Mavzu: Akmelogiya fanini o’rganishning asosiy yo’nalishlari Reja


Akmeologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi



Yüklə 25,74 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü25,74 Kb.
#144954
1   2   3   4
Akmelogiya fanini o’rganishning asosiy yo’nalishlari

2. Akmeologiyaning fan sifatida yuzaga kelish tarixi
Davlatimiz rahbari «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga ayianib bormoqda», deb bejiz aytmaganlar.
Al-Xorazmiy akmeogrammasini tarixan o‘rganish juda murakkab ish bo‘isa-da, bu vazifani ma’lum fan yo'nalishlari doirasida tahlil qilib ko‘rish mumkin. Avvalambor, barcha fanlarning asosini falsafada ko‘rsak, Xorazmiy falsafasi asosida tabiatni anglashga, o ‘rab turgan voqelikni empirik (tajriba) yo‘li bilan anglash g ‘oyasi yotadi.
Bunday bilish jarayoniga asoslangan ilmiy-tadqiqot faoliyati tabiiy-diniy fanlarni rivojlantirishga qaratilgan edi. Tajriba, ya’ni induktiv yondashuv bilan tabiatni o‘rganish, tabiiy fanlar, xususan, astronomiya, matematikaga oid katta nazariy muammolarni qo‘yish, tabiiy-ilmiy yangiliklar yaratishning muhim omiliga aylandi. Xorazmiy falsafasini olimning astronomiya va matematika sohasidagi faoliyati orqali ko‘rib chiqishimiz mumkin. U o'zining «Astronomik jadvallar» degan tadqiqot natijalarini nashr etdi. O‘sha davrda arablar ilmiy astronomiya bilan VIII asrning oxirida tanishgan edilar. 773-yili Bog‘dodga mashhur astronom olimlardan biri Hindistondan keladi va yulduzlar haqidagi fan kitobining matnlarini «Donolar uyi»ga beradi. Ushbu asarning arab tiliga tarjima qilinishi arab astronomiyasiga asos soldi. Bu asar Xorazmiy tomonidan tahrir qilindi va ushbu kitobga keng kirish so ‘zi yozildi. Xorazmiyning «Astronomik jadvallari» 1126-yili lotinchaga o‘giriladi. Ushbu kitob Nyuton va Bertelga qadar butun Evropada asosiy darslik bo‘lib qoldi. Xorazmiy Er sharining meridianini o‘lchash ishlariga rahbarlik qiladi. Natijada meridianning uzunligi 111815 metrga teng deb hisoblaniladi. Zamonaviy hisoblar bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich 110938 metrga teng ekanligi ma’lum. Bu degani Xorazmiyning hisoblari 1% dan ham kam xatolikka ega bo‘lgan.
Bu o‘z davrining eng aniq o'lchovidir. Xorazmiy haqiqiy ustoz hamda o‘z vatanining sodiq farzandi sifatida Markaziy Osiyodan kelgan Al-Farg‘oniy, Al-Marvaziy, Al-Dikuxari va boshqalarning ilmiy izlanishlariga rahbarlik qilgan.
Al-Xorazmiy (Abu Jafar Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy) milodning 780-yili Xiva shahrida tavallud topgan. O‘qish va yozishni yoshlikdanoq axloq-odobga, ilmga chanqoqlik ruhida diniy maktabda o‘rgangan. Natijada, tez orada ilm-fanning muammoli masalalarini anglab etishda, tushunishda o‘z o‘qituvchilaridan o‘zib ketgan. Bo‘lajak olim faqat maktab dasturidagi fanlar bilan cheklanmasdan, tabiat qonunlari, hisob-kitob qoidalari, chet tillar bilan ham jiddiy shug‘ullangan. Al-Xorazmiy o‘smirlik chog‘idanoq Markaziy Osiyoning ko'plab shaharlarida bo‘lib, o‘z bilim xazinasini geografiya, tarix, astronomiya va boshqa fanlar bilan boyitadi.
Al-Xorazmiy o‘smirlik chog‘ida xorazm tilidan tashqari forsiy, hindlarning qadimgi adabiy tili – sanskritni ham o‘rganadi. Xorazm tilini mukammal egallaganligi uni qadimiy turk tilini o‘zlashtirishiga yordam beradi. Ba’zi bir m a’lumotlarga ko‘ra, yosh yigitcha Muhammad qadimgi yahudiy – ivrit tilini ham yaxshi bilgan ekan.
Ilm-fanga bo‘lgan ulkan intiluvchanlik Muhammad al-Xorazmiyni yigirma yoshida o‘sha davrning mashhur shahri Bog‘dodga etaklab keladi. Bog‘dodda mehnatsevar, tirishqoq, sobitqadam, o ‘z tamoyillariga ega va iste’dodli Xorazmiy o ‘z ustida ishlaydi, bilimlarini mukammallashtiradi, ilmiy izlanishlar bilan shug'ullanadi. Mana shu davrda qadimgi yunon tili – Evklid, Arximed, Aristotellar tilini mustahkam o‘rganadi. Bog‘doddagi «Donolar uyi»da to ‘plangan kitoblar ustida ishlab, yunon va hindlarning ilmiy, amaliy meroslarini o‘zlashtiradi.
Buyuk riyozatchi, matematik, geograf astronom, tarixshunos, tabib bo‘lib shakllangan Xorazmiy tez orada o‘rta Sharqning etakchi olimi bo‘lib etishadi. Keyin esa 35 yoshli Xorazmiyga kutubxonani, rasadxonani, ilmiy-tadqiqot ishlarini, turli kitoblar yaratishni boshqarish ishlari topshiriladi. Bunday mas’uliyatdagi shaxs, hozirgi zamonga nisbatan, deyarli fanlar akademiyasi prezidentiga qiyoslanishi mumkin.
Xorazmiyning matematikaga oid ishlari uni jahonshumul sharafga burkadi. Buyuk ustozning «Hind usuli bo‘yicha qo‘shish va va ayirish» va «Al-jabr va val-muqobala hisobining qisqacha kursi» kabi kitoblari bizgacha etib kelgan. Birinchi kitob arifmetikaga, ikkinchi kitob esa algebraga bag‘ishlangan. 1150-yilda Xorazmiyning arifmetikaga oid traktati lotin tiliga o‘girildi. Shu yilgi va undan so'nggi tarjima va nashrlardagi kitoblar: «Al Xorazmiy dediki...» deb boshlanar edi. Bunday iboraning qo‘llanishi ushbu shaxsning naqadar ardoqlanib tan olinganligidan dalolat berardi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, algebra ilmining asoschisi Al-Xorazmiy Uyg‘onish davrida yashab, ijod qilgan. Fan olamidagi eng ulkan yutuqlaridan biri — allomaning algebraning mukammal tavsifi joy olgan «Al-jabr val-muqobala» risolasidir. Uning afzal tomoni shundaki, alloma hisob-kitob haqidagi asarda birorta ham son ishlatmay, balki unga so ‘z va tafakkur charxini asos qilib oladi.
Mashhur nemis matematigi German Gankel (1839-1873) tarixiy tahlil asosida Xorazmiy kitobiga yaqin namuna na hindlarda, na yunonlarda bo‘lmaganligini isbotlab berdi. Xorazmiyning buyukligini ifodalovchi asar «Al-jabr va val-muqobala» kitobi hisoblanadi. Hozirda butun jahonda ishlatilayotgan «algoritm» so‘zi Al-Xorazmiy nomining lotinchada talaffuz qilinishidan olingan.
Alisher Navoiyning akmegrammasida quyidagi ma’lumotlarni kuzatish mumkin. U XV asrda madaniy-siyosiy markaz hisoblangan Hirot shahrida ziyoli oilada tavallud topdi. Yoshligidan Abdurahmon Jomiy, Lutfiy kabi taniqli shoirlar majlisidan bahramand bo‘lgan yosh Alisher 1483-yilda o‘zining «Ilk Devon» va 5 kitobdan iborat bo‘lgan durdona asari «Xamsa»ni yaratdi.
O‘z sohasida mukammallik bobida Mirzo Ulug‘bekdan qolishmagan holda, alloma tilning go‘zal sayqal topib, ma’lum me’yorlar asosida nazm va nasrda bayon etilishiga o ‘zining hissasini qo ‘shdi va g ‘azal mulkining sultoni degan haqli nomga ega bo‘ldi.
Darhaqiqat, respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov hazrat Alisher Navoiy haqida: «Agar bu zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir», degan e ’tiroflari Hazrat Navoiyni har qanday etuklik cho‘qqisi egasi – ulug’ akmeshaxs ekanliklarining yana bir isbotdir.
Tabobatda erishgan yutuqlari uchun haqli ravishda G‘arbda Avitsenna nomiga musharraf bo'lgan Abu Ali ibn Sinoning akmeogrammasi yanada qiziqarliroq. Buyuk alloma, faylasuf, tabib va shoir Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida Somoniylar sulolasi xizmatidagi, o‘z zamonining ziyoli oilasida tavallud topdi. Yoshligidanoq bilimga chanqoqligi uni ota-onasining Buxorodagi olimu-fuzalolardan eng yaxshi bilimlami olishini ta’minlashlariga undadi. 17 yoshga toigan Ibn Sino olim maqomiga ega bo‘lib, tabobat amaliyotlari bilan shug‘ullana boshlagan edi.
Allomaning buyukligi haqida turli afsonalar mavjud. Afsonaga ko‘ra, Ibn Sino keksalik chog‘ida olikka ham jon ato etuvchi 40 ta dori tayyorlagan ekan. U o‘quvchilaridan birining sodiqligiga ishongan holda, undan o‘zining o’limidan so'ng, ushbu dorilarni ma ’lum tartib asosida qo ilab, tiriltirishini so‘raydi. Tez orada Ibn Sino olamdan ko‘z yumadi. Shogird ahdiga sodiqligi tufayli, 40 ta dorini birin-ketin o‘lik tanaga qoilay boshlaydi. Tana esa kundan-kunga yashnab, yasharib va yangilanib boraveradi. Shogird oxirgi dorini qo‘llash uchun o‘lik tana ustiga borganda, u hozir uyg‘onib ketadigan yosh, navqiron yigitdek misoli uxlab yotgan vujudni ko‘rib, qattiq hayajondan idishni qoiidan erga tushirib yuboradi va dori to‘kilib ketadi... Albatta, bu bir afsona, ammo shu afsona asosida shunday bir haqiqat borki, u hozirgi kunda ham dunyo tibbiyot ilmi ahlini hayratga solib kelmoqda. Bu uning XVII asrda Sharq va G‘arbda yagona eng mukammal yaratilgan tibbiyotga old asar «Al-Qonun fit-tibb» («Tib qonunlari») va 1300 she’riy misralarda tibbiyotning sirlari soddagina bayon etilgan» Urjuza fit-tibb»dir.
Hozirgi kunda esa bu kabi akme-insonlaming shakllanishlarida har bir yilning alohida nomlanishi, har bir yil davlat dastuiining ishlab chiqilishi mamlakatimizdagi iqtidorli va salohiyatli yoshlarni qoilab-quvvatlashga qaratilgan. Shu boisdan ham, mamlakatimiz o‘z istiqlolini qo‘lga kiritgach, sport, fan, ta’lim, san’at, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda yoshlar yuksak cho‘qqilarga erishmoqdalar. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari zamonamiz yoshlarining tarixiy xotirasini jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirgan holda axloqiy tarbiya va ibrat maktabiga aylanmoqdadir.
Akmeogramma professional faoliyatning atroflicha tavsifmi va u tomondan insonning individual-psixologik va psixofiziologik xususiyatlariga qo‘yiladigan talablami o‘z ichiga oladi. Bolalar va yoshlarda ularning iqtidor va qobiliyatlarini aniqlash, rivojlantirish bo‘yicha real sharoitlami yaratish akmeologik muhitidan darak bersa, ushbu yoshlarni topish, iste’dodlarini aniqlash va ulami rivojlantirish asosida yuqori pog'onalarga erishuvini ta’minlash bir-biridan ajralmas, bir butun yaxlit tizim sifatida qaralmoqda.
Akmeogrammani aniq, to'g‘ri va xolisona to’ldirish ekspert yoki akmeolog tomonidan maqbul va ishonchli natijaning olinishi kabidir. Umuman olganda, yuqorida bildirilgan mezonlar kasb egasining akmeogrammasini umumlashtirish va aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb egalarining akmeogrammasi – uning mehnatining barcha jihatlari va tomonlari (kasbiy faoliyat, har kungi munosabat, shaxsiy rivojlanish va mehnatning umumiy natijasi) hamda bundan kelib chiqib, mutaxassisning individual-psixologik va psixofoziologik xususiyatlariga qo‘yiladigan talablarni tavsiflaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, shaxsning qiziqishlari, xohishi va xobbisi hamda uiarning ma’lum bir sohaga intilishlarini aniqlashning akmeografik ehtiyoji so'nggi yillarda ahamiyatli bo‘lib bormoqda. Shu bois, ishonch bilan ta’kidlaymizki, hozirda etuk shaxs va mahorat egalarini shakliantirishda akmeologik bilimlar ham o ‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lib bormoqda.
Professiogramma – professional mehnatning xususiyatlari va insonga qo‘yiladigan talablarini ochuvchi ma’lum kasbning xususiyatlarini tavsiflasa, psixogramma – ma’lum lavozimda (kasbda) samarali professional faoliyat yuritish uchun kerak bo‘ladigan insonning psixologik xususiyatlarini tavsiflaydi. YUqorida bildirilgan mezonlar kasb egasining akmegrammasini umumlashtirish va aniqlashda eng muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb egalarining akmeogrammasi – uni mehnatining barcha jihatlari va taraflari (kasbiy faoliyat, har kungi munosabat, shaxsiy rivojlanish va mehnatning umumiy natijasi) hamda bundan kelib chiqib, mutaxassisning individual psixologik va psixofiziologik xususiyatlariga qo‘yiladigan talablarni tavsiflaydi.
Shaxsning kasb mahoratiga erishganligini aniqlashda qanday mezonlarga asoslanish bahstalab masaladir. Lekin, akmeologiya fani doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlarga asoslangan holda bu mezonlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.

Yüklə 25,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə