Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/27
tarix19.03.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#84598
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
2-мавзу маъруза материали

Nemis  falsafasi

.  Nemis  falsafasining  asoschilaridan  biri 



Immanuil  Kant

  (1724—1804) 

faqat  mashhur  faylasufgina  bo‘lib  qolmasdan,  yirik  tabiatshunos  olim  hamdir.  Kant  tomonidan 

yaratilgan  gaz  holatidagi  ulkan  tumanlikdan  Quyosh  sistemasining  kelib  chiqishi  haqidagi 




12 

 

nazariya hozirgi davrda  ham astronomiya sohasidagi eng muhim ta’limotlardan biridir.  Kantning 



tabiiy-ilmiy qarashlari tabiat hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi ta’limotlarga zarba berdi. 

Kant  o‘z  davri  tabiatshunosligi  erishgan  yutug‘utrni  faqat  Koinot  tuzilishi  masalasiga  emas,  shu 

bilan  birga  Koinot  genezisi  va  rivojlanishi  masalalariga  ham  tatbiq  qildi.  Kantning  inson 

irqlarining  tabiiy  kelib  chiqishi  haqidagi  nazariyasi  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Kant  ta’limoti 

bo‘yicha, falsafaning eng muhim muammolari bo‘lmish — borliq, axloq degan masalalarini tahlil 

qilish  uchun,  eng  avvalo,  inson  bilimining  imkoniyatlari  va  chegaralarini  aniqlamoq  kerak. 

Bizning  bilimlarimiz  narsaning  hodisasini,  ya’ni  bizga  qanday  holatda  namoyon  bo‘la  olishini 

(fenomen)  bila  oladi.  Ular  bizning  tajribamiz  mazmunini  tashkil  qiladi.  “Narsa  o‘zida”ning 

bizning  sezgi  a’zolarimizga  ta’siri  natijasida  sezgilar  xaosi  vujudga  keladi.  Bu  xaos  bizning 

ak^shmiz  quvvati  bilan  tartibga  solinadi  va  bir  butunga  aylantiriladi.  Biz  tabiat  qonunlari  deb 

bilgan  narsalar  aslida  aql  tomonidan  hodisalar  dunyosiga  kiritilgan  aloqadir.  Boshqacha  qilib 

aytganda,  bizning  aqlimiz  tabiatga  qonunlar  kiritadi.  Lekin  hodisalar  dunyosiga  inson  ongiga 

bog‘liqbo‘lmagan  narsalarning  mohiyati,  ya’ni  “narsa  o‘zida”  mos  keladi.  Ularni  mutlaqbilish 

mumkin emas. “Narsa o‘zida” biz uchun faqat ak^ bilan bilish mumkin bo‘lgan, lekin tajribadan 

kelib chiqmaydigan mohiyatdir. 

Gegel

  (1770—1831)  dialektikaning  qonunlari  va  kategoriyalari  haqidagi  ta’limotni 

rivojlantirdi.  Falsafa  tarixida  birinchi  marta  bir  tizimga  solgan  holda  dialektik  logikaning  asosiy 

qoidalarini  ishlab  chikdi.  O‘sha  davrlarda  xukmron  bo‘lgan  metafizik  fikrlash  uslubini  tanqid 

qildi. Kantning “narsa o‘zida” haqidagi ta’limotiga qarama-qarshi qilib, shunday ta’limotni ilgari 

surdi:  “Mohiyat  namoyon  bo‘ladi,  hodisa  mohiyatdan  ajralmasdir”  Gegelning  ta’kidlashicha, 

kategoriyalar  borliqning  ob’ektiv  shakllaridir.  Borliqning  asosida  esa  “dunyoviy  aql”, 

“mutlaqg‘oya”  yoki  “dunyo  ruhi”  yotadi.  O‘z-o‘zini  anglash  jarayonida  dunyoviy  aql  uch 

bosqichni  bosib  o‘tadi:  1.  O‘z-o‘zini  anglovchi  mutlaq  g‘oyaning  o‘z  xususiy  qobig‘ida  bo‘lish 

bosqichi;  tafakkur  jarayonida,  ya’ni  bu  holatda  g‘oya  dialektika  kategoriyalari  va  qonunlari 

tizimida  o‘z  mazmunini,  mohiyatini  namoyon  qiladi.  Bu  bosqich  Gegel  falsafasining  mantiq 

bosqichidir;  2.  G‘oyaning  o‘zidan  “begonalashuvi”,  ya’ni  tabiat  hodisalari  shaklida  namoyon 

bo‘lish  bosqichi,  ya’ni  bu  bosqichda  tabiatning  o‘zi  rivojlanmaydi,  faqat  kategoriyalar  sifatida 

rivojlanadi.  Bu  boskich  Gegelda  tabiat  falsafa  bosqichidir;  3.  G‘oyaning  tafakkurda  va  insoniyat 

tarixida  rivojlanish  boskichi.  Bubosqich  Gegel  falsafasida  ruh  falsafasi  bosqichidir.  Mana  shu 

yakuniy bosqichda mutlaq g‘oya o‘ziga qaytadi va o‘zining inson ongi hamda o‘z-o‘zini anglash 

shaklida  o‘z  mohiyatiga  qaytadi.  Rivojlanish  g‘oyasi  Gegel  falsafasini  qamrab  olgan.  Uning 

ta’kidlashicha,  rivojlanish  tor  doira  ichida  emas,  doimiy,  quyidan  yuqoriga  qarab  boradi.  Mana 

shu  jarayonda  mikdor  o‘zgarishlarining  tub  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tishi  yuz  beradi. 

Rivojlanishning 

manbai 

esa 


har 

qanday 


o‘z-o‘zidan  harakatning  sababi  bo‘lgan 

qaramaqarshilikdir. Gegel falsafasida borliq dialektik o‘tishlar zanjiri sifatida bayon qilingan. 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə