Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə34/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Matnshunoslik

Ideografik yozuv – so‘zning ma’nosining tushuncha orqali ifodalanishi. Ieroglifik yozuv – logografik yozuvning rivojlangan, mukammal ko‘rinishi.
Yig‘ma-qiyosiy matn – iatnlarni o‘zaro qiyoslash natijasida tuzilgan muallif matnining nisbatan to‘liq varianti.
Ilmiy apparat – matn tarkibini detallashtirib, har bir qismni ilmiy ko‘rsatkichlar orqali izohlash. Ilmiy apparatning konstruksiyasi va uning ichki tarkibi jarayonning ilmiy ko‘lami haqida bir butun tasavvur uyg‘otadi, balki tadqiqotning yakuniy ko‘rgazmali maketi vazifasini o‘taydi.
Ilmiy-ommabop (akademik) matn – yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish.
Ilmiy-tanqidiy matn – matn tarixining muallif matniga yaqin variantini ilmiy tekstologik dalillar asosida asliyat yozuvida taqdim qilish.
GLOSSARIY (glossariy – glossary)
Adekvat tarjima (adekvatniy perevod – adequate translation )– asl nusxani to‘liq aks ettiruvchi, unga muvofiq va u bilan tenglashadigan mukammal tarjima.
Aruz (aruz – aruz)(ar. عروض– chodir qurish uchun chodirning markaziga tikiladigan yog‘och) qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslangan she’r vaznlari haqidagi ilm.
Arxeografiya (arxeografiya – archeography)- yozma manbalarni qidirib topish, ilk tavsifga olish, ilmiy muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli fondlardagi qo‘lyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini ta’minlaydi.
Asl matn (podlinniy tekst – authentic text)– ma’lum vaqt mobaynida sub’ektiv (muallif, kotib, nashrga tayyorlovchi, muharrir) va ob’ektiv (ijtimoiy) omillar ta’sirida o‘zgarishga uchragan matndagi o‘zgarishlarni aniqlab, ularni tarixiy, ilmiy dalillar bilan asoslash.

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə