Mavzu: Adabiyotshununoslik tarixi



Yüklə 12,63 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü12,63 Kb.
#164521
1   2   3   4
2-маъруза Ад

“Poetika”da tragediya, komediya, drama to‘g‘risida yozilganta’riflar shu paytgacha o‘zgarmagan. Chunki Arastu ushbujanrdagi asarlarning mohiyatini aniq ifodalagan. Masalan:“Tragediya muayyan hajmli, turli qismlari turlicha sayqallangan til yordamida, bayon vositasida emas, balki xatti-harakat orqali ko‘rsatiladigan va iztirob bilan inson ruhini poklovchi va tugal voqea tasviridir” degan hamda ushbu ta’rifdagi “sayqallangan til” hamda “turli qismlari turlicha sayqallangan” degan o‘rinlarini: “Sayqallangan til” deganda men ritm, garmoniya va musiqiylikka ega bo‘lgan tilni nazarda tutaman. “Turli qismlari turlicha sayqallangan” deganda esa ba’zi qismlari faqat vazn bilan, boshqa qismlari ham vazn, ham musiqiylik bilan bezalgan nutq anglashiladi” deb izohlagan. Mazkur risolada “Tragediya xatti-harakat tasviri bo‘lib, undagi xatti-harakatlar muayyan xarakter va fkrlash tarziga ega qahramonlar tomonidan amalga oshiriladi” deyilgan hamda tragediya oltita unsur: harakat va manzara, musiqa, nutq, xarakter, fkr va g‘oya hamda tomoshadan tarkib topishi ta’kidlangan

Sharqda qadimda she’rshunoslik badiiy asar (doston, g‘azal, ruboiy, tuyuq va hokazo) darajasida qadrlangan. Aytish mumkinki, Sharq adabiyotshunosligi asosan she’rshunoslikdan iborat bo‘lgan. She’rni tushunish, tahlil qilish, sharhlash kishilarning intellektual darajasini belgilaydigan o‘ziga xos mezon hisoblangan. Shuning uchun o‘z zamonining barcha peshqadam ijodkorlari she’rshunoslikka doir maxsus asar yaratishga harakat qilishgan.

Jahon tibbiyot fani tarixida yuksak o‘rin tutgan Abu Ali ibn Sinodek mutafakkirning “Mu’tasamush-shuaro” (“Shoirlar panohgohi”) asarini yozgani ham aynan shundan dalolat beradi. Yoki Alisher Navoiy, Bobur singari siymolarning “Xamsa”, “Xazoyin ul maoniy”, “Boburnoma”yu yuzlab go‘zal g‘azal, tuyuqlar yaratish bilan kifoyalanmasdan, “Mezon ul avzon”(“Vaznlar o‘lchovi”), “Majolis un nafois”(“Go‘zallar majlisi”), “Muxtasar”dek asar bitib, aruz she’r tizimini nuktadonlik bilan tadqiq qilgani Sharqda she’rshunoslik azaldan g‘oyat qadrlanganini bildiradi. Forobiy Aristotelning “Poetika”sini sharhlab, eramizdan avval yashagan bu donishmand o‘zining she’r satrlari haqidagi mulohazalarini to‘la bayon qilishga ulgurmagan, deydi. U she’r san’ati haqida fkr bildirib: “Bu san’at biror maqsadni amalga oshirayotgan paytda yo‘ldan chiqib ketmaslikka yordam beruvchi va inson xayolini qog‘ozda namoyon etuvchi san’atdir. She’rning olti xili bor.

Shundan uchtasi yaxshi va uchtasi yomon xildir. Yaxshilaridan biri shuki, inson uning yordamida aqliy quvvatini mukammallashtiradi, san’atga olib boruvchi fkri oydinlashadi, yaxshi ishlarga, fazilatli bo‘lishga ilhomlanadi, xasislik, yomon va qabih ishlardan saqlanadi. Ikkinchi yaxshi xili kishining ruhiy sezgilarini yuksaltiradi, haddan tashqari ehtiyotkorlikdan xoli qiladi, izzat-nafsni saqlaydi, g‘azablanishdan, yomon ishlardan ehtiyot bo‘lishga yordam beradi. Uchinchisi, ana shu yuqorida qayd etilgan yaxshi xislatlarni namoyon etishga yordam beradi” deydi.


Yüklə 12,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə