Mavzu: asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar ]reja


Sanoat korxonalarining moddiy resurslar bilan ta'minlanishini va ulardan foydalanishni tahlil qilish usullari



Yüklə 54,3 Kb.
səhifə6/13
tarix13.10.2023
ölçüsü54,3 Kb.
#127607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvc-fayllar.org

4. Sanoat korxonalarining moddiy resurslar bilan ta'minlanishini va ulardan foydalanishni tahlil qilish usullari.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sishi o`z navbatida mehnat buyumlarining ortishiga olib keladi. Agar xalq xo`jaligining ayrim tarmoqlarida (engil sanoat) moddiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlarida tutgan salmog`i 80 foizni tashqil etishini nazarda tutsak, u holda material sarfini kamaytirishning xalq xo`jaligida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ko`ramiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tejamkorlik tartibini kuchaytirish, hamma turdagi resurslarni oqilona va tejab-tergab sarflash, resurslarni tejaydigan va chiqitsiz texnologiyaga o`tishni amalga oshirish, ishlab chiqarishning ikkilamchi resurslari va chiqitlaridan foydalanishni yaxshilash, ularni qayta ishlaydigan ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, ikkilamchi xom ashyoni to`plashni, shu jumladan, aholidan to`plashni tashqil qilish kerak.
Moddiy-texnika ta'minotini bozor iqtisodiyotiga mos ravishda qayta qurish moddiy resurslaridan markazlashtirilgan tarzda foydalanish va iste'molchilarni mol yetkazib beruvchilarga biriktirib qo`yishdan ishlab chiqarish vositalari bilan fondlar va naryadlarsiz, iste'molchilarning buyurtmasi bo`yicha, shartnoma narxlaridan foydalangan holda, xaridor manfaatini ko`zlab, ish yuzasidan sherik tanlash orqali erkin oldi-sotdi shaklidagi savdo qilishga o`tish natijasida ishlab chiqaruvchining o`z amrini o`tkazishini va tanho huquqqa (monopoliya) ega bo`lishni bartaraf etib, rivojlangan bozorning paydo bo`lishiga olib keldi.
Korxonalarning moddiy-texnika ta'minoti holatini tahlil qilish cheklangan doirada olib boriladi, chunki yillik hisobotda ta'minot holati to`g`risida ma'lumotlar juda ham kam beriladi. Shu bois ta'minot holatini chuqur va har tomonlama tahlil qilish uchun korxonaning ta'minot bo`limi va omborxona ma'lumotlariga murojaat qilish kerak bo`ladi. Ana shu ma'lumotlarga asoslangan holda materiallar guruhi
bo`yicha keltirilishi va biznes-rejaning bajarilishini aniqlash mumkin.
Moddiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish darjasini ifodalovchi umumlashgan ko`rsatkich material qaytimi hisoblanadi. U moddiy xarajatlarning bir so`mi hisobiga qancha mahsulot ishlab chiqarilganligini ko`rsatadi. Masalan, korxonaning ishlab chiqargan mahsuloti hajmi 100 ming so`mni tashqil etsin, moddiy xarajatlari esa 70 ming so`m, deylik. Bunday holda material qaytimi 1,43 so`mga teng bo`ladi.
Material qaytimini quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin:
Mq = Tm : Mx

Bunda:
Mq - materiallar qaytimi;


Tm - tovar mahsuloti;
Mx - moddiy xarajatlar.
Material qaytimi ko`rsatkichining aksi material sig`imidir. U bir so`m tovar mahsuloti ishlab chiqarish uchun necha tiyin moddiy xarajatlar to`g`ri kelishini ko`rsatadi. Ushbu ko`rsatkichlarning omilli tahlili boshqaruv tahlili fanida o`rganiladi.



Yüklə 54,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə