Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə37/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Matnshunoslik

Kommunikatsiya (kommunikatsiya – communication)– o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni.
Konyektura (konyektura – conjecture) – matn kontekstidan kelib chiqib, matndagi xato yozilgan o‘rinlar yoki o‘qib bo‘lmas darajada o‘chib ketgan so‘z va jumlalarni matn mantig‘idan kelib chiqib tiklash. Konyektura beixtiyor yoki e’tiborsizlik oqibatida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qo‘llanadi.
Kooperatsiya (kooperatsiya – cooperation) - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir.
Kotib (pisar – scribe) – qo‘lyozmani ko‘chiruvchi shaxs. O‘rta Osiyo xattotlik san’ati tarixini o‘rgangan xattot A. Murodov ta’kidlaganidek, SHarqda kotiblik bilan nom chiqargan har bir shaxsni biz oddiy texnik vazifasini bajaruvchi kishi sifatida emas, balki o‘z zamonasining madaniy hayotida favqulodda katta rol o‘ynagan ilm-ma’rifat ahli va yirik madaniyat arbob sifatida taniymiz.
Litografiya (toshbosma) (litografiya – lithography) – yassi chop etish, ya’ni matn oldindan qog‘oz varag‘iga bitilgan va tosh shaklga teskarisi tushirilgan aksdan nusxa ko‘chirish usuli.Toshbosma usulda dastlabki, asosiy ishni xattot bajargan. Xattot bosiladigan kitobning matnini maxsus qog‘ozga ko‘chirgan. Bu qog‘ozdagi matn tosh qolip sirtiga o‘tkazilgan va unga kimyoviy ishlov berilgan. So‘ngra ana shu tosh qoliplardan nusxalar olingan. Xattot toshbosmaga matn ko‘chirganda asosan nasta’liq xatidan foydalangan.
Lug‘aviy tafsir (leksicheskoe tolkovanie – lexical interpretation) – oyatlarning til xususiyatlari, xususan, so‘zlarning sintaktik bog‘lanishlarini o‘rgatadi.
Lug‘at ilmi (znanie slovarya – knowledge of dictionary)–tilning lug‘aviy birliklari haqidagi ilm bo‘lib, turli xil lug‘atlarning tuzilish qoidalaridan boxabar bo‘lgan holda u qoidalarini mumtoz matnga to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatadi.
Manba (istochnik – origin) – arabcha “oqib chiqmoq”, “boshlanmoq”, “otilib chiqmoq”, “kelib chiqmoq” ma’nolarini anglatuvchi naba’a ( نَبَعَ) fe’lidan “oqib chiqish joyi”, “boshlanish nuqtasi” “buloq”ma’nosidagi manba ( مَنْبَع) so‘zi yasalgan. Har qanday harakat, voqea-hodisaning boshlang‘ich nuqtasi, avvali, boshiga nisbatan qo‘llangan bu so‘z ma’lum soha kishilarining ixtiyoriga binoan ijod mahsuli tushunchasida qarorlashdi va “manba” deyilganida muayyan asar (kitob) tushunila boshladi. Mutolaa qilingan kitob o‘z o‘quvchilarida turli xil o‘xshash va farqli fikrlarni uyg‘otadi. Fikrlarning o‘xshashligi qarashlarni, farqliligi yondashuvlarni yuzaga keltiradi. Bu jarayon bamisoli kitobdan kitoblar otilib chiqayotgan, asardan asarlar tarmoqlanib, toshib oqayotgan oqimga o‘xshaydi.

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə