Mavzu : Abu Nasr Farobiyning pedagogik g’oyalarida “Komil inson” g’oyasi. Reja: Kirish


Abu Nasr Farobiyning komil imson haqidagi qarashlari



Yüklə 68,17 Kb.
səhifə4/8
tarix19.06.2023
ölçüsü68,17 Kb.
#117890
1   2   3   4   5   6   7   8
5)

Abu Nasr Farobiyning komil imson haqidagi qarashlari.
Asrlar davomida xalqlar, dinlarda hikoya, ertak, xalq o‟gzaki ijodlarida, qadriyatlarda, urf-odatlarlarda, kitoblarda komil inson g‟oyalarini ko‟rishimiz mumkin. Abu Nasr Forobiy, Al Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk mutafakkirlarimiz asarlarida, milliy tarbiyamizda komil inson konsepsiyasi bosh g„oya bo„lib kelgan desak adashmaymiz. Shulardan Sharq uyg‟onish davri buyuk namoyondalaridan biri bo‟lgan Abu Nasr Forobiyning ilmiy merosini akademik M.M.Xayrullayev tomonlaridan chuqur va har tomonlama o‟rganganlar. Bu maqolada Komil inson konsepsiyasi va Abu Nasr Forobiyning komil inson haqidagi qarashlari va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr yuritmoqchimiz. Bu borada mamlakatimizda inson manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan bir qancha islohatlar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri ta‟lim va tarbiyani uzviy bog‟langan holda olib borilayotgan islohatlar “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta‟lim to‟g‟risidagi qonun” ga asoslanib, bunda insonni har tomonlama barkamol – yetuk avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan masalalar davlat siyosati darajasi kabi chuqur islohatlarni o‟zida mujassam etuvchi, uzoqqa mo‟ljallangan bosqichma-bosqich kompleks yondashuvni ko‟zda tutadi. Komil inson darajasiga yetmoqlik uchun inson o‟z so‟zi, bajarayotgan amaliy ishlari, ko‟nglidagi niyati va orzusi bilan qanchalik odamlarga foyda keltirsa, haq yo‟ldan borib, yomonlarni to‟g‟ri yo‟lga boshlasa ana shu inson komil shaxs nomiga davogar bo‟ladi. Komillikning oliy timsoli sifatida imon-e‟tiqodlilik, halol va poklilkdir. Mamlakatimizning kelajagi buyukligi ham har bir fuqarolarning komillik sari intilib yashamog‟iga bog‟liqdir. Ayniqsa, hozirgi tahlikali davr sharoitida har bir insonda onglilik, halollik, poklik, ogohlik, iymonli bo‟lishlik, vijdonli va diyonatlilik bo‟lish zarurligini hammamiz yaxshi anglamog‟miz kerak. Mustaqil O‟zbekistonning birinchi prezidenti tomonidan mana shuning uchun ham ma‟naviy barkamol inson tarbiyasiga juda katta ahamiyat berilib, yoshlarni Vatanini, xalqini sevuvchi komil inson qilib tarbiyalashga katta e‟tibor berib, komil inson shaxsiga shunday ta‟rif berganlar: “Komil inson deganda, biz avvalo, onggi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, hulq atvori bilan o‟zgalarga ibrat bo‟ladigan bilimli, ma‟rifatli kishilarni tushunamiz”, deb yozadi Islom Karimov. Komillik darajasiga yetmoqlik avvalo inson tarbiyasiga ma‟suliyatli yondashilagan murakkab jarayon bo‟lib, bunda uning biror sohasini ko‟zdan qochirish mumkin emas. Komil inson darajasi – aql-idrokning yetukligi, axloqiy mukammallik, nafs tarbiyasi, yuksk estetik did-farosat, ma‟naviy va jismoniy barkamollik ko‟rinishlarga egadir. Shaxsni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash ajdodlarimizning bebaho meroslarida, shuningdek tasavvuf ta‟limotida ham bu masalaga e‟tibor qaratib, Aziziddin Nasafiyni misol tariqasida aytishimiz mumkin. U “Komil inson bo‟lish uchun to‟rt sifat kamolotga yetgan bo‟lishi kerakligini: ezgu so‟z, ezgu fe‟l, ezgu axloq va maorif”[1], deb ta‟kidlagan edi. Buyuk mutafakkirlarimmizdan yana biri Abu Rayxon Beruniyning, pokiza hulq-atvor, go‟zal axloq-odob, xalollik-ma‟rifat komillik manbalari deb qaragan. O‟rta asr faylasuflaridan yana biri Abu Ali ibn Sino insonning komilligi ma‟naviy kamolot va go‟zallikka intilishida deb biladi. Xatto, islom dinimiznimizning muqaddas kitobi Qur‟oni Karimda “Alloh go‟zal, u g‟ozallikni sevadi”[2, 62] – deb bejizga aytilmagan. Yapon yoshlarida ta‟lim muassasalari uchun chiqarilgan “Ideal yaponning fazilatlari” deb nomlangan hujjatga ko„ra yapon yoshlarida 16 ta fazilatlar shakllantiriladi. Bu 16 fazilatlar 4 guruhga bo„linar ekan. Bular: 1) shaxsiy sifatlar: erkinlik, o„ziga xoslikni rivojlantirish, mustaqil bo„lish, o„z hohishlarini idora qila olish, piyetet(ehtirom) tuyg„usiga egalik; 2) oila boshlig„iga xos sifatlar: o„z uyini mehr-muhabbat, halovat va tarbiya maskaniga aylantira olish; 3) ijtimoiy sifatlar: o„z ishiga sadoqat, jamiyat farovonligiga hissa qo„shish, ijodkorlik, milliy (ijtimoiy) qadriyatlarni hurmat qilish; 4) fuqarolik sifatlari: vatanga sodiq bo„lish, davlat ramzlarini qadrlash, ijtimoiy faollik, eng yaxshi milliy fazilatlar sohibi bo„lishni o„rgatilar ekan. Komil inson haqida gap ketar ekan, bu borada o‟zlarining bebaho qarashlari va g‟oyalarini ilgari surgan Abu Nasr Forobiy dunyoqarashida ijtimoiy, siyosiy va axloqiy fikrlar ham muhim oʻrinni egallaydi. Mutafakkir yunon falsafasini chuqur o‟rgangani, unga sharxlar yozgani va olamga targ‟ib qigani hamda zamonasining bilimlarini o‟zlashtirib, ilm-fan rivojiga hissa qo‟shgani uchun “al Muallim assoniy” (“Ikkinchi muallim”, Arestoteldan keyin) va “Sharq Arastusi” degan nomlarga sazovor bo‟lgan. Allomaning “Baxtsaodatga erishuv haqida”, “Fozil shahar aholisining fikrlari”, “Baxtsaodatga erishuv yoʻllari haqida risola”, “Buyuk kishilarning naqllari”, “Musiqa haqida katta kitob”, “Fuqarolik siyosati” va boshqa asarlari insoniyat jamiyati paydo bo‟lishi va rivojlanishining muayyan tabiiy sabablari, uni boshqarish, insoniylik, adolat, yetuk jamoa, axloq-odob, taʼlimtarbiya va komil inson kabi masalalariga bagʻishlangan. Forobiy o'zining falsafiy qarashlarida insoniylikni ulug'laydi. “Fozil shaxar odamlari” nomli asarida u o‟zining “Har kimki ilmi hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, makr va hiylalardan uzoq bo‟lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, dono kishilarni hurmat qilsin, ilm ahlidan molini ayamasin” degan fikri bilan yuksak ta‟lim va tarbiya komillikka yetaklovchi asosiy omillar ekanligini e‟tirof etadi. Forobiy insonnig shakllanishida ta‟lim-tarbiyaga katta e‟tibor berib, “Ta‟lim berish –o‟quvchiga o‟qish, o‟rganish asosida fan, nazariy bilim berishdir. Tarbiya berish esa yoshlarga ma‟lum hunar egallash uchun zarur bo‟lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‟rgatishdir” [4, 262] va “Inson yaxshi tarbiya ko‟rmagan va turmushda tajriba orttirmagan bo‟lsa, u ko‟p narsalarni nazarga ilmaydiva ulardan jirkanadi” [5, 182], deb ta‟kidlaydi. Alloma Yaqin va O‟rta Sharq mamlakatlari orasida birinchilardan bo‟lib boshqa jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi ta‟limotni ishlab chiqdi. U o‟sha davr sharoitida jamiyatning tabiiy ravishda kelib chiqqanligi, inson hayot qiyinchiliklarini bir o‟zi, yakkalikda qarshi kurasha olmasligi, u o‟z extiyojlarini qondirishda insonlar jamoasiga muhtojligini asoslab berdi. “Har bir inson o‟z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oily darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‟p narsalarga muhtojlikni sezadi, u bir o‟zi bunday narsalarni qo‟lga kirita olmaydi, ularga ega bo‟lmoqlik uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‟iladi. Bunday jamoa a‟zolarining faoliyati umumiy holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‟lgan ehtiyojlarni, narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun insonlar ko‟payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‟rnashadilar, shunday qilib insonlar jamoasi paydo bo‟ladi”. Forobiyning fozil jamoa haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‟oyalari baxt-saodat va axloqiy kamolotga erishuv g‟oyalari bilan uzviy bog‟liqdir. U o‟zining ijtimoiy, falsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlarining markaziga inson va uning axloqiy kamolotini, maqsad-muddaolarini o‟rganishni va baxt-saodatga yetishuv bosqichlarini ko‟rsatishni qo‟yadi. Alloma o‟zining qarashlarida axloqiy kamolotga shunday ta‟rif beradi: xayr-ehsonli ishlar va go‟zal insoniy fazilatlarni aytadi. Dangasalik, bekorchilik, bilimsizlik, ongsizlik, kasbhunarsizlik kabi salbiy xislatlar – axloqiy kamolotga halaqit beruvchi deya ta‟riflaydi. Forobiy ilm-fanni va aqlni baxt-saodatga erishishning asosiy vositasi deb bildi. Bundan tashqari mutaffakir musiqani inson tarbiyasiga ta‟sir ko‟rastuvchi omil sifatida ko‟rsatadi. Forobiyning jamiyat va axloq haqida yaratgan yaxlit ta‟limoti ilk o‟rta asrlar va keying davrlarda Sharq mamlakatlarida keng yoyildi. O‟rta asr mutaffakirlari Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usabi‟a, Ibn Xallikon, Bayhakiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Hayyom, Beruniy, Ibn Ro‟shdiy, Ibn Xaldun kabilar Forobiyning asarlarini chuqur o‟rganib, uni yangi g‟oyalar bilan boyitganlar. Buyuk shoir va allomalardan Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davaniy Forobiyning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy ta‟limotidan bahramand bo‟lganlar. Mutafakkirning asarlari nafaqat Sharq mamlakatlari orasida balki G‟arbda ham keng yoyildi va ijtimoiy-falsafiy fikr rivojiga katta ta‟sir ko‟rsatdi. Abu Nasr Forobiyning komil inson konstepstiyasi va uning bugungi kundagi ahamiyat haqida fikr yuritmoqchimiz. Zaminimizda kamol topgan, el-yurtga tanilgan buyuk zotlar, komil insonlar o’zlarida ma’naviyat va ma’rifatni yuksak darajada mujassam etgan allomalarni ko’plab keltirish mumkin. Shunday insonlardan biri Abu Nasr Forobiydir. Komillikning belgisi haq yo’lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o’z so’zi, amaliy ishlari, niyati bilan qanchalik odamlarga foyda keltirsa, yomonlarni to’g’ri yo’lga solsa, haq yo’lida fido bo’lsa, u shuncha komil bo’ladi. Komil inson iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli. Respublikamizning har bir fuqarosi shunga intilib yashamog’i lozim. Mustaqil O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tish sharoitida iymonli bo’lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bo’lish nechog’lik zarur ekanligi hammamizga ayon. Mana shuning uchun ham Prezidentimiz ma’naviy barkamol inson tarbiyasida yoshlarimizni elini, vatanini sevuvchi komil inson qilib tarbiyalash ishiga alohida ahamiyat berib kelayotir. Prezidentimizning quyidagi ta’rifida komil insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilib berilganligi diqqatga sazovordir: «Komil inson deganda, — deb yozadi Islom Karimov, — biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz»1. Uning shakllanganligi darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar esa quyidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, axloqiy etuklik, siyosiy teranlik, mehnatga halol munosabat, yuksak madaniy, ma’naviy saviya, professional iftixor, milliy va umuminsoniy g’urur va boshqalar. Abu Nasr Forobiy yirik faylasuf, tilshunos, mantiqchi, riyoziyotchi, psixolog, musiqa san’atining nazariyotchisi edi. U yunon madaniyati, fani, falsafasini yaxshi egallagan. Abu Nasr Forobiy hayotligida «Muallim assoniy» («Ikkinchi ustoz»), ya’ni «ikkinchi Arastu» faxriy nomga ega bo’lgan. Abu Nasr Forobiy nodir asarlar yaratgan. Uning «Fozil odamlar shahri», «Exsonul ulum» kabilardir.1 Xayrullaev M.M. O’rta Osiyoda ilm uyg’onish madaniyati. — T., Fan, 1994; Xayrullaev M.M. Materialы po istorii progressivnoy obщestvenno-filosofskoy mыsli v Uzbekistane. 2-e izd. Pod red. I.M.Muminova i M.M. Xayrullaeva — Tashkent, 1976; Xayrullaev M.M. Mirovozzrenie Farabi i ego znachenie v istorii filosofii. — T., Fan, 1967; Xayrullaev M.M. Farabi i uchenie. — T., Uzbekiston, 1967; Xayrullaev M.M. Uyg’onish davri va Sharq mutafakkirlari. — Toshkent, «O’zbekiston», 1991 va boshqalar 1 Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T., Sharq, 1998, 6-bet. 2 Abu Nasr Forobiy ta’limotida ahloqiy tarbiya ham aqlli, ham fazilatli insonni tarbiyalashning muhim shartlaridan bo’lib, aqliy tarbiya xususan, «Fozil odamlar shahri» asarida o’z ifodasini topadi. U qaysi tartibda ahloqli qilib tarbiyalash, xususan bolaning qaysi xislatlariga e’tibor berish kabi masalalariga to’xtalib o’tirmaydi, balki komil, axloqli insonning qiyofasini yaratish bilan, tarbiya sohasida shu insonni namuna qilib olish zarur, — degan g’oyani olg’a suradi. Abu Nasr Forobiy bu fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka juda katta e’tibor bergan. Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiya masalasida xususan aqliy tarbiyaga, ma’rifatli bo’lishga, aqlni mavjud bilimlar bilan boyitish, to’ldirishga katta e’tibor beradi. Har qanday tarbiyani, xususan aqliy tarbiyani, ya’ni bilimlarni o’rganishni inson yoshlikdan boshlashligi zarurligi to’g’risidagi fikrni Abu Nasr Forobiy alohida qayd qiladi. Lekin, Abu Nasr Forobiy «aqlli» bo’lishni faqat aqliy tarbiya, bilimdonlik bilangina chegaralab qo’ymaydi. Abu Nasr Forobiy talqinida «aqllilik» insonning butun faoliyati – uning bilimi, ahloqi, odobi, harakatlari, qiladigan ishlari majmuasi bilan o’lchanadi, ya’ni aqllilik barcha fazilatlarning bir butun, yaxlit xolda muvofiqligidir. Komil inson tarbiyasida jismoniy va aqliy xislatlar muhim o’rin tutadi. U razil, iflos xislatlarni qoralash, axloqsiz shaxslarni fosh qilish va ularga olijanob axloqiy xislatlarni qarama-qarshi qo’yish bilan ham jismoniy, ham axloqiy, har jixatdan etuk va mukammal bo’lgan inson komilini yaratadi va uni har qanday ta’lim-tarbiyaning maqsadi sifatida namuna qilib qo’yadi. Abu Nasr Forobiy e’tiqodicha, «O’zida o’n ikki tug’ma xislatlarni birlashtirgan inson ahloqli bo’la oladi». Bu xislatlar majmuasi fozil inson konstepstiyasiga asos bo’ladi. * Birinchidan, bunday odamning barcha organlari shu darajada taraqqiy etgan bo’lishi kerakki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo’lgan ishlarini osonlik bilan bajarsin; * Ikkinchidan, barcha masalani tezda anglaydigan, so’zlovchining maqsadi va aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo’lsin; * Uchinchidan, xotirasi juda baquvvat bo’lsin; * To’rtinchidan, zehni o’tkir bo’lsin; * Beshinchidan, so’zlari aniq bo’lsin, fikrini ravon va ravshan bayon eta olsin; * Oltinchilan, bilish va o’qishga muxabbati bo’lsin; * Ettinchidan, ovqatlanishida, ichimlik iste’mol qilishda ochko’z bo’lmasin, qimor o’ynashdan yiroq bo’lsin; * Sakkizinchidan, haqiqatni haqiqat tarfdorlarini sevadigan bo’lsin; * To’qqizinchidan, ruhi g’ururli va o’z vijdonini qadrlaydigan bo’lsin; * O’ninchidan, dirham dinar va shu kabi turmush bid’atlariga jirkanish bilan qarasin;3 * O’n birinchidan, o’z tabiati bilan adolatli va adolat uchun kurashuvchilarni sevadigan, adolatsizlik va jabr zulmga kurashuvchilarni sevadigan bo’lsin; * O’n ikkinchidan, adolatli bo’lsin, lekin qaysar bo’lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o’zbilarmonlikka berilmasin. Farobiy ana shu fazilatlarning hammasi bir kishida bo’lmasligini hisobga olib, davlatni bir kishi emas, balki bir necha kishi boshqarishi kerak, degan fikrni olg’a surgan. Shuningdek, Farobiy adolat tamoyillari, fuqarolarning o’zaro tenglik va umumiy baxtiyorlikni amalga oshirish zaruratini hukmdorning quyidagi 6 ta xislat va sifat ko’rsatkichlariga bog’liqligini alohida ta’kidlaydi: — birinchisi, donishmandlik; — ikkinchisi, avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish uchun quvvati hofizga ega bo’lish; — uchinchisi, agar avvalgi imomlar davridan biror (yoki bir qancha) sohaga taalluqli qonun qolmagan bo’lsa, bunday qonunni o’ylab topish uchun ijod, ixtiro qilish quvvatiga ega bo’lish; — to’rtinchisi, hozirgi xaqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida yuz beradigan avvalgi imomlar ko’zda tutmagan voqealarni oldindan ko’ra bilish uchun bashoratgo’ylik xislatiga ega bo’lish. Bu xislat unga xalh farovonligini yaxshilash yo’lida kerak bo’ladi; — beshinchisi, avvalgi imomlar o’rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvalgilaridan ibrat olib, o’zi to’qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun so’zlash — notiqlikka ega bo’lishi; — oltinchisi, zarur hollarda harbiy ishlariga mohirona rahbarlik qilishi uchun etarli jismoniy quvvatga ega bo’lish, ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida janggujadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san’atni yaxshi bilish. Ko’rinadiki, fozillar shahri hokimi ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal, qobiliyatli, har tomonlama etuk bo’lishi bilan bir qatorda dono ham bo’lishi zarur. «Dono bo’lmasa, fozillar shahri yaxshi hokimsiz qoladi, bunday shahar halokatga yuz tutadi, fuqarolari esa jabr-zulmga mubtalo bo’ladi», deydi Forobiy. Abu Nasr Forobiy dunyoqarashida ijtimoiy– siyosiy masalalar, xususan davlat tuzilishi, uni idora etish, etuk jamoaga erishish, baxt-saodatli bo’lish masalasi alohida o’rin egallaydi. Abu Nasr Forobiy fikricha ko’p fazilatlarni o’zida mujassam etuvchi shaxs juda kam bo’ladi. Abu Nasr Forobiyning komil inson xususidagi fikrlari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.


Yüklə 68,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə