Mavzu: asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar ]reja



Yüklə 54,3 Kb.
səhifə12/13
tarix13.10.2023
ölçüsü54,3 Kb.
#127607
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzu asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvc-fayllar.org

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mustaqillik davrida yangi iqtisodiy kategoriyalar, tushunchalar hayotimizga shu darajada tezlik bilan kirib kelmoqdaki, ularni idrok qilish, nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilish, metodologik muammolarni hal qilishga ko’pincha ulgurish qiyin bo’lmoqda. Bunday yangi iqtisodiy tushunchalardan biri korxonaning iqtisodiy salohiyati tushunchasidir.

O’zbekistonda va boshqa hamdo’stlik mamlakatlarida chop etilgan adabiyotlarda korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tahlil qilishda, asosan uning tasarrufidagi aktivlarni o’rganish bilan cheklanib qolmoqda. Fikrimizcha, korxonaning iqtisodiy faoliyatini to’liq tahlil qilish nazariy va metodologik jihatdan yetarli emas. Chunki korxonaning iqtisodiy faoliyati bevosita unda sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq. Ularni sodir bo’lishida faqat korxonaning aktivlari emas, balki boshqa elementlari ham ishtirok etadi. Masalan, ishlab chiqarish jarayoni sodir bo’lishi uchun moddiy-texnik ta’minot, ya’ni uskunalar, jihozlar, bino, xom ashyo kabilar mavjud. Ammo har qanday ilg’or texnika, yuqori sifatli xom ashyo o’z-o’zidan iqtisodiy jarayonni sodir qilib, moddiy ne’mat ishlab chiqarmaydi. Unga, albatta insonning aralashuvi, ya’ni jonli mehnat ishtiroki zarur. Shundagina ishlab chiqarish jarayoni sodir bo’lib, yangi mahsulot yaratilishiga erishish mumkin. Shu mahsulotlarning sotilishi esa korxonaning barcha xarajatlarini qoplab foyda olishni ta’minlaydi.


Endilikda korxonada iqtisodiy jarayonlarning sodir bo’lishi va unga ma’lum darajada foyda keltirishi uchun moddiy va mehnat resurslari bilan birgalikda nomoddiy faollar ham ishtirok etadi. Ularning jamlanmasini oldingidek moddiy va mehnat resurslari deb atash yetarli bo’lmaydi, chunki ularning tarkibiga nomoddiy aktivlar kirmaydi. Shu tufayli ularni korxonaning iqtisodiy salohiyati deb atashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki bunda moddiy resurslar bilan birgalikda nomoddiy aktivlar va mehnat resurslari to’liq o’z ifodasini topadi.
Shunday qilib, korxonaning iqtisodiy salohiyati deganda, unda sodir etilgan iqtisodiy jarayonni to’liq ta’minlaydigan barcha moddiy va mehnat resurslari hamda nomoddiy faollar tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalaridan biri – tahlil qilinayotgan ob’ekt yoki kategoriyani to’g’ri va tatafsil baholash uchun uni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimni ishlab chiqishdan hamda uni nazariy va metodologik jihatdan asoslashdan iboratdir1.
Korxonaning iqtisodiy salohiyati to’g’risida to’liq xulosa chiqarish uchun ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish hamda ilmiy asoslangan holda tasniflash kerak. Iqtisodiy tahlilda ko’rsatkichlar juda ko’p belgilari bilan tasniflanadi. Korxona iqtisodiy salohiyatini belgilovchi ko’rsakichlarning faqat iqtisodiy mazmuni bo’yicha tasnifi iqtisodiy xulosa chiqarish uchun yetarli bo’ladi. Ularni guruhlarga bo’lish mumkin:
- iqtisodiy salohiyat holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
-iqtisodiy salohiyat bilan ta’minlanganlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar;
- iqtisodiy salohiyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar.
Iqtisodiy salohiyatni ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish uchun ma’lumotlar asosan, buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdan olinadi.
Korxona iqtisodiy salohiyatini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini asoslash va ularni tahlil qilish yo’llarini ishlab chiqish nafaqat nazariy, balki muhim amaliy ahamiyatga egadir.



Yüklə 54,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə