Mavzu : Terapeftik kasalliklar fanning rivojlanish tarixi va uning xususiyatlari



Yüklə 79,33 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü79,33 Kb.
#181548
  1   2
Mavzu Terapeftik kasalliklar fanning rivojlanish tarixi va uni-fayllar.org


Mavzu : Terapeftik kasalliklar fanning rivojlanish tarixi va uning xususiyatlari
Reja:
1.Terapevtik kasalliklar haqida tushuncha.
2.Hamshiralik parvarishining maqsadi, hamshiraning o’rni va vazifalari.
3.O’tkir kasalliklarning kechishi va hamshiralik parvarishi.
4.Surunkali kasalliklarning kechishi va hamshiralik parvarishi.
5.Klinik va bioximik tekshiruvlar maqsadi.
Ichki kasalliklar yoki terapiya fani – bu tibbiyot fanining bir qismi bo’lib,
odam ichki a’zolarida turli kasalliklarning sabablarini, klinik belgilarini,
davolash va oldini olish choralarini o’rganadigan fandir. Ichki kasalliklar
deganda biz nafas a’zolari, yurak qon – tomir, hazm qilish a’zolari, buyrak va
siydik ajratish, ichki sekretsiya bezlari va boshqa a’zolar kasalliklarini
tushunamiz. Terapiya so’zi grek tilidan davolash, g’amxo’rlik qilish degan
ma’noni bildiradi.
Kattalarda hamshiralik jarayoni – bu bemorlarni kuzatish, parvarish qilish,
terapevtik bemorlarga vrach ko’rsatmalarini amalga oshirishning zaruriy
tashkiliy qismidir. Bu hamshiralik yordamining tashkiliy qismi bo’lib, bemor
va tibbiyot hamshirasining o’zaro hamkorligida namoyon bo’ladi.
Hamshiralik amaliyotini asosiy maqsadi bemorga hamshiralik yordamini
ko’rsatish, bemor ehtiyoj va talablarini qondirish, ya’ni bemorning
muammolarini hal qilish, yengillashtirishdir.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun bemorni havotirga solayotgan barcha
muammolarni aniqlash zarur, yani so’rab surishtirish, bemorni shikoyatlarini,
kasallik tarixini, hayot anamnezini (oilaviy, allergik, irsiy, ginekologik,
zararli odatlar va hokazo).
Axborot manbai bo’lib faqat bemor emas, balki, oila a’zolari, do’st –
birodarlari, hamkasblari, tibbiy xodimlar, tibbiy hujjatlar (ambulator karta,
kasallik tarixidan ko’chirma va hokazo) maxsus tibbiy adabiyotlar
hisoblanadi. Lekin bemor muammosini bilish uchun undagi kasallikni
ob’yektiv va sub’yektiv belgilari bilan bir qatorda uning asosiy ehtiyojlari
aniqlanadi. Demak bemor bilan muloqotda uning asosiy ehtiyojlarini bilish
uchun biz har tomonlama ixtisos komunikatsiyasidan foydalanishimiz zarur,
ya’ni katta yoshli bemor bilan hamshira o’rtasidagi muloqot bo’lib, bu bemor
shaxsiyatini himoya qilgan holda, agar uning ruhiy kechinmalari sog’lig’iga
sa’lbiy ta’sir etsa ularni bartaraf etish yoki yengillashtirish usullarini aniqlab,
bemor atrofida ruhiy osoyishtalik yaratib, parvarish olib borishdir.
Hamshira katta yoshli bemor bilan muloqotda ixtisos komunikatsiyasi
tamoyillari qoidasiga amal qilishi lozim.
Bunda:
1. Muloqotda aniq va ravshan murojaat etish.
2. Faol eshitish.
3. Savol berish texnikasidan foydalanish.
4. Katta yoshli bemorni suhbatga chorlovchi tinch, osoyishta muhitni yaratish.
Kasallik – tashqi va ichki muhitning zararli ta’suroti natijasida organizm
hayot faoliyatining buzilishi, mehnat qobilyatning vaqtincha yo butunlay
pasayishi yoki yo’qolishiga olib keladigan jarayonidir. Kasallik organizimda
malum bir turdagi mikro organizmlar va bakteriyalar tashishi tufayli hamda
bir qancha boshqa sabablarning birgalalashib ta’sir qilishidan kelib chiqadi
(me’da shilliq pardasining yallig’lanishi – gastrid odatda tartibsiz
ovqatlanish, kundalik rejimga amal qilmaslik, chekish, ichish, shuningdek
boshqa a’zo kasalliklari tufayli paydo bo’ladi.) kasallikning o’zi paydo
bo’lishi va kechishidan organizmning himoya kuchlari va moslashish
imkoniyatlari katta ahamiyatga ega.

Etiologiya kasallikning paydo bo’lish sababi tushuniladi. Bu sabablar tashqi
va ichki bo’lishi mumkin. Tashqi omillar: mehanik (yaralanish, travmatizm
va boshqalar ) fizik ( organizmga elektr to’ki, yuqori va past harorat,
yorug’lik ta’siri,) kimyoviy (zaharli moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari orqali
va boshqalar,) biologik (organizmga kirgan zamburug’lar va mikroblar ),
allergik omillar (allergen – gul changlari, bo’yoqlar, dori darmonlar va
boshqalar), kasallikni vujudga kelishida sotsial sharoit va salbiy his –
hayajonlarnining ahamiyati kattadir.

Allergiya - organizm reaktivligi o’zgarib qolganligi tufayli turli moddalarga
uning ortiqcha sezgir bo’lib qolishidir. Ilgari qaysi omilga duch kelingan
bo’lsa, odam shu omilga ortiqcha sezuvchan bo’lib qoladi.

Immunitet – organizmning malum bir infeksion omilning o’ziga
yoqtirmasligi, unga nisbatan qarshilik kuchi.U tabiiy: tug’ma yoki ortirilgan
va sun’iy bo’lishi mumkin.
Kasallikning kechishida o’tkir, yarim o’tkir va surunkali xillari bo’ladi. Juda
o’tkir keladigan kasallikda 4 bosqich yoki davr: kasallikning yashirin (latent),
prodromal (dastlabki), avj olish va tuzilish davri taffovut qilinadi. Biroq,
ko’pgina kasalliklarning avj olish va o’tishida bunday davrlarni ro’y rost
ajratib bo’lmaydi.
Har bir kasallik malum belgilari, alomatlar bilan nomoyon bo’ladi. Bular
simptomlar deb ataladi. Masalan, yo’tal bronxlar yallig’lanishi-branxit
simptomidir. Simptomlar sub’yektiv (masalan, gipertaniya kasalligida
seziladigan bosh og’rig’i) va ob’yektiv bo’lishi mumkin.

Kasallikning o’tishi to’g’risida tushuncha.
Kasallik hamisha ham endi boshlanishidanoq sezilarli klinik simptomlar bilan
namoyon bo’lavermaydi. Kasallikning yashirin yoki latent degan davri
bo’ladi, bunda organizm qarshilik ko’rsatib, kasallik tug’diradigan u yoki bu
omilga moslashish reaksiyalarini yuzaga chiqarib turadigan bo’lgani uchun
sub’yektiv va bir qancha hollarda ob’yektiv simptomlar bo’lmaydi. Masalan,
organizmga radioaktiv moddalar ta’sir qilgandan keyin nur kasalligining
simptomlari dastlabki vaqtlarda hali kuzatilmaydi.
Sog’ayish davrida maskur kasallikning yetakchi simptomlari bosilib, kasallik
oqibatlari qoladi (masalan, infeksion kasalliklardan keyin quvvatsizlik hissi,
tana massasining kamayib ketishi va boshqalar).
Kasallik avj olib borishida quyidagi davrlar tafovut qilinadi:
1.Inkubatsion (yashirin latent) davr.
2.Prodromal davr (kasallik avj olib borishida uning asosiy klinik alomatlari
malum bo’lishidan oldin bo’lib o’tadigan davr).
3.Kasallik rosmana avj oladigan davr.
4.Sog’ayish davri.

Kasallik qanday o’tishiga qarab: o’tkir, yarim o’tkir, surunkasiga
cho’ziladigan, yani surunkali bo’lishi mumkin. O’tkir kasallikka gripp
(birdan boshlanib simptomlari tez kuchayib boradi, nisbatan qisqa davom
etadi) va turli zaharlardan zaharlanishlar kiradi. Krupoz
pnevmaniya, dizenteriya, infeksion gepatit (jigar yallig’lanishi ) va boshqalar
ham o’tkir kasalliklar jumlasiga kiradi. Yetarlicha davo qilinmaganda (vrach
aytganlari bajarilmaganda, rejim buzilganda va boshqa mahallarda) o’tkir
kasalliklar surunkali tarzda o’tadigan bo’lib qolishi mumkin (masalan, o’tkir
gepatit surunkali gepatitga – jigarning surunkali yallig’lanishiga o’tib ketadi).
Kasallikning yarim o’tkir tarzda o’tishi – bu o’tkir va surunkali turlar
o’rtasida turadigan, masalan, o’tkir nefrit (buyraklar yallig’lanishi ) surunkali
nefritga o’tayotganda bo’ladigan oraliq davr hisoblanadi.
Kasallik surunkali tarzda o’tayotganida ahvol yaxshilanib (davo ta’siri ostida
), kasallik simptomlarining vaqtincha susayib qolishi yoki yoqolib ketishi
bilan harakterlanadigan davr remissiya, yani kasallik qaytib turgan davr deb
ataladi (masalan, surunkali gastritda bo’ladigan remissiya ).

Yüklə 79,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə