Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə39/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Matnshunoslik

Matnlar aro butunlik (selostnost teksta – integrity of the text) – qadimiylik, to‘liqlik, husnixat, saqlanish sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning bittadan ortiq qo‘lyozma matnlari asosida jamlanishi.
Matnni tiklash (rekonstruksiya - reconstruction) – matnshunosning birlamchi matn bilan o‘zi tuzayotgan asosiy matn orasida ko‘chirilgan nusxalarni o‘zaro mantiq jihatidan bog‘lash va muallifning g‘oyaviy-badiiy saviyasi, darajasiga mutanosibligi jihatidan kelib chiqib tahlil qilish.
Mixbosma (tipografik) (tipografiya – press) – mix shaklidagi metall harflarni qo‘lda terish orqali kitob bosilishi. Bunda arab yozuvining nasx yozuvidan keng foydalanilgan.
Motiv (motiv – motive) – harakatning nima sababdan amalga oshirilishi.
Muloqot (vstrecha – meeting) o‘zaro munosabatda bo‘lgan odamlar o‘rtasida axborot almashinuvga, aloqalar, ular orasida bir-birini tushunish va ochiq munosabatlarni o‘rnatishga yo‘naltirilgan faoliyat turi sifatida o‘rganiladi.
Mushaf (pereplyot – binding) – Qur’onning turli sahifalardan iborat bo‘laklarini to‘plash, so‘ngra suralarni tartib bilan joylashtirib, bitta mushaf (muqova) ostida yig‘ish.
Nasriy bayon (prozaicheskoe povestvovanie – prosaic narration) – nazmiy matnni nasr yo‘li bilan bayon qilish.
Nahv (sintaksis – syntax) – so‘zlarning gapdagi tarkib qoidalari haqidagi ilm (sintaksis).
Odob (vejlivost – politeness)“adab” so‘zining ko‘plik shakli (آداب). Mumtoz adabiyotda “adab”ning ko‘pligi sifatida qo‘llanadi. Undan tashqari “odob” so‘zi inson faoliyatining ayrim sohalariga oid qoidalar va ularga rioya qilish ma’nosida ham ishlatiladi.
Og‘zaki tarjima (ustniy perevod – oral translation) – og‘zaki matnni og‘zaki tarjima qilish.Bunda ikkita til og‘zaki nutq formasida ishlatiladi. Mazkur tarjimaning ikki xil ko‘rinishi mavjud: sinxron tarjima (bir vaqtda qilinadigan tarjima); ketma-ket qilinadigan izchil tarjima. Og‘zaki tarjimada tarjimon aytilayotgan nutq mazmunini tez o‘qib olishi, oldindan tayyorlanib tez tahlil qilish ko‘nikmasini va to‘xtamay tarjima qilish usullarini ishlab chiqqan bo‘lishi kerak. Og‘zaki tarjima jarayonida tarjimon tarjima qilayotgan matnni tuzatish yoki qaytadan taqqoslash imkoniyatiga ega emas.

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə