Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə40/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Matnshunoslik

Piktografik yozuv (piktograficheksaya pismo – picture writing) – o‘z ramziy timsoliga ega har bir so‘zning predmetni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasm orqali ko‘rsatishi.
Poygir (poygir – pojgir) – o‘zidan keyingi sahifaning shu so‘z bilan boshlanishini bildirub keluvchi so‘z bo‘lib, o‘ng sahifaning eng ostiga, chap tomonga joylashtiriladi. Poygir sahifalar ketma-ketligini belgilash uchun bet raqamlari o‘rniga ishlatiladi.
Rasmul xat (ofitsialnoe pismo – official letter) – yozuv san’ati, harf shakllari va imlo qoidalari haqidagi ilm.
Saralash (seleksiya – selection) – qiyos natijasida saralangan nusxalar.
Sarf (morfologiya - morphology) – so‘zning o‘zgarishi haqidagi ilm (morfologiya)
Sahhof (perepletchik – bookbinder) – muqovasoz, ya’ni sahifalarni to‘plab kitob holiga keltiruvchilar,nodir kitoblarga charm yoki boshqa bir qimmatbaho matodan jild yasovchilar, to‘zigan kitoblarni qayta tiklovchilar.
Sinxron tarjima (sinxronniy perevod – synchronous translation) – bu tarjimaning shunday turidirki, bunda tarjimon so‘zlovchining nutqini eshitib, shu zahotiyoq ikki-uch daqiqada tarjima qilishi kerak. Qoidaga muvofiq sinxron tarjima texnik vositalarni qo‘llash yo‘li bilan amalga oshadi. Bunda so‘zlovchining nutqi maxsus kabinada o‘tirgan tarjimonga «eshitgichlar» orqali etkaziladi va tarjimonning mikrofonga bergan tarjimasi tinglovchilarga etkaziladi.
Tabdil (preobrazovivat – reform)yozuvni boshqa yozuvga o‘girish (masalan, eski o‘zbek yozuvidan kirill yoki lotin alifbosiga o‘girish).
Tazkira (antologiya – anthology) – lug‘aviy ma’nosi “esga olish, tilga olish”. Tazkira sharq mumtoz adabiyotida keng tarqalgan adabiy-tanqidiy janr.
Tarjima nazariyasi (teoriya perevoda – theory of translation) – amaliyotda tadbiq etiladigan tarjima muqobilligining ayrim mezonlarini, unga erishish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat amaliy fan.
Tasniflash (klassifitsirovat – classify)xillangan matn turini sanalar bo‘yicha ajratish: asr, yil, oy.
Tahqiq (issledovanie – research) – matndagi har bir so‘z, har bir jumlaning muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslash. Bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi olim sharqda “muhaqqiq” atamasi bilan nomlangan.
Tekst (tekst – text) – yozuvda qayd etib qo‘yilgan nutq. Termin bu ma’nosida og‘zaki nutqqa qarshi qo‘yiladi; nutqiy asar, jumladan, adabiy asarning yozma (harflar) yoki og‘zaki (tovushlar) belgilar vositasida qayd etilgan konkret-hissiy (ko‘rish yo eshitish) qabul qilinadigan tomoni. Bu ma’nodagi tekst matnshunoslikning ob’ekti sanaladi; nutqiy kommunikatsiyaning nisbiy butunlik, yaxlitlik kasb etgan va nisbiy avtonomlik, alohidalik xususiyatiga ega eng kichik birligi, ya’ni adabiy-badiiy asar. Bu ma’nodagi tekstning mazmuni uni tashkil qilayotgan nutq birliklari, ularning o‘zaro aloqalari bilangina cheklanib qolmaydi. Butun sifatida u muallif tomonidan muayyan nutqiy situatsiyada tug‘ilgan, uning butun sifatidagi mazmun-mohiyati o‘zidan tashqaridagi reallik bilan bog‘liq holda voqe bo‘ladi.
Toshbosma (litografiya – lithography) – kitob chop qilishning bir turi bo‘lib, bunda ustida bo‘rtma yozuvlar hosil qilingan maxsus toshga bo‘yoq (siyoh) surtilib, qog‘oz o‘sha tosh ustiga bosilgan. Natijada toshdagi matn to‘la holida qog‘ozda aks etgan. Bu uslub tosh ustidagi matnni bir necha nusxada ko‘chirish imkonini bergan.
Faoliyat (deyatelnost - working) - odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik.

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə