Mavzu : abu ali ibn sino ijodida oila tarbiyasi reja: I. Kirish. I. Bob. Ibn sino ijodida oila tarbiyasi


Oilada bola tarbiyasining ahamiyati



Yüklə 451 Kb.
səhifə6/7
tarix25.03.2023
ölçüsü451 Kb.
#103181
1   2   3   4   5   6   7
Abu ali ibn sino ijodida oila tarbiyasi

2.2. Oilada bola tarbiyasining ahamiyati

Ibn Sino “Tib ilmlari qonuni” asarida bola katta bo‘lib, yetilgan chog‘ida jismoniy tarbiyaga ahamiyat berish zarurligini aytadi. Uning uqtirishicha, odamning yigitlik, yetuklik yoshida hamda ulg‘aygan yoshida sog‘lik-salomatligini saqlash uchun zarur bo‘lgan jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanishi kerak.


Ulug‘ mutafakkir jismoniy tarbiya deb inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan badanni turli xil mashg‘ulot xarakatlariga o‘rgatishni nazarda tutadi. Uning fikricha, jismoniy mashg‘ulotlar bilan o‘z vaqtida va mustaqil shug‘ullanib boruvchi odam hech qanday davolanishga muhtoj bo‘lmaydi. Jismoniy mashg‘ulot inson ruhini ham tetiklashtiradi. Ammo jismoniy mashg‘ulotlar ortiqcha bo‘lmasligi kerak, aks holda badanning tezda charchab qolishiga olib keladi. Jismoniy mashg‘ulotlarni butunlay tashlab yuborish esa, badanning qarib, tezda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Har bir inson o‘zining xulq-atvori, imkoniyatlari, qobiliyati xohishiga qarab jismoniy mashg‘ulot turini belgilab olish kerak.
Ibn Sino aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini aniqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot, hayotiy quvvat uch shaklda: o‘simlik, hayvonot va inson shaklida namoyon bo‘ladi.
Ibn Sino bolaning ilm-fan yoki hunar egallashga intilishida o‘qituvchining unga bilim, hunar o‘rgatishi zarurligini uqtiradi.
Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harakatlaridandir. Chunki ilm odamni ma’nviy yuksaklikka ko‘taradi, jamiyat ravnaqining asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi.
Uning fikricha, ta’lim-tarbiya, avvalo, aqliy tarbiyani, yoshlarga ilm-fan o‘rgatishni, jismoniy tarbiyani (bunga tibbiyot ilmi xizmat qiladi), axloqiy tarbiyani, nafosat tarbiyasini hamda yoshlarni ma’lum hunarga o‘rgatish masalalarini o‘z ichiga oladi. Axloqiy tarbiya inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolaning ahloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak.
Gar istasang, o‘rgatmoqqa so‘zu kamol, Erkalatib ovoz chiqar har xil muqom.
Har bir inson yetuk olim yirik davlat arbobi, oddiy ishchi yoki xizmatchi bo‘lib yetishganda ham yoshligidan berilgan tarbiyani aslo unutmaydi. Uni chuqurroq hurmat bilan eslaydi. Ota-onaga mehri, hurmati ortaveradi. Aqlli inson qanchalik ulg‘aymasin ota-ona unga o‘zidan ulug‘roq ko‘rinaveradi. Ota-onalar burchi va mas’uliyatining buyukligi barcha davrlarda tan olingan haqiqatdan. Bu buyuklik inson avlodini dunyoga keltirishdan emas balki, unga insoniy fazilatlarni shakillanishida namoyon bo‘ladi.
Buyuk faylasuf shoir Bedilning shunday hikmatli fikri bor: “Bino poydevorining birinchi toshi qiyshiq qo‘yilsa binoning boshi yulduzga yetsa ham qiyshiq bo‘lib qolaveradi”.
Kaykovus qalamiga mansub “Qobusnoma” asari (1082-1083) yillarda yozilgan. Sharq xalqlari orasida ma’lum va mashhurdir.
“Qobusnoma” qator ibratli va hayotiy pand nasihatlar bilan birgalikda oilada otaning vazifasi va oila bola tarbiyasiga alohida e’tibor beradi.
Farzand tug‘ilganidan avvalo unga yaxshi ot qo‘yish, undan so‘ng aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o‘qitish, ulg‘aya boshlaganda kasb va hunar o‘rgatish, harbiy ish bilan tanishtirish, so‘ng undan suvda suzishni o‘rgatish kerak deydi. Kaykovus oilaning burchi yana o‘z farzandiga odob o‘rgatishda deb ta’kidlaydi.
Kaykovus oilaning bola tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratadi. Ayniqsa qiz bola tarbiyasiga e’tibor berish, unga g‘amxo‘rlik qilish kerakligini alohida qayd etadi: “Agar qizing bo‘lsa, uni mastura doyalarga topshirgil, toki yaxshi parvarish qilgaylar va qattiqroq bo‘lgandan so‘ng muallimga topshirg‘il..... Balog‘atga yetgandan so‘ng xarajat qilib erga berg‘il unga shafqat va marhamat ko‘rg‘uzgil nedinkim qiz oilaning asiri bo‘lur” (2).
Yusuf xos Hojibning mashhur “Qutadg‘u bilig” asarida oilada bolaga qanday tarbiya berish
Shuningdek, farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin hatti-harakatlarga berilishining oldi olinadi. Buning uchun maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan, ezgu niyatli va pokiza murabbiy taklif etilishi kerak. Yusuf Xos Hojib bola tarbiyasida aqliy tarbiyaning baland bo‘lishini eslatadi. Adib tarbiyaning barcha turlari bir-biri bilan uyg‘un bo‘lishini talab etadi. Shundagina insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, ahloqiy, ma’naviy boy bo‘lishiga ishonadi.
Alisher Navoiy(1441-1501) “Mahbub ul qulub”, ya’ni qalblar sevgilisi va “Vakfiya” asarlarida oilaviy turmush bilan bog‘liq bo‘ladi. Ota-onaning burch va vazifalari ularning o‘zaro munosabatlari va bola tarbiyasi haqida qimmatli fikrlar bayon etgan. Masalan, u tarbiya shunday deydi: Qobiliyatli tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobut qilmaguncha tarbiyatingni nobut qilma”.
U bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakillantirishga katta ahamiyat berib, bolani uyning “chiroyi”, bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi. Bolalarga yoshligidan bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, o‘g‘il qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallim qo‘liga berish lozimligini aytdi.
Tarbiyaning biri bolaga yaxshi nom qo‘yish bo‘lib, nomi bilan chaqirganda u uyalmaydigan bo‘lishi lozim. Tarbiyaning yana biri unga ilmu adab o‘rgatish uchun muallim chaqirishdir. It yetuk ta’lim olgan sababli u tishlab kelgan ov halol hisoblanadi. Yuvgan bilan toza bo‘lmaydigan it olim bo‘lgan ekan, o‘g‘ling bilimsizligicha qolib ketsa, ajab kamchilik bo‘ladi. Unga sening shafqat qilishing foydalidir. Lekin buning ortiqchasi zarar.
Voqea bo‘ladigan balalardan uni o‘z mehring bilan asrashing bolang oldida sendagi tavoze’ni bildiradi.
Sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosidan bunday misollarni adoqsiz davom ettirish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, oilada bola tarbiyasi masalasiga sharq mutafakkirlari va ma’rifatparvar ziyolilarga alohida e’tibor bilan qaraganlar. Ularning asarlarida oilaning muqaddasligi uning jamiyat hayotida tutgano‘rni, oila muqaddasligini belgilovchi muhim milliy madaniy va milliy pedagogik omil ko‘rsatib o‘tilgan.

Ayniqasa, oilaning asosini tashkil etuvchi bola tarbiyasi va ota-onalarni burch va vazifalarni sadoqat bilan ado etishlari bir-biriga mehribon va bola tarbiyasidagi mas’uliyati eng muhim qadriyat sifatida e’zozlanadi.


Shveytsariyalik olim I.G. Pestolotstsining fikricha. Jismoniy va mehnat tarbiyasi haqida. Jismoniy tarbiyaning maqsadi bolaning tabiiy jismoniy iste’dodni rivojlantirishdan, unda ko‘nikma va malakalar hosil qilishdan va shu yo‘l bilan uning jismoniy kuch-qudratini o‘stirishdan iboratdir. Pestolotstsi bu maqsad amalga oshirilsa, jismoniy tarbiya insonning shaxs sifatida shkllanishiga, aql-idroki, axloqiy his-tuyg‘ulari va irodasining rivoj topishiga ishondi.
Pestolotstsi bolaning harakat qilishga tabiiy intilishi, bu – ularni jismoniy tarbiyalash asosi ekanligini ta’kidladi. U jismoniy tarbiyani mehnat tarbiyasi bilan uzviy birgalikda amalga oshirishni tavsiya etdi. Buning ahamiyatini Pestolotstsi faqat bolaning jismoniy emas, balki axloqiy rivojlanishida ham ko‘rdi. U bolaning qo‘lidan keladigan ishlarni ko‘rdi. U bolaning qo‘lidan keladigan ishlarni bajarilishi ularni insoniy qadr-qimmat, mehnatsevarlik, qat’iylik, vijdoniy poklik kabi fazilatlarni rivojlanishida asosiy bo‘lishiga e’tibor berishni talab etdi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda Ibn Sinoning falsafiy qarashlari ko’plab yevropalik va amerikalik olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o’z aksini topgan. Ibn Sino asarlari dunyoning o’nlab tillariga tarjima qilingan. Uning asarlari milliy o’ziga xos bo’lib, umuminsoniy g’oyalarga boyligi bilan ajralib turadi. Asarlarining mazmuni milliy mfkuramizda aks etgan g’oyalar bilan to’lib toshib yotibdi. Prezidentimiz Islоm Abdug’aniyevich Karimоv Оq sarоyda so’zlagan ma`ruzalarida, “Fidоkоr” gazetasi muxbirining savоllariga bergan javоblarida bu kabi ma’naviy meroslar xususida alоhida to’xtalib o’tganlar. Milliy g’оya, milliy mafkurani tiklash uchun milliy qadriyatlarning o’rni beqiyosligi, bebahо ma`naviy merоsimizni o’rganish, tadqiq qilish va yoshlar оngiga singdirish zarurligini alоhida ta`kidlab o’tdilar. Xalqimizning qadimiy va bоy madaniyatida o’zbek mumtоz adabiyoti katta o’rin tutib keldi. O’zbek badiiy adabiyoti xalq tarixi bilan birgalikda uzоq, murakkab yo’lni bоsib o’tdi. O’zbekiston adabiy hayoti bu umumdunyo adabiyotining tarkibiy qismi sifatida yagоna jarayonda rivоj tоpa bоrdi. Mavoraunnahr so’z san`atkоrlari adabiyotimiz xazinasini rangо-rang asarlari bilan bоg’liq hоlda xalq dardini, zamоna dardini ifоda qiladilar. E`tibоr va iste`dоdlarini ko’prоq ijtimоiy ahamiyatga mоlik masalalarga qaratdilar. Ijodkorlarning lirikasida ifоdalangan kechinmalar, dard-hasratlar faqat ularning o’zigagina taalluqli bo’lmay, bular оmmaning dard-alamlari, amalga оshmagan xalq оrzularining ifоdasi edi. G’azallarda kuylangan muhabbat umumbashariy his-tuyg’ular bo’li,. ijtimоiy mоhiyatga mоlik edi. Shu bilan birga, imоn va diyonat, e`tiqоd va dard bilan sug’оrilgan tasavvufiy asarlar yaratilgan. Har bir davr so’z sa’natkorining ijоdi o’zidan ilgarigi bоy adabiy merоsni o’rganish, ustоzlar an`anasini davоm ettirish asоsida rivоj tоpdi. Adabiyotdagi yangiliklar shu an`analar zaminida yuzaga keldi. Adiblar mahоrati o’zbek mumtоz adabiyoti bilan bir qatоrda fоrs-tоjik, оzarbayjоn va bоshqa Sharq adabiyotidan оziqlanish оrqali takоmillasha bоrdi. Ijоdkоrlarning asоsiy ko’pchiligi ikki tilda – o’zbek va fоrs tillarida, ayrimlari esa uch va undan оrtiq tillarda qalam tebratganlar. Mumtоz adabiyotimizning turli shakllarida davr ruhini bera оlganlar.
Aqliy tarbiya – bu aqlni rivojlantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvofiq pedagogik ta`sir ko’rsatish. U yosh avlodning insoniyat to’plagan bilimlar, malaka va ko’nikmalarda, qoidalarda o’z ifodasini topgan ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro’y beradi.
Bu ta`sir kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta`minlovchi xilma-xil vositalar, usullar, sharoitlar yaratishni o’z ichiga oladi.
Odamning aqli, uning aqliy rivojlanishi, bilimlar hajmi, xususiyati va mazmunida namoyon bo’ladi. Ular aqliy faoliyatning jo’shqinligida, mustaqil ijodiy bilishga intilishda o’z ifodasini topadi.
Bolani maktab ta’limga tayyorlashda, uning sogʻligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda oʻrindan turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya qilsa, u qay darajada boʻlmasin asta –sekin oʻz faoliyatini boshqarishga odatlanishi, bu uni kundalik va maktab kun tartibining asosiy qoidalariga osongina koʻrinishi aniqlanadi. Bolaning kun tartibiga amal qilishi uchun asosan qat’iy nazorat lozimligi kun tartibini bajarish majburiyligiga va hyech qanday iltimoslar, ma’lum vaqtda ovqatlanmaslik hamda oʻynamaslikka sabab boʻla olmasligiga koʻnikishi lozimdir.

Yüklə 451 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə