Mavzu : Abu Nasr Farobiyning pedagogik g’oyalarida “Komil inson” g’oyasi. Reja: Kirish


Farobiyning asarlarida pedagogik fikrlar



Yüklə 68,17 Kb.
səhifə7/8
tarix19.06.2023
ölçüsü68,17 Kb.
#117890
1   2   3   4   5   6   7   8
5)

Farobiyning asarlarida pedagogik fikrlar

«Baxt-saodatga erishuv to‘g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o‘rganish haqida» va boshqalar.


Forobiybirinchibo‘libta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so‘z va o‘rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.Ta’lim-tarbiya ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilhomlantiruvchi so‘zlar va majbur etish. Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so‘zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo‘lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo‘lsin, diyonatli bo‘lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo‘rin bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi. ta’lim, tarbiya, axloq, jamiyat, ilm, fan, madaniyat, g‘oya, fikr, qarash, fazilat, qobiliyat, zehn, baxt, kamolot, saodat, tajriba, so‘z, qiziqish.Abu Nasr Farobiy o‘z davridagi barcha ilmlarni ilg‘or madaniy yutuqlarni o‘zlashtirib, ular asosida orginal ijtimoiy-siyosiy va falsafiy sistemasini olg‘a surgan, ta’lim-tarbiya sohasida ham ko‘p ilg‘or fikrlarni aytib o‘tgan, zamonasining mashhur faylasufi, yetuk qomusiy olimi edi. Fоrobiyning ilmiy biografiyasi yaratilmagan, uning hayot yo‘li haqida biror maxsus asar yo‘q.Fоrobiyning to‘liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon ibn O‘zlik bo‘lib, u 260 hijriyda, ya’ni 873-874 milodiy yilda hozirgi Toshkentning g‘arbiy-shimolida, Ares suvining Sirdaryoga quyiladigan yerda Farob (so‘ngroq O‘tror) degan joyda tug‘ilgan. Abu Nasr Farobiy boshlang‘ich ma’lumotini o‘z yurtida oladi, so‘ng o‘qishini davom ettirish uchun markaziy shaharlarga jo‘naydi. U Samarqandda, Buxoro, Marv, Rey shaharlaridan o‘tib, Bog‘dodga boradi. Bu davrda arab halifaligining markazi Damashqdan yangi qurilgan Bog‘dod shahriga ko‘chirilgan va Sharqning madaniyati va markazlaridan biriga aylangan edi. Farobiy bilim olish maqsadida diniy tafovud va e’tiqodga e’tibor bermay, arab, fors, grek,xristian olimlaridan ta’lim oladi. Farobiy muallimlari va ustozlaridan ayrimlarining nomi manbalarda saqlanib qolgan. U meditsina va mantiq ilmini Xirron shahriga borib, xristian vrachi Yuxanna ibn Xaylan Kunnoidan, hikmat va grek ilmini xristian Abu Bashar Maytodan o‘rganadi. U ayniqsa, nazariy ilmlar mantiq, matematika, nazariy meditsina va falsafaning umumiy masalalari bilan qiziqdi. Farobiy ayniqsa grek falsafasini, xususan, Aristotelning asarlarini izchil va chuqur o‘rganib chiqadi. Bog‘dodda u arab tilini va boshqa tillarni o‘rgandi.Abu Bashar Matta ibn Yunusdan (870-940) yunon tili va falsafasini ham o‘rganadi. X asrga kelib arab halifaligining markazi Bog‘dod juda notinch bo‘lib qoldi. Qo‘zg‘olonlar feodal urushlari avj oldi. Farobiy Bog‘doddan Damashqqa bordi. Olim 941-yildan Damashqda muhtojlikda kun kechira boshlaydi. Shunga qaramay, ilm bilan shug‘ullanadi, falsafa va boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. Manbalarda umumiy Xalab va Misr shaharlariga borganligini ham hikoya qilinadi. Ba’zi manbalarda Farobiyning O‘rta Osiyoga kelib ketganligi ham qayd etiladi. Umrining so‘nggi yillarida Damashqda Said-ud-Davla saroyida zamonasining elparvar shoiri va mutafakkiri Mutannabiy bilan birga o‘tkazdi. U Aleppo (Halab) hokimi Hamdamid (hukmronlik yillari 943—967) iltifoti va hurmatiga erishadi. U olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim Farobiyni oʻz saroyiga taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni maʼqul koʻradi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti sermahsul boʻldi, bu yerda oʻzining koʻplab asarlarini yozdi. Farobiy 949—950 yillarda Misrda, soʻngra Damashqda yashaydi va shu yerda umrining oxirgi kunlarini oʻtkazadi. U Damashqdagi „Bob as-sagʻir“ qabristoniga dafn etilgan.Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Farobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi. Farobiyning asosiy asarlari: „Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida“, „Falsafiy savollar va ularga javoblar“, „Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi“, „Taliqot“ (sharhlar), „Inson aʼzolari haqida risola“, „Boʻshliq haqida maqola“, „Donolik asoslari“, „Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi“, „Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi“, „Mantiq toʻgʻrisidagirisolaga muqaddima“, „Mantiq ilmiga kirish“, „Ilmlarning kelib chiqishi haqida“, „Musiqa haqida katta kitob“, „Baxt-saodatga erishuv haqida“, „Masalalar mohiyati“, „Buyuk kishilarning naqllari“, „Ihso al-ulum“, „Hikmat maʼnolari“, „Aql toʻgʻrisida“, „Ilmlar va sanʼatlar fazilati“, „Qonunlar haqida kitob“, „Substansiya haqida soʻz“, „Falak harakatining doimiyligi haqida“, „Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz“, „Ritorika haqida kitob“, „Hajm va miqdor haqida soʻz“, „Musiqa haqida soʻz“, „Fizika usullari haqida kitob“, „Fazilatli xulqlar“, „Fozil shahar aholisining fikrlari“, „Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida“, "Aristotel „Metafizika“ kitobining maqsad toʻgʻrisida" va boshqa.Farobiy Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari faylasuflari orasida birinchi boʻlib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari haqidagi taʼlimotni ishlab chiqdi. Oʻrta asr sharoitida jamiyat tabiiy ravishda kelib chiqqanligini, inson faqat boshqalar yordamida hayot qiyinchiliklariga qarshi kurasha olishi mumkinligini asoslab berdi.Farobiy inson fazilatlarini tugʻma va yashash jarayonida paydo boʻladigan fazilatlarga boʻladi. Olimning fikricha, tugʻma fazilatlarga insonning oʻta oʻtkir zehnliligi, biror narsani bilishga oʻta qobiliyatsizliligi kiradi. Lekin tugʻma fazilatlarhayotda kam uchraydi. Asosiy axloqiy fazilatlarni odam yashash davomida egallaydi. Tugʻma fazilatli odamlar ham tarbiyaga muhtoj. Agar unday odamni tarbiyalab va toʻgʻri yoʻlga solib turilmasa, uning qobiliyati tezda soʻnib qolishi mumkin. Tugʻma qobiliyat ham nisbiy tushunchadir. Baʼzi kishilar tugʻma qobiliyatini ishga solib yaxshi natijaga erishsa, boshqalari yomon natijaga erishadi. «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida bilimlarni o‘rganish tartibi birma-bir sanab o‘tiladi. «Bundan keyin,-debdavom etadi Farobiy-insonni o‘rganishga kirishamiz va shuning natijasida insonning kim va qanday narsa ekanligini bilib aniqlab olamiz. Shundan keyin biz insonning kamolotga erishuviga sabab bo‘lgan narsalarni o‘rganishga boshlaymiz. Bu narsalar esa xayri-ehsonli ishlar, go‘zal insoniy fazilatlar bo‘lib, bu fazilatlarni insonni shu kamolotga erishuvidan mahrum qiladigan salbiy xislatlarni o‘rganish yo‘li bilan ajratib olamiz. Bu salbiy xislatlar har turli yomon odatlar, nuqsonlar va bema’ni hatti-harakatlardir. Biz bu yomon xulq-atvor, bema’ni hatti-harakatlarning o‘zi bilan tanishib chiqamiz». Farobiy «Ixso al-ulum» (Ilmlarning tartibi) asarida ham o‘rta asrda ma’lum bo‘lgan barcha ilmlarni sanab o‘tar ekan, madaniy ilmlarni, ya’ni insonning ijtimoiy hayoti to‘g‘risidagi ilmlarni barcha boshqa ilmlardan, grammatika, logika, matematika (falsafa) ilmlaridan so‘ng tahlil qiladi va xarakterlab beradi. U barcha ob’ektiv reallikdagi narsa hodisalarning vujudga kelish tartibi, materiyaning rivojlanish tartibi asosida tartibga solib chiqishga harakat qiladi.«Aql va nafs»,-deb yozadi Farobiy. «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» degan risolasida,-o‘zining cheksiz kamoloti bilan borliqda inson bilan gavdalanadi, ammo bu boshlang‘ichlar odamzotning shu tabiiy boshlang‘ichlar ta’siri ostida kamol topib, insonga aylanishi uchun kifoya qilmaydi. Chunki inson inson bo‘lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so‘zlash va kasb-hunarga muhtojdir.Inson bilimi, umumiydunyoqarashning o‘zgarishida tarbiyaning rolini ta’kidlab, Fоrobiy«Ixso al-ulum» asarida bunday deydi: «Inson yaxshi tarbiya ko‘rmagan va turmushda tajriba orttirmagan bo‘lsa, u ko‘p narsalarni nazarga ilmaydi va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar noo‘rin ko‘rinadi ... U bilim va tajribaga ega bo‘lganidan so‘ng, fikri o‘zgaradi, noo‘rin bo‘lib ko‘ringan narsalar zaruriy bo‘lib chiqadi». Farobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan uning ikki tomoniga-aqli-axloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning fikricha insonni aqliy tomonidan ham yetuk, mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratilmog‘i lozim: demak, ta’lim-tarbiyaning bir-biridan vazifasi-jamiyat talablariga to‘la-to‘kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. Farobiyning «Ideal shahar aholisining fikrlari» hamda «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolalarida shular to‘g‘risidagi fikr yuritiladi, bu risolalar aqliy va axloqiy jihatdan yetuk, ideal insonlar yetishtirish va yetuk, ideal insonlardan iborat ideal jamiyat vujudga keltirish vazifalarini bayon qilish bilan yakunlanadi.Fоrobiyning insonning ma’naviy jihatdan yetuk va mukammal bo‘lib yetilishi zarur bo‘lgan tarbiya turlari, xususan jismoniy-tarbiya, aqliy intelektual tarbiya, estetik va axloqiy tarbiya haqidagi fikrlarga alohida to‘xtalib o‘tishdan avval uning umuman ijobiy insoniy xislatlari nimadan iborat ekanligi, bu xislatlarni tarbiyalash usullari, tarbiya etiladigan insonning fazilatlari to‘g‘risidagi fikrlarni ko‘rib o‘tish lozim. Fоrobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida xususan pedagogika, ta’lim-tarbiyaning vazifasi va metodlariga oid qimmatli fikrlar juda ko‘p. Bu fikrlardan ma’lum xulosalar chiqarishdan avval Farobiy pedagogikasi haqida ma’lum darajada izchil tasavvurga ega bo‘lish uchun ulardan ayrimlarini to‘liq keltirishni lozim ko‘rdik.Fоrobiy insoniy quvvatlar va ularning vujudga kelishi hamda bunda tarbiyaning ahamiyati haqida to‘xtab bunday deb yozadi: fikriy fazilat yordamida sodir bo‘ladigan narsa kashf ixtirosining sifatida qarab, o‘ta ketgan foydali va go‘zal bo‘lishi mumkin. Chunki odatda, go‘zal va manfaatli ish-harakatining o‘zi ham yaxshi fazilatdir, o‘ta ketgan foydali narsa esa g‘oyatda go‘zal hamdir.Mana bu fikriy fazilat madaniy (ya’ni ijtimoiy) fikriy fazilatdir. Fikriy quvvat ham qismlarga bo‘linadi, masalan, fikriy fazilat natijasida vaqti-vaqti bilan bir yangilik yoki eng go‘zal va foydali biron narsani kashf etuvchi quvvat mana shu quvvatlar jumlasidandir. Insonda ma’lum kasb-hunar fazilati raislik qiladi va bu mazkur san’at (yoki kasb-hunar) shunday san’at-ki, uni yuzaga chiqarish uchun unga muvofiq tushadigan hamma narsa ish-harakatni demak, hamma san’atlarda bo‘ladigan usul va harakatlarini qo‘llamasdan ilojimiz yo‘q. Demak, bu san’at barcha san’atlarning boshlig‘i, kasb-hunar fazilatlari ichida eng kuchlisi, quvvatda ham boshqa hamma san’atlarning kuchlirog‘i. Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo‘lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi».Tarbiyalanuvchining xarakteri, hohish, intilishlarga, ruhiy mayllarigaqarab ta’lim-tarbiya yo asta-sekin tushuntirish, anglatish yo‘li bilan olib boriladi, yoki majburiy etish, chora ko‘rish, mo‘ljallangan maqsadga bo‘ysundirish va unga yo‘naltirish yo‘li bilan olib boriladi. Bu har ikki metod ham bir maqsadni-etuk va mukammal inson etishtirishni nazarda tutadi. Fоrobiyning ta’lim-tarbiya metodlari haqidagi fikrlari bu bilangina chegaralanmaydi. Forobiy hatto muallim va shogird-o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatning nimaga asoslanishi va qanday bo‘lishligi haqida ham fikr yuritadi va etuk inson tarbiyalab etishtirishning eng natijali yo‘lini qidiradi.Fоrobiyning «Falsafani o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to‘g‘risida» risolasidagi quyidagi fikrlar bu jihatdan e’tiborga loyiqdir: «Muallim shogirdga nisbatan o‘ta hokimlikka ham, bo‘shlikka ham yo‘l qo‘ymasligi lozim, chunki o‘ta hokimlik shogird muallimga nisbatan nafrat uyg‘otadi, agarda shogird muallimning bo‘shligini sezsa, unda muallimga va uning o‘qiyotgan ilmiga nisbatansovish va mensimaslik paydo bo‘ladi».Insonni har tomonlama mukammal qilib etishtirish unda ijobiy xislatlar tarbiyalash shu yuqorida o‘rsatilgan yo‘llar yordamida salbiy xislatlarning ta’siriga qarshi kurash natijasida amalga oshiriladi.(Birinchidan), bunday odamning barcha organlari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo‘lishi zarurki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo‘lgan ishlarni osonlik(Ikkinchidan), barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda va to‘g‘ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan;(Uchinchidan), xotirasi juda baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan, eshitgan, sezgan narsalarning birortasini ham esidan chiqarmay yodda saqlab qoladigan bo‘lsin;(To‘rtinchidan), zehni tez va o‘tkir bo‘lsin;(Beshinchidan), so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarni ravon va ravshan bayon eta olsin;(Oltinchidan), bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin;(Yettinchidan), ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko‘z bo‘lmasin, tabiati qimor o‘yinlarini o‘ynashdan yiroq bo‘lsin;(Sakkizinchidan), haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‘lsin,yolg‘on va yolg‘onchilarga, nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin.(To‘qqizinchidan), ruhi g‘ururli va o‘z vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin;(O‘ninchidan), dirham, dinar va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin;(O‘n birinchidan), o‘z tabiati bilan adolatli va adolat uchun kurashuvchilarni sevadigan, adolatsizlikka hamda jabr-zulm o‘tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin;(O‘n ikkinchidan), adolatli bo‘lsin va qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib o‘zbilarmonlik qilmasin, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin. Fоrobiy bu fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka katta e’tibor beradi. Fоrobiy estetik tarbiya haqida qimmatli fikrlar ilgari so‘radi. «Muzika to‘g‘risidagi katta asar» kitobida muzikaning kishilar hayotidagi rolini asoslab beradi. Estetik zavqlanishning ruhiy jismni salomatlikni saqlashdagi tutgan o‘rnini ko‘rsatishga harakat qiladi. U mehnat tarbiyasi va kasbiy tarbiyaning kishining hayotidagi o‘rnini ulug‘lab uni «fazilatlarning raisidir» deb baholaydi: «Insonda ma’lum kasb-hunar fazilati raislik qiladi»-deb yozadi. «Endi insonning kasb-hunar va san’atdagi fazilatiga kelsak, bu fazilat tug‘ma emasdir». Bu ikki yo‘l bilan, ya’ni ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi.Biz bilamizki, Abu Nasr Farobiyni dunyoda ,,Sharq arastusi’’, ,,Ikkinchi muallim’’ deb atashadi. Lekin biz Farobiyni hayotini, asarlarini o‘rganib, uni ta’limotiga baho berar ekanmiz, uni bunday nomlar bilan atash qaysidir, ma’noda kamsitilish bo‘lishi mumkin. Chunki Farobiy ijtimoiy-siyosiy qarashlarida Aflotun va Aristotel qarashlaridan yuqoriroq, ulardan ko‘ra insonparvarroq va shu bilan birga gnealroq fikrlarni taqdim etgan vauni ijodi o‘z davridan keyin ikkinchi Sharq uyg‘onish davrini ya’ni XIV-XV asr Markaziy Osiyo Sharq uyg‘onish davriga juda katta manbaviy asos bo‘ldi. Abu Nasr Farobiy asarlarini o‘rganar ekanmiz, O‘zbekiston ta’lim tizimida uning asarlari, risolalari darsliklardagi o‘quv qo‘llanma sifatida yuritiladi. Nafaqat ta’limda balki, musiqa va san’atda ham uning yozib qoldirgan asarlari 85, 90% maqomchiligimizda ulardan foydalanib kelinmoqda.


Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, dunyo fani va madaniyati, uyg’onish davrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o’chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko’proq Arastuning asarlarini targ’ib qildi, ularning ko’plarini arab tiliga tarjima qildi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to’la o’rganmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining “qul”iga aylanib qolmadi, baliki ko’p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o’z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o’zini namoyon qildi.


Forobiy yaratgan tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo’lib, o’z davri fanlarining barcha muhum masalalari:
· Falsafaning umumiy muammolari
· tabiatshunoslikning asosiy falsafiy masalalari
· borliqni bilish
· mantiqning bahsli muammolari
· inson va tabiat o’rtasidagi chambarchas bog’liqlik
· ekologik muammolarni ham o’z ichiga oladi.
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy fikirlari o’zining keng qamrovli, teran va mazmundorligi bilan gumanistik xususiyatga ega. Forobiy ushbu asarda Arastu tomonidan ilgari surilgan, inson, eng avvalo, ijtimoiy hodisa deb ta’riflagan g’oyani yanada aniqlashtirib, quyidagilarni yozadi: “Har bir inson, o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oily darajadagi yetuklikka erishish uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi va ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug’uladi… bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda, ularning harbiriga yashash va yetuklikka erishuvi uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko’payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashadilar, natijada inson jamoasi vujudga keladi”. E’tibor bersak bu fikrning zamirida falsafaning bosh muammosi bo’lgan bahsli masala – insonning paydo bo’lishi, shakillanishi va yetuklikka erishuvi haqida so’z bormoqda. Eng muhumi bu jarayonda jamoatning ro’li va ahamiyati to’g’risida aniq va lo’nda fikr bildirilmoqda. Darhaqiqat, Forobiy o’z dunyoqarashi bilan zamonasidan ancha ilgarilab ketgan yetuk olim, ilm va ma’rifat kurashchisi, tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini ochib berishga intilgan buyuk shaxsdir.U o’z asarlarida:
· komil inson
· fozil fuqaro
· odil hukmdor
· baxt-saodat, unga erishish yo’llari,
· davlatning hususiyatlari,
· axloqiy va aqliy tarbiya,
· ijtimoiy istiqbol tog’risida ilg’or g’oyalarni ilgari surgan.

Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u nazariy falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar, zero, mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q. Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga aylandi. Forobiyning ta’limoti Sharqda va Evropada ijtimoiy-falsafiy fikrlarning bundan keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan chiqqan falsafiy to‘garak bo‘lgan «Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») a’zolari va Abu Sulaymon Mantiqiy, Ibn Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, Maymonid qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk olim Ibn Sino uni o‘zining ustozi deb hisoblar edi.




Yüklə 68,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə