Mavzu: Ayollar yubkasini modellash, andoza tayyorlash, gazlamaga andozani joylashtirish, bichish


-rasm. To’g’ri yubkaning konstruktiv chiziqlari va asosiy bo’laklari



Yüklə 178,07 Kb.
səhifə2/2
tarix30.12.2023
ölçüsü178,07 Kb.
#165125
1   2
Ayollar yubkasi





3-rasm. To’g’ri yubkaning konstruktiv chiziqlari va asosiy bo’laklari.




TO’G’RI YUBKA CHIZMASINI CHIZISH VA MODYELLASH


To’g’ri yubka chizmasini o’quvchilar nazariy darslarda o’zlashtiradilar.
Misol tariqasida 164-96-100 o’lchamli figura uchun yubka bazis to’r va asos konstruktsiyasi chizmasi berilgan.
Yubkani qurish uchun dastlabki ma’lumotlar: R=164, OgII – 96; Ob = 100 sm

1-jadval



O’lchov belgisi belgilanishi

O’lchov belgisi nomi:

Kattaligi, sm.

Sbel

Bel aylanasi

37

Sbo’k

Bo’ksa aylanasi

50

Dort.bel

Orqaning belgacha uzunligi

40,4

Vbel.chiz

Bel chizig’i balandligi

103,0

Vtizza

Tizza balandligi

45,4

D yon.bel.

Beldan polgacha, yon tomondan bo’lgan masofa.

105,8

Dbel.old.

Old tomondan beldan polgacha bo’lgan masofa

103,9

Dbel.tizza = Vbel.chiz - Vtizza

Beldan tizzigacha bo’lgan masofa.

103-45,4=57,6



Yubkani qurish uchun konstruktiv qo’shimchalar
2-jadval.

Pbel = 0,5 - . . . 1,5 sm

- bel aylanasiga

Pbo’k = 1,0 . . . . 4,0 sm

- bo’ksa, aylanasiga

PD bel. = - 2,5 …. + 45,0

- yubka uzunligiga



YUBKA KONSTRUKSIYASI CHIZMASINING HISOBI (5-RASM)
3-jadval

Konstruktiv bo’lak belgisi

Siljitish yo’nalishi

Hisob formulasi va hisoblar

Konstruktiv bo’lak qiymati, sm




Vertikal bo’yicha pastga

TB = 0,5 Dort.bel = 0,5 x 40,4

20,2

TN

Vertikal bo’yicha pastga

TN = Dbel.tizza + PDbel.tizza = 57,6+(-2,6) = 57,6 – 2,6

55,0

BB1

Gorizontal bo’yicha o’ngga

BB1 = Sbo’k + Pbo’k = 50,0+2,0

52

BB2

Gorizontal bo’yicha o’ngga

BB2 = 0,5 (Sbo’k +Pbo’k ) – 1,0 = 26 – 1,0

25,0

BB3

Gorizontal bo’yicha o’ngga

BB3= 0,4 BB2 = 0,4 x 25,0

10,0

B1B4

Gorizontal bo’yicha chapga

B1B4 = 0,4 B1 B2 = 0,4 x 27,0

10,8

T2T20

Vertikali bo’yicha yuqoriga

T2T20 = Dort.bel – Vbel.chiz = 103,9 – 103,0

0,9

V = (Sbok +Pbok) – (Sbel + Pbel) = 52,0-38,0

14

Ort vitochkaning kattaligi = 0,35 V




Yon vitochka kattaligi = 0,15 V




T30 T33

Vertikal bo’yicha pastga

Ort vitochka uzunligi = 16,0

16,0

T20 T23

Vertikal bo’yicha pastga

Yon vitochka uzunligi = 19,0

19,0

T40 T43

Vertikal bo’yicha pastga

Old vitochka uzunligi = 11,0

11,0

T30T31=T30T32

Gorizontal bo’yicha o’ng va chapga

T30T31 = T30T32 = 4,9 x 0,5 = 2,45

2,45

T20 T21 = T20 T22

Og’ma chiziq bo’yicha o’ng va chapga

T20 T21 = T20 T22 = 7 x 0,5

3,5

T40 T41 = T40 T42

Og’ma chiziq bo’yicha o’ng va chapga

T40 T41 = T40 T42 = 2,1 x 0,5



1,05







Yon vitochkalar tomonlari egri chiziq bilan chiziladi.






4-rasm. To’g’ri yubka bazis to’ri chizmasi


ANDOZALARNI QURISH

Yubka andozalarini qurish uchun model konstruktsiyasi chizmasi (5-rasm), yubkani yig’ish chizmasi. (texnologik ishlov berish sxemasi), tikish uchun tavsiya etiladigan materiallar xossalari haqidagi ma’lumotlar aniqlab qo’yiladi. Konstruktsiya chizmasida konstruktiv chiziqlar o’rni (bo’ksa, etak) bo’laklardagi montaj kertiklar o’rni aniq ko’rsatiladi. Montaj kertiklar yon choklarida (2 tadan) ort o’rta qirqimida (2 ta), bel vitochkalari o’rnida belgilanadi.


Andazalar turlari, ularni ishlab chiqish uchun qo’yiladigan talablar T-24, T-33, T-38 modullarda keltirilgan.
Yubka uchun asosiy (avra) va qotirma bo’laklar andozalari (7,8-rasm) ishlab chiqiladi. Andozalar spetsifikatsiyasi 4-jadvalda, tanda ipi yo’nalishi 5-jadvalda, chok haqi qiymatlari 6-jadvalda keltirilgan.
Andozalar birikuvchi qirqimlar uzunligi va konfiguratsiyasi bo’yicha solishtiriladi va muvofiqlashtiriladi. Andozalar spetsifikatsiyasida bir kiyim komplektiga kiruvchi bo’laklar tartibi va soni keltiriladi.
Andozalar qirqilgach, texnik shartlar asosida rasmiylashtiriladi. Har bir bo’lakka markirovka belgisi qo’yib chiqiladi: kiyim nomi, razmeri, bo’yi, bo’lak nomi, bichilgan bo’laklar soni. Andozalarda tanda ipi yo’nalishi va uning yo’l qo’yiladigan chetga og’ish kattaligi, uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar, nazorat kertiklar aniq ko’rsatiladi.

Bo’lak nomi

Belgi manjeti

Soni

Gazlama turi

Bichiqda

Andozada

Yubka old bo’lagi

01

1

1

Asosiy

Yubka ort bo’rchagi

02

2

1

Asosiy

Yubka belbog’i

03

2

1

Asosiy

Belbog’ qotirmasi

04

1

1

Flizelin

Shlitsa qotirmasi

05

1

1

Flizelin

Ilgich












To’g’ri yubka andozalarning spetsifikatsiyasi

5-jadval


To’g’ri yubka andozalarida tanda ipi yo’nalishi



Bo’lak nomi

Bo’lak belgisi

Tanda ipi (t.i.) yo’nalishi

T.I. yo’nalishidan mumkin bo’lgan chetga og’ish, %.

Old bo’lak

01

O’rta chiziqga parallel

5,0

Ort bo’lak

02

O’rta chiziqga parallel

5,0

Belbog’

03

Belbog’ uzunligi bo’ylab

5

6-jadval


To’g’ri yubka andozalarida chok haqi qiymati



Bo’lak nomi

Qirqim nomi

Chok haqi, sm.

Old bo’lak

Bel qirqim

0,7-1,0

Yon qirqim

1,0-1,5

Etak

3,0-4,0

Ort bo’lak

Bel qirqim

0,7-1,0

Yon qirqim

1,0-1,5

Etak

3,0-4,0

O’rta qirqim

1,0-1,5

Belbog’

Chetki qirqim

0,7-1,0

Yon

0,7-1,0






7-rasm. Yubka bo’laklarining andozalari

Sbel x 2+Pbel+1=37 x 2 + 1 + 1 =76 sm.


8-rasm. Belbog’ andozasi chizmasi.

1-2 =Sbel x 2+Pbel+1=37 x 2 + 1 + 1 =76 sm.


1 - 4 = 6 + 2 = 8 sm
belbog’ning tayyor holdagi kengligi = 3 sm, 2 sm – chok haqi uchun
TO’G’RI YUBKA BO’LAKLARINI BICHISH
Gazlamaga andozalarni joylash va bichish shartlari T-22, T-32, T-38 modullarda batafsil keltirilgan.
«AYOLLAR YUBKASINI MODELLASH, ANDOZA TAYYORLASH, GAZLAMAGA ANDOZANI JOYLASHTIRISH, BICHISH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA

Texnologiya asosida faoliyat turlari

Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar

Chizma

Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

I

II

III

IV

  1. Yubka asos konstruktsiyasi chizmasini chizish.

Qalam, o’chirg’ich, lineyka, o’lchov tasma.






Yubka chizmasi nazariy fanlar davomida chiziladi. Yubka chizmasini chizish tartibi 3-jadvalda va 4,5,6-rasmlarda keltirilgan.


  1. Yubka shlitsasini chizish.

Qalam, o’chirg’ich, lineyka, o’lchov tasma.




Yubka chizmasida ort bo’lakda etakdan 25-30 sm qo’yiladi va shlitsa o’rni belgilanadi. Shlitsa kengligi 5 sm bo’ladi.
Shlitsa kengligi bilan shlitsa konturi nuqtalar bo’yicha tutashtiriladi.



  1. Yubka bo’laklarini konstruktsiya chizmasidan ko’chirish.

Kalka qog’oz, chizg’ich, o’chirg’ich, asos konstruktsiya.









Yubka konstruktsiyasi chizmasidan old, ort bo’laklari kalka qog’oz vositasida alohida qilib ko’chiriladi. Bunda har bir bo’lakka tegishli kertik, vitochka va ichki chiziqlar ham ko’chiriladi.

  1. Ort bo’lak andozasini chizish.










Chok haqi qiymatlari andoza ko’chirilgan bo’lak konturlari bo’ylab qo’yib chiqiladi: Etakda 3-4 sm, bel qirqimida – 1 sm, yon qirqimda – 1,0 – 1,5 sm.
Andoza konturlari chiziladi. Tanda ipi yo’nalishi, kertiklar o’rni belgilanadi.

  1. Old bo’lak andozasini chizish.










Chok haqi qiymatlari andoza ko’chirilgan bo’lak konturlari bo’ylab qo’yib chiqiladi: Etakda 3-4 sm, bel qirqimida – 1 sm, yon qirqimda – 1,0 – 1,5 sm.
Andoza konturlari chiziladi. Tanda ipi yo’nalishi belgilanadi. Kertiklar o’rni belgilanadi.

  1. Yubka belbog’ini qurish.











Belbog’ni qurish uchun hisoblar 8-rasmga tegishli hisoblardan olinadi.



  1. Qotirma andozalari ni tayyorlash








Belbog’ va shlitsa uchun qotirma andozalar quriladi. Qotirma andozalar asosiy andozalar asosida, ya’ni ort bo’lak va belbog’ bo’laklari andozasidan quriladi.

  1. Andoza larni qirqib olish.






Andoza konturlari chetlaridan biroz qo’yim qo’yib (1-1,5) qirqib olinadi.

  1. Birikuv chi bo’laklar qirqimlarini tekshirish.




Old va ort bo’laklar yon qirqimlarining uzunligi va shakli muvofiqligi tekshiriladi. Qirqim uchlariga chokning qaysi tomonga dazmollanishiga qarab aniqlik kiritiladi.

  1. Yubka bo’laklari andozalari ni rasmiy lashtirish.




Andozalarga qistirmadagi belgilar kiritiladi (7-rasm).

  • andoza nomi;

  • kiyim nomi;

  • bo’lak tartib raqami;

  • bo’lak nomi;

  • chok haqi qiymati;

  • tanda ipi yo’nalishi;

  • kertiklar o’rni (kertik eni (2-3 mm, uzunligi 5-7 mm).

  1. Gazlama ni namlab dazmollash.







Gazlama namlanib, o’rish (tanda) ipi yo’nalishida dazmollanadi.

  1. Gazlama nuqsonlarini aniqlash, bo’yi va enini o’lchash.







Gazlama o’ng tomonidan tekshirib chiqiladi, nuqsonlar bor joylari bo’r bilan belgilab qo’yiladi.

13. Gazlama ni bichuv stoliga joylashti rish.







Bichuv stoli ustiga gazlama yalang qavat qilib to’shaladi.

14. Gazlama ga yubka bo’laklarini joylashti-rish.








Yubka old va ort bo’lak andazalari gazlama ustiga joylashtiriladi. Bunda bo’lak tanda ipi yo’nalishi gazlama o’rish ipi yo’nalishi bilan ustma-ust tushishi shart. Gazlama tanda ipidan mumkin bo’lgan chetga og’ish kattaligi 5-jadvalda keltirilgan.

  1. Joylashmani bo’rlash.




Andaza konturlari uchi o’tkirlangan bo’r yordamida bo’rlanadi. Bunda:
a) bo’r chiziq qalinligi 0,1 smdan oshmasligi kerak:
b) chiziqlar andoza konturi bilan mos tushishi kerak.
v) yubka bo’laklari oralig’ida 0,5 sm joy qoldirish kerak.

  1. Qotirma bo’laklarini bichish







Belbog’ va shlitsa qotirmasi flizelindan qirqib olinadi.

  1. Yubka bo’laklarini qirqib olish.










  1. Bichilgan bo’laklarni tekshirib ko’zdan kechirish.







Bichilgan bo’laklar 4-jadvaldagi andozalar spetsifikatsiyasi bo’yicha tekshirib, tahlanadi.

2. Ayollarda astarli kiyimlarni tikish texnologiyasi
Astar gazlamani tanlashda uning rangi, fakturasi (sirt holati), pishiqligi kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi. Astar uchun sun’iy va shoyi gazlamalar tavsiya etiladi.
Qotirma materiallarga asosan paltoning old bo’lagini, adip, yoqa yelka va o’miz qirqimlarini mustahkamlash uchun mo’ljallangan flizelin, dublirin, yelimli uqa va boshqalar kiradi. Furnituraga tugma va iplar, bog’ich, knopka (piston) kabilar kiradi.
Furnitura va qotirma gazlama turlari palto tikiladigan korxonada qabul qilingan texnologiya va jihozlarga bog’liq holda tanlanadi.
Astar bo’laklari andozalari avra (asosiy) bo’laklar bazasida quriladi. Buning uchun astar gazlamaning quyidagi xossalarini inobatga olish zarurdir.

  • Kirishuvchanlik. Astar bo’lagi tanda ipi yo’nalishi bo’yicha avradan kattaroq (uzunroq) qilib bichiladi, chunki astarning kirishuvchanligi avra gazlamadan qoidaga ko’ra ko’proqdir.

  • Astar va avra gazlamaning turli darajada cho’zilishi: shuning uchun ort bo’lak astarida cho’zilish kuchi yo’nalishi bo’yicha «qo’shimcha haq» loyihalanadi.

  • Shakl berish qobiliyatining turlichaligi. Astar bo’laklarida gazlamani namlab isitib ishlov berib kirishtirish o’rniga (eng o’mizida) vitochka loyihalanadi:

  • Material qalinligi. Yupqa gazlamalardan tikilgan buyumlarda astar bo’lagining kengligi bo’yicha avrani deyarli qaytaradi. Qalin paltoda astar avraga nisbatan kengroq bichiladi.

Astar bo’laklari andozalarini ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:

  • astar bo’laklarini bichishda ba’zi uchastkalarda (masalan etagi bo’yicha) astar avradan atayin kengroq bichiladi. Sababi – texnologik ishlov berishda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan noaniqliklarni oldini olish. Huddi shunday, yeng astari avradan kengroq bichiladi.

  • palto bo’laklarida astar yeng o’mizi, avra bo’lagiga nisbatan 1 sm uzunroq bo’ladi;

  • ort bo’lak bo’yin o’mizi uzunligi avra bo’lagidan 0,3 sm ga kattaroq bichiladi;

  • astarni adipga ulash qirqimini loyihalashda adip qirqimining ichiga biroz kiritiladi: yelkada 2,5-3,0 sm; ko’krak sathida 2,0-2,5 sm, etak sathida 1,0-1,5 sm (2-rasm).

  • eng astari andozasini chizish yeng uchidan boshlangani ma’qul, chunki yeng yon qirqimlarining uzunligi bo’yicha tenglash osonroqdir;

  • ort bo’lak astarida tanda ipi yo’nalishi ort bo’lak o’rta chizig’iga parallel, old bo’lakda – bort chizig’ining pastki qismiga parallel, yengda yeng ichki o’rta qirqimi uchlarini birlashtiruvchi chiziqqa parallel;

  • palto etagi konussimon kengayganda va avradan alohida (ochiq holda) tikilganda astar bo’lagi etak qismida avradan torroq olinadi;

  • old bo’lak astarini adipga ulash qirqimi adipdan uzunroq bichiladi, chunki astar va avra gazlamaning kirishuvchanligi turlichadir.

  • palto sirtida astar choklarining o’rni bo’rtib qolmasligi uchun astar bo’laklari konstruktsiyasi avra bo’laklari qirqimlari bo’yicha loyihalanadi yoki yaxlit bichiladi;

4. Yubka (quyosh) ni birinchi kiyib ko`rishga tayyorlash, yon choklari va taqilmasiga ishlov berish. Etak va bel qismiga ishlov berish. Yubkaga oxirgi ishlov berish
Yubkaning yuqori qirqimiga qaytarma belbog’, ulama belbog’, karsaj lenta, mag’iz va rezina tasmalar bilan ishlov berish mumkin. Yubkaning cheti ulama belbog’li bo’lsa, avval belbog’ga ishlov beriladi, gazlama turiga qarab, belbog’ga qotirma yaxlit yoki o’rtasidan joylashtirib yopishtiriladi. Belbog’ uchlari ag’darma chok bilan tikiladi, ortiqcha chok haqlari qirqib tashlanadi. Belbog’ o’ngiga ag’darilib sirma qaviq bilan ko’klanadi va d azmollanadi. Tayyor bo’lgan belbog’ni yubkaning yuqori qirqimiga ulashning bir necha usullari bo’lib, bularni siz nazariy fanlardan tanishib chiqqansiz.
Ushbu modulda esa Sizlarga yubka belbog’ining pastki qirqimi bukib tikilgan belbog’ni tikishning texnol ogik ketma-ketligini tavsiya etamiz. Yubka etagi modeliga, gazlama turiga, uning xususiyatiga qarab turlicha usulda:
1. Ochiq qirqimli bukma chok bilan.
2. Yopiq qirqimli bukma chok bilan.
3. Mag’iz qo’yish bilan.
4. Tasma qo’yish bilan ishlov berish mumkin.
Ushbu modulda yubkaning etak qismini ochiq qirqimli bukma chok bilan tikish texnologik ketma-ketligini ko’rsatamiz. Yubkani ort va old bo’laklarini o’rta chiziqlari bo’ylab teskarisini ichkariga qaratib qo’yiladi. Yon choklari vitochkalarini, bir-biriga to’g’ri keltirib, o’ng tomonini yuqoriga qaratib yuqori qirqimini o’ng tomonga qaratib stol ustiga yozib qo’yiladi, yordamchi andoza qo’yib, yubka etagini bukish chizig’i belgilanadi, yubka etagi notyokis joylari qirqib tashlanadi. Yubkaning etagiga ishlov berayotganda, yubka ort bo’ lak o’rta chokida joylashgan shlitsani pastki qirqimiga ishlov berishga katta e’tibor berish kerak. So’ng yubkaga uzil -kesil ishlov beriladi: izmalar maxsusmashinalarda ochiladi, yubka tozalanadi, yubkaning teskari tomonidan va o’ngiga ag’dariladi, tugma lar tikilib, ilgakkacha osib qo’yiladi. Etak qismi toraytirilgan yubka («hurmacha» shaklidagi) bashang kiyimlarda ko’proq uchraydi. Bunday yubkalar qattiqroq gazlamadan tikiladi. Ba’zi hollarda bel
vitochkalar o’rniga mayda burmalar loyihalanadi. Yubka barcha siluetlari va ularning variantlari to’g’ri siluetli yubka gazlamasi asosida konstruktiv modellash yo’li bilan yaratiladi. Yubkani modellashda uning bo’laklarining o’zaro mutanosibligiga (proportsional ichiga) e’tibor berish kerak. Yubkani modellashda tikish uchun tanlangan gazlama xossalarini va figuraning
to’laligini ham hisobga olish zarur. Yupqa va mayin gazlamalardan etagi kengaytirilgan yubkalar, cho’ziluvchan gazlamadan torroq yubka tikish ma’qulroqdir. «Klesh», «gode» bichimli yubkalarni kengaytrish darajasi (kattaligi) qomat tuzilishiga qarab aniqlanadi. To’g’ri yubkaga silueti to’g’ri to’rtburchak shaklini beruvchi barcha yubkalar kiradi. Ular tor va kengaytirilgan, bir va bir necha chokli, shlitsali, taxlamali va burmali bo’lishi mumkin. Yubka vitochkalarining o’rni, soni va kattaligini aniqlash har bir figuraning xususiyatlariga bog’liq. To’g’ri yubkada ort bo’lakda 2 ta, old bo’lakda 2 ta vitochka loyihalanadi.



20



Yüklə 178,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə