Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja


Ingliz falsafasi. Fransis Bekon



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/27
tarix19.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#84598
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
2-мавзу маъруза материали

Ingliz falsafasi. Fransis Bekon

 (1561_ 1626). Bekon ingliz falsafasining o‘rta asrlardagi 

taraqqiyotiga  eng  katta  hissa  qo‘shgan  olimlardan  biridir.  Uning  ta’limoticha,  fanning  yangi 

binosini  ko‘rish  uchun  to‘g‘ri  fikrlashga  o‘rganish  kerak.  Tabiatni  bilishda  bir  necha  “idollar” 




11 

 

insonga halaqit beradi. Ular inson aushni o‘rab tashlaydi. Ular asosan to‘rtta. Birinchisi — urug‘ 



idollari,  bular inson  zotiga,  butun  odamlarga  xosdir. Masalan,  Bekon  shunday  deydi:  “Insonning 

akli  qiyshiq  ko‘zguga  o‘xshaydi.  U  narsalarning  tabiati  bilan  o‘z  tabiatini  aralashtirib  yuborib, 

narsalarni  qiyshiq,  buzuq  ko‘rsatadi.  Ikkinchisi,  g‘or  idollari.  Bu  har  bir  odamning  o‘z  spesifik 

xususiyatlari  natijasida  yanglishishi.  Ular  fikrlash  ufqining  cheklanishidan  tug‘iladi.  Bu  narsa 

hamma  narsani  o‘z  nuqtai  nazari  bilan  ifodalash,  o‘ziningtor  doirasi  bilan  o‘lchash  natijasida 

vujudga  keladi.  Uchinchisi,  maydon  idollari  bo‘lib,  u  ma’lum  bo‘lgan  tasavvurlarga  tayanish 

odati, noto‘g‘ri yoki noaniq  terminologiyalarga tanqidiy yondashmaslik oqibatida vujudga keladi. 

Bu  masalaga  Bekon  juda  katta  ahamiyat  beradi.  Masalan,  u  shuni  ta’kidlaydiki,  real  borliqni 

ifodalamaydigan  yoki  uni  noaniq,  mavhum  ifodalaydigan  so‘zlar  soxta  tushunchalarni 

tug‘diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi. To‘rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga 

ko‘r-ko‘rona  ergashib,  qadimgilarning  falsafiy  sistemalarini  davom  ettiraveradilar.  Bekon 

tomonidan  sxolastikaga  qarshi  qaratilgan  idollarning  tanqidi  katga  metodologik  ahamiyatga 

egadir.  Bilish  nazariyasining  birinchi  bosqichi  tajribadir,  ikkinchi  bosqichi  esa  akddir.  U  tajriba 

ma’lumotlarini  ratsional  qayta  ishlaydi  va  umumlashtiradi.  Bekon  ta’limoticha,  olim  chumoliga 

o‘xshab  faqat  yig‘ish  va  yig‘ilganlar  bilan  kifoyalanmasligi  kerak,  o‘rgimchakka  o‘xshab 

hayotdan  ajrab,  faqat  shaxsiy  aqli  bilan  o‘zining  makrli  falsafasini  to‘qimasligi  kerak. 

Faylasufning fikricha, olim asalariga o‘xshab gullardan olib, keyin ularni asalga aylantirishi lozim. 

Ingliz  falsafasida 



Jon  Lokk

  (1632—1704)  qarashlari  alohida  o‘rin  tutadi.  U  tajribani 

bilishning asosiy manbai,  deb hisoblaydi. Bunda  ichki va  tashqi  tajriba  ajratib  ko‘rsatiladi.  Lokk 

1690  yilda  yozgan  “Inson  akush  haqida  tajriba”  asarida  R.  Dekartning  “tug‘ma  g‘oyalar” 

to‘g‘risidagi  qarashlariga  qarshi  chiqadi.  Lokkning  fikricha,  bilish  tabiat  va  inson  o‘rtasidagi 

munosabatlardan iborat bo‘lib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan tushunchalari, 

g‘oyalari va xulosalarining olamga mos kelishidan iboratdir. 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə