Mavzu: abu ali ibn sino ijtimoiy falsafiy qarashlari



Yüklə 116 Kb.
səhifə5/8
tarix26.05.2023
ölçüsü116 Kb.
#113291
1   2   3   4   5   6   7   8
ABU ALI IBN SINO IJTIMOIY FALSAFIY QARASHLARI

Mayli man bir muntahoi matssadi oliy buvad,
Poyai poyon noxohad hechgoh xotir maro.
Xoham in ki vorasam to kullai maksudi xud,
Yoki dar in roh xobsnad ajal oxir maro.
Mazmuni:
Mening istagim oliy maqsadlarning cho’qqisiga yetishdir, ammo mening xotirim quyi tomon zinapoyalariga tushishni istamaydi. Men bu yo’lda yo butun maqsadlarimga yetaman, yoki ajal meni uxlatib (o’ldirib) qo’yadi.
Ibn Sino o’z tekshirishlarini og’ir va murakkab masalalarni to’la hal qilmaguncha qo’ymas edi. U o’zining hodisalarni tekshirishga munosabatini tubandagicha bayon qiladi:
“Biz Aristotel falsafa maktabi tekshiruvchilari usulini tanlaymiz. Biz keraksiz narsalarga, to’g’riligi oson aniqlanadigan masalalarga butun kuchini sarf qilayotgan, uni tekshirayotgan ko’p fan kishilarini ko’rdik. Bunday kishilar isbotlashni talab qiladigan og’ir masala va faktlarni tez tashlab ketadilar. Biz boshqa yo’ldan boramiz”.
Ibn Sino har tomonlama chuqur bilimga ega bo’lgan buyuk siymo ekanligini o’z zamonasidagi barcha bilim tarmoqlariga o’z hissasini qo’shganidan bilish mumkin. Uning asarlarida falsafa, astronomiya, biologiya, tibbiyot, psixologiya, etika, pedagogika va boshqa sohalarga oid ilmiy muammolar yoritilgan.
Ibn Sino qattiq ishonch bilan shunday deb yozadi:


Az qa’ri gili siyoh to avji Yuhal,
Kardam hama mushkiloti getiro hal,
Har band kushuda shud, magar bandi aja1 .

(Mazmuni: qora tuproq qa’ridan tortib to Yuhal (Saturn) cho’qqisigacha bo’lgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog’idan qutulib chiqa oldim-u, lekin ajal bandini echa olmadim).


Haqiqatan ham Ibn Sinoning o’z davridagi barcha fanlarni mukammal egallab olganligini, bunga esa u o’zining kuchli qobiliyati bilan erishganligini ko’ramiz. Har tomonlama bilimga ega bo’lgan Ibn Sino fanlarni tasniflash imkoniyatiga ega bo’ldi.


Ibn Sino fanlarni tasniflab, birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini qo’yadi. Fanni avval nazariy va amaliy qismlarga bo’ladi. Masalan, falsafiy fanlarni ikkiga: nazariy va amaliy qismga bo’ladi. Bunda nazariy qismining vazifasi kishining o’zidan tashqi borliq to’g’risidagi bilimlarni egallashdan iboratdir. Amaliy qismining obyektini kishining faoliyati deb hisoblaydi.
Ibn Sino fanning nazariy qismini, o’z navbatida, yana uch qismga: tibbiyot, matematika, dinshunoslikka bo’ladi. Chunki olim bu fanlarning har birini o’rganish va tekshirish obyektlari turlicha ekanligini izohlaydi.
Ibn Sino fikricha, tibbiyot moddiy borliq va harakatni o’rganadi, matematika esa materiya va harakatga bog’liq obyektlarni o’rganadi (to’rt burchak, shar, aylana va hokazo).
Dinshunoslik materiya va harakatga bog’liq bo’lmagan obyektlar: Xudo va boshqalarni o’rganish bilan shug’ullanadi. U amaliy ilmni ham uch guruhga bo’ladi: birinchi qism faqat shaxsga oid bo’lgan bilimlarni o’z ichiga olib, kishining bu va “narigi” dunyoda baxtga erishmog’i uchun uning xarakteri qanday bo’lishi kerakligini o’rgatadi.
Ikkinchi qism fanlarining o’rganish mavqei oilada kishilarni muomala va o’zaro munosabatlari qanday bo’lishi kerakligi masalasi hisoblanadi.
Uchinchi guruh fanlar bir shahar (yoki mamlakat) ichidagi kishilarning o’zaro munosabatlariga oid masalalarini o’rganadi.
Ibn Sino falsafiy fanlarning nazariy qismini tashkil etuvchi uch guruh fanlarining barchasini, o’z navbatida, asosiy qism va tarmoqlarga bo’ladi. Jumladan, tabiat to’grisidagi fanlarni sakkiz qismga ajratadi.
Birinchi qismi butun tabiatga xos bo’lgan umumiy masalalar bilan shug’ullanadi, jumladan, u materiya, forma, harakatlantiruvchi kuchga bo’lgan munosabat, hatto birinchi turtki to’g’risida ham bahs etadi.
Ikkinchi qismi dunyo asosini tashkil etuvchi jismlarni, ya’ni koinot va unda mavjud bo’lgan barcha narsalarni o’rganadi.
Uchinchi qismi paydo bo’lish va yo’qolib borish, tug’ilish va taraqqiy etish, o’lish va shunga o’xshash tushunchalar bilan mashg’ul bo’ladi.
To’rtinchi qismi mezonlar, bulut, yomg’ir, momaqaldiroq va uning kuchi, chaqmoq, shamol, yer qimirlash va hokazolarni tekshiradi.
Beshinchi qismi anorganik dunyoni o’rganish bilan shug’ullanadi.
Oltinchi qismi hayvonot dunyosini o’rganish bilan va nihoyat, yettinchi qism kishi ruhini o’rganish bilan mashg’ul bo’ladi.
Buyuk tabib tibbiyot (tib), astrologiya (Ahkom al-nujum), fiziognomika (ilm va farosat), tush ta’biri, tilsimotlar fani, nayranjot, kimyo kabi fanlarni tibbiyot fanlari tarmoqlaridan deb hisoblaydi.
Olim matematikani to’rt qismga, chunonchi: geometriya, astronomiya, musiqa va sonlar to’g’risidagi fanga bo’ladi. Bular esa, o’z navbatida, yana bir necha mayda qismlarga ajratiladi1.
Ibn Sinoning xizmati shundaki, u fanlarni tasnif qilishni ancha to’g’ri fikrlar bilan boyitdi, o’zidan ilgarigi davrda erishilgan fan yutuqlarini o’rgandi va ularni umumlashtirib, bir sistemaga soldi. Lekin Ibn Sino tasnifida ma’lum cheklanishlar bor. Masalan, u fanlar sistemasiga tush ko’rish, fiziognomika, tumor kabi predmetlarni ham kiritadi.
Ibn Sino o’z asarlarida kishilarni, ayniqsa yoshlarni fanni egallashga, bu sohada kamolotga erishish uchun intilishga chaqiradi. Ibn Sino fikricha, fan-ilm insonga xizmat qilishi kerak. Olim tabiat qonunlarini ochishi va uni avloddan-avlodga berishi kerak. Ilmni egallash jarayonida har qanday to’siqlar uchraydi, kimki fan cho’qqisini egallashga intilsa, u maqsadga intiluvchan, qiyinchiliklarni yengishga tayyor bo’lishi kerak. Bunda kishining botirligi va jasurligi katta rol o’ynaydi.
Bu haqda Ibn Sino: “Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir”1, deb yozadi.
Ibn Sino ilm-fanlarni egallagan, undan xalq uchun foydalanadigan kishilarni eng botir kishilar deb hisoblaydi. U o’zining “Kitobul ishorat fil mantiq val hikmat” asarida “Ma’rifatli kishi botir, u o’limdan qo’rqmaydigan, sahiy bo’lishi kerak va uning fikri-niyati haqiqatni bilish bilan band bo’lishi kerak”, deb yozadi.
Boshqa bir joyda u johil kishilarni ko’rlar bilan tenglashtirib qo’yadi: “Ko’r odam quyoshni ko’ra olmaganidek, bu johillar to’g’ri yo’lni ham ko’ra olmaydilar”, deb yozadi va ulardan saqlanishga chaqiradi. Shuning uchun Ibn Sino o’zining ayrim asarlarini hamma uchun, ayrimlarini esa faqat o’z maslakdoshlari va shogirdlari uchun yozdi. O’z shogirdlariga yurak sirlari haqida qilgan murojaatlaridan birida Ibn Sino: „Bu sirlarni faqat menga ancha yaqin shogirdlarim egallashi uchun ochayapman, lekin yetuk bo’lmagan kishilarga bu sirlarni ochishga ruxsat bermayman“, deb yozadi.
Ma’lumki, Ibn Sino yetuk bo’lmagan kishilar deb dindor, fanatik va johillarni tushunadi. U hamma narsani dinga bog’laydigan kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutishni ogohlantiradi.
“Hamma so’roqchilardan siringni saqla va ehtiyot qil, aqlli bo’lish ehtiyotkorlikdan boshqa narsa emas, agar sirni saqlasang, sening asiring va sen uni saqlay olmasang unga asirsan”.
Ibn Sino kishi aqlini jaholatparastlikka qarama-qarshi qo’yadi. U o’z asarlarida diniy aqidalarga qarshi fikr va nazariyalarini oldinga suradi. U aql kuchiga ishonadi, Xudo obro’siga va diniy do’gmaga ko’r-ko’rona ishonishga qarshi turadi.
Diniy fanatiklar tomonidan quvg’inga uchramaslik uchun Ibn Sino o’z qarashlarini johillardan yashirishga majbur bo’ladi. Uning “Kitobul ishorat fil mantiq val hikmat” asaridan quyidagi satrlarni o’qiydi:
„E og’aynim, sen ushbuni bilib ol! Men bu „Ishoratlar“da senga haqiqat qaymoqlarini suzib berdim: latif so’zlarga hikmat luqmalarini qo’yib, og’zingga oshatdim. Sen ularni endi bilib olib, uning qadriga yetmaydigan, o’zi nodon, fanda bilim va uquvsiz, uquvga o’rganmagan, birinchi ko’rishdayoq sen bilan jonajon do’stdek qalin bo’lib ketadigan, o’zi esa ma’rifatdan mahrum bo’lgan, kimki faylasufman desa, uni adashganlar qatoriga qo’shadiganlardan baxillarcha saqlan“1.
Ibn Sino o’zining ilmni egallashga bo’lgan munosabatini moddiy narsalar orqali ifodalab beradi. O’zining falsafiy asari bo’lgan „Qissat Hayy ibn Yaqzon“ („Uyg’oq o’g’li Tirik haqida qissa“) Ibn Sino yosh faylasufning sayr paytida bir nuroniy chol bilan uchrashib qolgani haqida hikoya qiladi. Faylasuf cholning ismini so’raydi. Qariya, nomim Hayy (Tirik), otamning ismi Yaqzon (Uyg’oq), hunarim sayohat qilish, deb javob beradi. Keyin chol dunyoni sayohat qilgan vaqtida ko’rgan-bilganlarini so’zlab beradi, u farosat, mantiq ilmlari haqida gapiradi. Chol faylasuf yigitni uning izidan borishga chaqiradi, faylasuf bunga ko’nadi. Mantiq, aql va ilmni esa hayotbaxsh chashma sifatida tasvirlaydi. Agar kim bu chashmaga sho’ng’isa, u kishi tog’ va cho’llarni hamda boshqalarni yengil egallaydigan jismoniy kuchga ega bo’ladi.
Buni bilgan Ibn Sino ilmlarni o’rganish, egallash kishi hayotida uchraydigan barcha qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi, demoqchi bo’ladi.
Bu asarda aql bilan johillik o’rtasida kurash ketadi va aql tantanasi ko’rsatiladi. Agar asarning bosh qahramoni Ibn Sinoning o’zi bo’lsa, uning suhbatdoshi aql bo’lib hisoblanadi.
Ulug’ mutafakkir ilmlarning insoniyat uchun ahamiyatini aniqlabgina qolmasdan, balki ayrim fanlarning maqsadi va vazifalariga aniq ta’rif berishga ham harakat qiladi, uning kishilik jamiyati uchun amaliy ahamiyatini ham ko’rsatib beradi.
Ibn Sino o’zining “Najot” kitobida fanga quyidagicha ta’rif beradi:
“Fan – bu ma’lum narsaning faqat shunday ekanligiga va boshqa narsa emasligiga ishonishdir. Fan – bu narsalar mohiyatining ta’rifdagi idrok va tasavvurlar”1.



Yüklə 116 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə