Mavzu: asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar ]reja



Yüklə 54,3 Kb.
səhifə3/13
tarix13.10.2023
ölçüsü54,3 Kb.
#127607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvc-fayllar.org

1-jadval
Mahsulot xilma-xilligi bo`yicha biznes-rejaning bajarilishini tahlil qilish.

Mahsulot turlari


Tovar mahsulotning amaldagi ulgurji bahosi (ming so`m)






Biznes-reja bo`yicha




Haqiqatda


Berilgan assortimentlar hisobi


A

230 550

225 440

225 440

B

470 300

490 510

470 300

V

150 100

200 450

150 100

G

91 650

66 060

66 060





Jami:


942 600


982 460


911 900

Ushbu jadvaldan ko`rinishicha, tovarlarning xilma-xilligi bo`yicha biznes-reja 96,7 foizga bajarilgan, ya'ni [[911900x100::942600]]. Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish bo`yicha dasturning bajarilishida mahsulot sifatini tahlil qilishga katta ahamiyat berish kerak.



Mahsulot sifati deganda, uning barcha mo`ljallangan maqsadda foydalanishga yaroqli xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Xalq xo`jaligi tarmoqlarida mahsulot sifatini baholashda turli ko`rsatkichlar qo`llani-ladi. Masalan, mashinasozlik korxonalarida mahsulot sifatini ifodalovchi asosiy ko`rsatkich - ishlab chiqarilgan mahsulotning davlat andozalari, tarmoq andozalari va texnikaviy shartlarga mos kelishi hisoblanadi. Qurilish materiallari sanoatida ohak va ganchning sifati ularning bog`lovchilik qobiliyati, ko`mir sanoatida yoqilg`i sifati esa ularning issiqlik berish qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Qora va rangli metallurgiya, kimyo va texnologik jarayonlar, apparatlar yordamida olib boriladigan korxonalarda mahsulotning sifati asosiy texnologik jarayonlarga rioya qilishga qarab aniqlanadi. yengil va to`qimachilik sanoatida mahsulot sifatini aniqlashda navlar qo`llaniladi va h.k.
Mahsulot sifatini tahlil qilishda foydalaniladigan asosiy ko`rsatkichlar bilan bir qatorda sifatsiz mahsulot uchun iste'molchilarga to`lanadigan jarimalar, mahsulotni kafolatli ta'mirlovchi ustaxonalarga sarflanadigan xarajatlar kabi ko`rsatkichlar ham qo`llaniladi. Shunday qilib, mahsulot sifatini tahlil qilish usullari tahlil qilinayotgan korxonaning qaysi tarmoqqa mansub ekanligiga bog`liq ekan.
Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo`yicha dasturning bajarilishini tahlil qilish jarayonida mahsulotni bir maromda ishlab chiqarishni tashqil qilish katta ahamiyatga ega. Bu shartga rioya qilmaslik o`z navbatida iste'molchi korxonalarning va qurilish tashqilotlarining ish tartibini paysalga soladi. Mahsulotni bir maromda ishlab chiqarish deganda, uni tuzilgan jadval asosida, mahsulotning oldindan aniqlangan xilma-xilligi va sifatiga muvofiq yetkazib berish va sotishni o`z vaqtida ta'minlash tushuniladi.
Bir maromda mahsulot ishlab chiqarishning umumlashgan ko`rsatkichi bir me'yorda ishlash koeffitsienti hisoblanadi, u jadval bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilgan kunlarni umumiy ish kuniga bo`lish bilan aniqlanadi, odatda oy hisobida. Masalan, tahlil qilinayotgan oyda 26 ish kuni bo`lsa, undan 22 kun mobaynida korxona belgilangan jadval asosida mahsulot ishlab chiqargan. Demak, bir maromda ishlash koeffitsienti 0,84 (22::26)ni tashqil etadi. Ushbu raqam korxonaning bir maromda mahsulot ishlab chiqarmaganligidan dalolat beradi.
Tovar mahsuloti ishlab chiqarish bo`yicha biznes-rejaning bajarilishi ko`pgina omillarga bog`liq. Shuning uchun tovar mahsuloti ishlab chiqarish bo`yicha biznes-rejaning bajarilishiga ta'sir qiluvchi omillarni tahlil qilish jarayonini osonlashtirish uchun ular ma'lum iqtisodiy belgilariga ko`ra 3 guruhga bo`linadi:
1.Mehnat omillari. Bu omillar tarkibiga korxonalarni ishchi kuchi bilan ta'minlash, ish vaqtidan foydalanish va mehnat unumdorligi kabi masalalar kiradi.
2.Mehnat vositalari omillari. Bularga korxonalarning asosiy fondlar bilan ta'minlanishi, texnik holati va ulardan foydalanish samaradorligi singari masalalari kiradi.
3.Mehnat buyumlari omillari. Bularga korxonalarning xom ashyo va materiallar bilan qay darajada ta'minlanganligi, moddiy-texnika ta'minotining holati va moddiy resurslardan foydalanish samarasi kabi masalalar kiradi.



Yüklə 54,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə