Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni samarali tashkil etish Mundarija



Yüklə 69,29 Kb.
səhifə3/12
tarix11.10.2023
ölçüsü69,29 Kb.
#127034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni samaral-fayllar.org

Menejment (inglizcha: management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejmentning holati ishlab chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi.
Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat.
Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir.
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog’lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o’rganish lozim.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq bo’lib, menejment maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.
Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov o’zining «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida» asarida «kuchli ijtimoiy siyosat, avvalo sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag’bat va imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan kafolatli huquqni qaror topdirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir», deb ta’kidlagan edilar,
Menejment mohiyati ishlab chiqarish usuli, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga bog’liq holda o’zgaradi. Ishlab chiqarish rivojlanishi va iqtisodiy aloqalar murakkablashuvi bilan boshqaruv ham murakkablashadi va mustaqil fan sifatida ajralib chiqadi. Ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat vujudga kelib, ishlab chiqarishni boshqarish, foydani ko’paytirishga yo’naltiriladi.Menejmentning asosini ob’ektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlarni o’rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo’lishini hisobga olgan holda xo’jalik rahbarlari respublika xalq xo’jaligini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.

Yüklə 69,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə