi she’riy to‘plamlarning asosiy turi. Devonga shoirlarning o‘zlari yoki boshqa shaxslar, masalan, kotiblar, shogirdlar, muxlislar tomonidan tartib berilgan.

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə