Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə33/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Matnshunoslik

Asosiy adabiyotlar

  1. Sodiqov Q. Matnshunoslik va manbashunoslik asoslari. – T.: 2017, – 216 b.

  2. Sirojiddinov Sh. Matnshunoslik saboqlari. – T:. Navoiy universiteti, 2019. 9-16-betlar

  3. Sirojiddinov Sh., Umarova S. O‘zbek matnshunosligi qirralari. – T.: “Akademnashr”. 2015. – 122 b.

  4. Habibullayev A. Amaliy matnshunoslik. – T.: 2017

Talabalar mustaqil talimining mazmuni va hajmi (30 soat)



Ishchi o‘quv dasturining
mustaqil ta'limga oid
bo‘lim va mavzulari

Mustaqil ta'limga
oid topshiriq va
tavsiyalar

Soat

1.

O‘zbek matnshunosligida tadqiq usullari (“O‘zbek matnshunosligi qirralari” monografiyasida asosida)

Annotatsiya, slaydlar

2

2.

P.SHamsievning o‘zbek matnshunosligining shakllanishidagi o‘rni.

Bibliografiya, slaydlar

2

3.

“Mezonul avzon”ning ilmiy-tanqidiy matnini tuzish prinsiplari.

Annotatsiya, slaydlar

2

4.

A.Rustamiy – matnshunos.

Annotatsiya, slaydlar

2

5.

V.Rahmonovning matniy tadqiq bo‘yicha kuzatishlari.

Bibliografiya, slaydlar

2

6.

Qo‘lyozma kitoblarga tuzilgan kataloglar tarkibi.

Referat, yozma konspekt qilish, annotatsiya

2

7.

Furqat ijodini o‘rganish muammolari.

Referat, annotatsiya, slaydlar

2

8.

Adabiy maktablarning ma’rifatparvarlik adabiyotida tutgan o‘rni.

Annotatsiya, slaydlar,
bibliografiya

2

9/

Mustaqillik davri matnshunosligi.

Annotatsiya, slaydlar bibliografiya

2

10.

Kundalik matbuotdagi matnshunoslik mavzusidagi bahs-munozaralar.

Bibliografiya, slaydlar

2

11.

Fazliy “Majmuayi shoiron” tazkirasidagi naziralarning matniy tadqiqi.

Annotatsiya, slaydlar

2

12.

“Xamsa” dostonlarining nasriy bayonlari.

Annotatsiya, slaydlar

2

13.

O‘zbek matnshunosligining shakllanish bosqichlari.

Bibliografiya, slaydlar

2

14.

“Nasoyimul muhabbat”ning ilmiy-tanqidiy matni.

Referat, yozma konspekt qilish, annotatsiya

2

15.

Matnshunoslikning adabiyotshunoslik va tilshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni.

Referat, annotatsiya, slaydlar

2




Ja’mi




30

GLOSSARIY


Adekvat tarjima ()– asl nusxani to‘liq aks ettiruvchi, unga muvofiq va u bilan tenglashadigan mukammal tarjima.
Aruz (ar. عروض– chodir qurish uchun chodirning markaziga tikiladigan yog‘och) qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq hijolarning muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishiga asoslangan she’r vaznlari haqidagi ilm.
Arxeografiya – yozma manbalarni qidirib topish, ilk tavsifga olish, ilmiy muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli fondlardagi qo‘lyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini ta’minlaydi.
Asl matn – ma’lum vaqt mobaynida sub’ektiv (muallif, kotib, nashrga tayyorlovchi, muharrir) va ob’ektiv (ijtimoiy) omillar ta’sirida o‘zgarishga uchragan matndagi o‘zgarishlarni aniqlab, ularni tarixiy, ilmiy dalillar bilan asoslash.
Ateteza – muallifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan muayyan asarni ilmiy asosda noo‘rin mualliflikdan himoya qilish. Bu holatda bahsga sabab muallifning mavjud asarlari qiyosan o‘rganilib, ularning hududiy, davriy, g‘oyaviy, uslubiy jihatlari tekstologik tadqiqi qilinib, xulosa chiqariladi.
Atributsiya – matnning ichki va tashqi xususiyatlariga asoslanib matn muallifini aniqlash. Atributsiya holatida matnshunos matnning, masalan, g‘azallarda maqta’dagi taxallus, matn tuzilishini o‘rganish, sanalarini, matnning yaratilish joyini aniqlash kabi tekstologik usullardan foydalanib, muallif nomi va tarjimai holini tiklash mumkin.
Bayoz – lug‘aviy ma’nosi “oqlik” bo‘lib, atama sifatida “she’rlar to‘plami”ni anglatadi. Bayozlar odatda ikki yoki undan ortiq shoirlar she’rlaridan tashkil topadi.
Bayon – ifoda yo‘llari haqidagi ilm. Muhammad Fazlihaq Rompuriyning “Mahorat quyoshlari” (شموس البراعة) asarida ta’riflanishicha, bayon ilmi shunday qoidalardan iboratki, ular bir ma’noni turli shaklda, o‘sha ma’noga ochiq dalolat qiladigan har xil jumlalar orqali ifodalashni o‘rgatadi.
Germenevtika – tushuntirish ilmi. XVIII-XIX asrlarda nemis olimlari tomonidan fan sifatida tafakkur maydoniga tashlangan falsafiy germenevtika boshqa ko‘rinishda azaldan SHarqda ham mavjud bo‘lgan bilish, tushunish, sharhlash va izohlash bilan bog‘liq ta’limotdir. Germenevtika metodi bilan G‘arbda Injil matnlarini izohlaganlaridek, bizda ham Qur’oni karim oyatlarini tafsir va ta’vil qiladigan, hadisi sharif ma’nolarini izohlaydigan, mutafakkir ajdodlarimizning asarlarini sharhlaydigan mufassirlar, muhaddislar, faqihlar ilmi azaldan shakllanib, rivojlanib kelgan.
Gloss – qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan izohlar, to‘ldirishlar, aniqlik kirituvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, oyat va hadislarning hoshiyadagi tafsirlari.
Devon – lug‘aviy ma’nosi “yozish, ro‘yxatga olish, to‘plam”. Devon sharq mumtoz adabiyotidagi she’riy to‘plamlarning asosiy turi. Devonga shoirlarning o‘zlari yoki boshqa shaxslar, masalan, kotiblar, shogirdlar, muxlislar tomonidan tartib berilgan.

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə