Mavzu: Adabiyotshununoslik tarixi



Yüklə 12,63 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü12,63 Kb.
#164521
1   2   3   4
2-маъруза Ад

Arastuning “Poetika” asari eramizdan avvalgi 336–332-yillarda yozilgan. Mutafakkirning hayot tajribasi ortib, aql-tafakkuri kamolga yetgan bir paytda – taxminan ellik yoshga yaqinlashgan chog‘ida bitgan bu kitobi davr o‘tishi bilan ko‘pgina tillarga tarjima qilinib, unga qator sharhlar bitilgan. “Poetika” IX asrda suryoniy tiliga, taxminan 930-yilda esa suryoniy tilidan arab tiliga tarjima qilingan. Sharq mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873–950) Arastuning ana shu asari ta’sirida “She’r san’ati qonunlari haqida risola”sini yozgan hamda “Poetika”ga sharh bitib, asarning mazmuni va mohiyatini izohlagan. Ibn Sino (980–1037), Ibn Ro‘shd (1126–1198) kabi olimlar “Poetika” xususida mulohaza bildirgan. Sharqda Arastuning boshqa asarlariga ham katta qiziqish bilan qaralgan. Abu Nasr Forobiy Sharqda “ustozi avval” deya ta’riflangan Arastuning asarlariga sharhlar bitib, ularni keng ommaga tushunarli tarzda izohlagani bois “muallimi soniy” – “ikkinchi muallim” deb nom qozongan.

Arastuning “Poetika” asari – “adabiyotshunoslikka oid dastlabki tadqiqot” deya e’tirof etiladi. Afsuski u to‘liq saqlanmagan. “Poetika”ning bizgacha yetib kelgan ayrim qismlari ham shunchalik e’tabor qozongani va u ming yillardan beri adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va boshqa sohalar uchun mo‘tabar tayanch manba sifatida qadrlanayotgani daholarning mulohazalari barcha zamonlarga birday daxldor ekani, ular hech qachon ahamiyatiniyo‘qotmasligidan dalolat beradi. “Poetika” to‘g‘risida Forobiy,Ibn Sino singari qadimgi zamon mutafakkirlari emas, XX – XXIasr faylasuflari, adabiyotshunoslari ham maroq bilan mulohaza yuritishadi. Arastuning ilmiy merosiga bag‘ishlangan tadqiqotlar orasida A.F.Losev, F.A.Petrovskiy, A.S.Axmanov singari rus olimlarining asarlari alohida ajralib turadi. “Poetika”ni o‘zbekchaga o‘girgan M.Mahmudov ushbu nashrga ularning ayrim maqolalarini ham keltiradi. Bu esa Arastuning asarini yaxshiroq tushunib, uning ilmiy-estetik tafakkur tarixidagi ahamiyatini anglashda o‘quvchiga yaqindan ko‘maklashadi

Arastu zamonida, undan avvalgi va keyingi davrda G‘arbda badiiy adabiyot “poeziya” deyilgan. Hozirgi tushunchadagi badiiy adabiyotni “poeziya” deb atash Pushkin yashagan paytda va undan keyingi zamonda ham saqlangan. Shuning uchun V.G.Belinskiy (1811–1848) adabiyot va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, rus va jahon adabiyotiga bag‘ishlangan salmoqli tadqiqotini “Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi” (1841) deb nomlagan. Oybek ulug‘ rus tanqidchisining ushbu asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan


Yüklə 12,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə