Mavzu : Majburiy ijro byurosi Reja


Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Byuro direktori



Yüklə 56,29 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü56,29 Kb.
#165473
1   2   3
Majburiy ijro byurosi

Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Byuro direktori:

  • Byuro faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

  • Byuro xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;

  • Byuro hududiy tuzilmalari boshliqlarining hisobotlarini eshitadi;

  • Bosh prokurorga quyidagilarni kiritadi (taqdim etadi):

  • Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini;

  • Byuro va uning hududiy tuzilmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi takliflarni;

  • Byuroning tegishli xodimlariga darajali unvonlarni berish bo‘yicha takliflarni;

  • Byuro xodimlarini rag‘batlantirish, ularni O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni;


Byuro faoliyati natijalari haqidagi hisobotni;

  • Byuro va uning hududiy tuzilmalarining shtatlar jadvalini, Byuro markaziy apparati boshqarmalari va bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

  • o‘z vakolatlari doirasida Byuro faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha barcha xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar va farmoyishlar chiqaradi;

  • ajratilgan mablag‘lar doirasida Byuro xodimlariga ustama haqi, mukofotlar va boshqa rag‘batlantirishlar to‘lash tartibi va shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;

  • Byuroga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

  • Byuroning kuch va vositalari samarali taqsimlanishini, shu jumladan, muayyan funksiyalarni bajaradigan xodimlarning Byuroga yuklatilgan boshqa ishlarga jalb etilishini tashkil etadi;

  • Byuro faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tezkor yig‘ilishlar o‘tkazadi;

  • qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

.

  • Byuro direktori tashabbuskor va malakali mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat yuritadigan, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar mutaxassislaridan iborat boshqa belgilangan to‘lovlardan tashqari Byuroning budjetdan tashqari mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qo‘shimcha ravishda har oylik mehnat haqi fondining (pul ta’minotining) ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda haq to‘lanadigan ekspert-tahlil guruhlarini tuzishga haqli.

  • Byuro direktori bo‘lmagan hollarda uning vakolatlarini Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan uning o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.

  • Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari hisoblanadi.

  • Byuroning tuman (shahar), tumanlararo bo‘limlari boshliqlari katta davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari tegishincha katta davlat ijrochilari o‘rinbosarlari hisoblanadi.

  • Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish:

  • Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari (bosh inspektorlar bundan mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi;

  • Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda Byuro direktori tomonidan amalga oshiriladi;

  • Byuro markaziy apparatining boshqa xodimlari, hududiy boshqarmalarning tarkibiy tarmoqlari, tuman (shahar) va tumanlararo bo‘limlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan amalga oshiriladi;

Byuroning tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlarining o‘rinbosarlari Byuro direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Byuroning hududiy tuzilmalarining boshqa xodimlari hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi .
Majburiy ijro buyrosida xozirgi kunda bizga malumki aliment masalasi juda ommalashgan bo`lib sudning chqargan hal qiliv qarorini ijroga qaratish va aliment olivchiga aliment berivchi tomonidan belgilangan summani undirish xisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari hamda ularning o‘rinbosarlari, tuman (shahar) katta davlat ijrochilari, shuningdek, Byuroning surishtiruv va ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida surishtiruv organi boshliqlari huquqlariga ega bo‘ladi.
Byuroning markaziy apparati va hududiy tuzilmalarning (moliya-xo‘jalik tuzilmalari bundan mustasno) xodimlari o‘z maqomiga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi.
Maqomiga ko‘ra prokuratura organlari xodimlari hisoblangan xodimlarga darajali unvonlar beriladi va ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq xizmatni o‘taydilar.
Byuroning daraja unvonlariga ega bo‘lgan, xodimlari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunadagi tegishli xizmat kiyimi va alohida ko‘rinishdagi belgilarni kiyadilar.
Xizmat kiyimi bilan ta’minlash me’yorlari Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Xizmat kiyimlari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Byuro xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari uchun maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan, Byuroga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, bo‘yoqlarning rangli grafik sxemalariga ega bo‘lgan avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi.
Maxsus avtotransport va maxsus vositalar bilan ta’minlash me’yorlari Bosh prokuror tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, Jamg‘arma mablag‘lari, shuningdek, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xizmatga qabul qilish;
Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot, va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, sog‘lig‘iga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, zarur kasb-kor va ma’naviy fazilatlarga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Bunda Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy ma’lumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.
Yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni davlat ijrochisi lavozimiga xizmatga qabul qilish, alohida hollarda Byuro direktorining yozma ruxsati va Byuroning markaziy apparatida tuzilgan maxsus komissiyaning nomzodni davlat ijrochisi xizmat vazifalarini bajarishga malakasi, kasb mahorati va ish tajribasi muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida ruxsat etiladi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan tartib tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va ma’muriy amaliyot faoliyati bilan shug‘ullanadigan Byuro tuzilmalarida xizmatni o‘tash uchun nomzodlarga ham tatbiq etiladi. Byuro organlarida lavozimlarni (shu jumladan rahbar lavozimlarni) egallash uchun mutaxassislik, ma’lumot darajasi va minimal ish tajribaga qo‘yiladigan talablar Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 56,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə