Mavzu: asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar ]reja


Asosiy fondlarning tarkibini, holatini va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish usullari



Yüklə 54,3 Kb.
səhifə5/13
tarix13.10.2023
ölçüsü54,3 Kb.
#127607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mavzu asm korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvc-fayllar.org

3. Asosiy fondlarning tarkibini, holatini va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish usullari.
Korxonalarning asosiy fondlari ishlab chiqarishdagi o`z ahamiyatiga ko`ra 3 turkumga bo`linadi: - sanoat ishlab chiqarish fondlari; - boshqa tarmoqlarning ishlab chiqarish asosiy fondlari; - noishlab chiqarish asosiy fondlari. Lekin asosiy fondlarning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan roli bir xil emas. Shuning uchun ular 2 qismga bo`linadi: - aktiv (faol) asosiy fondlar; - passiv (nofaol) asosiy fondlar.
Aktiv fondlarga kuch beradigan mashinalar va asbob-usukunalar, ish mashinalari va asbob-uskunalar, o`tkazgich jihozlar, o`lchash va tartibga solish asboblari kiradi. Passiv qismiga esa binolar, inshootlar kiradi.
Asosiy fondlarning aktiv qismi ishlab chiqarish asbob-uskunalari deb atalib, ular mehnat vositalari sifatida mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashadilar. Asosiy fondlarning passiv qismi esa mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashmasa ham ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz olib borish imkoniyatini yaratadi. Shu bois asosiy fondlar faol qismining salmog`i qancha ko`p bo`lsa, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati ham shuncha ko`p bo`ladi.
Asosiy fondlarning texnik holati qoniqarsiz darajada bo`lsa, bu o`z navbatida asbob-uskunalaring bekor turib qolishiga, ayrim vaqtlarda esa halokatga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Shu bois ular texnik jihatdan yaxshi sozlangan holatda bo`lishi lozim. Asosiy fondlarni texnik jihatdan qoniqarli darajada ishlab turish joriy va kapital ta'mirlash orqali amalga oshiriladi.
Asosiy fondlarning texnik holatini belgilovchi umumiy ko`rsakich-lardan biri - ularning eskirish koeffitsientidir. Buni aniqlash uchun asosiy fondlarning eskirish summasi ularning boshlang`ich qiymatiga bo`linadi. Asosiy fondlardan uzluksiz ravishda foydalanish natijasida ularning eskirish darajasi oshib boradi. Shuning uchun ularni yangilash kerak. Asosiy fondlarni yangilash koeffitsientini aniqlash uchun yangi kelgan asosiy fondlar summasini asosiy fondlarning yil oxiriga bo`lgan qiymatiga bo`lish kerak.
Asosiy fondlarning chiqib ketishi koeffitsientini hisoblash uchun esa chiqib ketgan asosiy fondlar summasini ularning yil oxiriga bo`lgan qiymatiga bo`lish kerak. Asosiy fondlarning ishga yaroqlilik koeffitsientini aniqlash mumkin. Uni aniqlash uchun birdan eskirish koeffitsientini ayirish kerak, ya'ni 1 - Ek .
Mahsulot ishlab chiqarish dasturini muvaffaqiyatli bajarish nafaqat asosiy fondlarning tarkibi, texnik holati, balki ulardan samarali foydalanishga ko`p jihatdan bog`liq. Asosiy fondlardan foydalanishning umumlashtiruvchi ko`rsatkichi fonddan olinadigan samara hisoblanadi. U asosiy fondlarning bir so`mi hisobiga qancha mahsulot chiqarilganligin ko`rsatadi. Masalan, korxonaning bir yilda ishlab chiqargan mahsulot hajmi 100 ming so`mni tashqil etsin, asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati 50 ming so`m, deylik. Demak, fonddan olinadigan samara 2 so`mga teng. Fond samarasi quyidagi formula orqali ifodalanadi:
FS = TM : AF ;
bunda:
FS - fonddan olinadigan samara;
TM - tovar mahsulot hajmi;
AF - asosiy fondlarning qiymati.
Fond samarasi ko`rsatkichining aksi fond sig`imi, deb ataladi.
Mahsulot hajmi yoki fond samarasining o`zgarishiga turli omillar ta'sir ko`rsatadi. Masalan, umumiy fond samarasining o`zgarishiga 2 omil ta'sir etadi: mashina va asbob-uskunalarning jami asosiy fondlar tarkibida tutgan salmog`ining o`zgarishi va mashina va asbob-uskunalardan olinadigan samarasining o`zgarishi va h.k. Bu va boshqa omillarning natija o`zgarishiga ta'siri (omilli tahlil) faqat boshqaruv hamda ASM KORXONALARI FAOLIYATINING TAHLILI da aniqlanadi.


Yüklə 54,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə