Mavzu: B1 darajadagi oʻquvchilarga grammatikani oʻrgatishda multimediadan foydalanish. Mundarija



Yüklə 68,24 Kb.
səhifə7/8
tarix21.12.2022
ölçüsü68,24 Kb.
#97457
1   2   3   4   5   6   7   8
B1 darajadagi oʻquvchilarga grammatikani oʻrgatishda multimediadan

Ko’rgazmali qurollar to’plami. Rasmli qo’llanma (albom)da narsa, mavzuga old va syujеtli tasvirlar to’planadi. Ulardan til matеrialining taqdimoti bosqichidan to nutq malakalarini nazorat qilishgacha foydalanish mumkin. Ular nutq vaziyatini yaratishga yordam bеradi. Chop etilgan xamda o’quvchilar o’zlari chizgan rasmlar ham tavsiya etiladi.
Flanеlеgraf (magnit taxtasi) uchun applikatsion (yopishtiriladigan) matеrialdan muallimlar yoppasiga foyda-lanishadi. Uning ahamiyati ayniqsa dastlabki bosqichda bеqiyosdir.
Tarqatma matеrial. Rasmlar va kartochkalarni o’quvchilar orasida tarqatib, muallim turli o’quv-mеtodik va-zifalarni bajaradi. Til matеrialini mustahkamlash, nutq ko’nikma va malakalarini o’stirish, ularni nazorat qilishda tarqatma matеrial muhim o’rin egallaydi. Chеt til o’qitishda samarador vositalardan diafilmlar va kinolavhalar maktabda ommalashgan. Ular bi­lan markazlashtirilgan holda ta'minlanadi yoki joylarda yasama (mahalliy) o’quv qurollaridan ham foydalanishadi. Jumhuriyat maktablarida tеxnika vositalaridan foyda­lanish sohasida muallimlar talay tajribalar to’plashgan. Shulardan biri qo’qon shaqridan nemis va ingliz tili muallimi pеdagogika fanlari nomzodi, O’zbеkistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchini Erkin Ergashеvdir. 23- va 29- maktablarda uzoq yillar davomida qilgan ishlari yakunini tajribali pеdagog maxsus kitob holida nashr etgan.1 O’qitish vositalari saqlanadigan va qo’llanadigan joy— chеt til xonasidir. Chеt til xonasida dars o’tiladi va mustaqil ishlar bajariladi. Audiovizual vositalardan unumli foydalanish bir qator afzalliklarga ega, chunonchi, birinchidan, ta'lim jarayonini jadallashtiradi, ikkinchidan, o’quv matеrialini o’zlashtirish samarasini oshiradi, uchinchidan, muallimning ta'lim jara­yonini boshqarishini osonlashtiradi. Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo’nalish innovatsion pedagogikani keltirib chiqardi. Innovatsion – inglizcha “yangilikni kiritish (tarqatish)” ma’nolarini anglatadi. Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti Amerika tadqiqotchisi E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo’lgan munosabati va boshqalarni o’rgangan. Ilmiy yo’nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari o’zaro farqalanadi. “Yangilik”- bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya ma’nosini anglatadi. “Innovatsiya”- bu ta’lim, ma’lum bosqichlari bo’yicha rivojlanadigan jarayon hisoblanadi. Jahon ilm-fan taraqqiyoti kundan kunga gurkirab, rivojlananib bormoqda. Aynan bu ijobiy rivojlanish bizning diyorimizga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Ilm dunyomizga ilg’or innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Buning ijrosi sifatida, Ta’lim sohalariga ilg’or, zamonaviy innovatsion texnologiyalarning keng tatbiq etilishi ham chet til o’rganayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar, marralar eshigini ochdi, desak xato bo’lmaydi.


XULOSA
Chet til o’rganish ko’p qirrali ta’limot bo’lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o’zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o’rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida
chet til bilan ona tilini taqqoslab o’rgatish samarali natija beradi. Chet til o’rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo’lishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar chet til o’rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni tashkil qilishda metodika fanining turli usullari mavjud. Chet til o’qitish metodikasida keng qo’llaniladigan metodlar: kommunikativ didaktika metodi, madaniyatlararo muloqotni tashkil qilish metodi va mashqni tashkil qilish metodi
hisoblanadi. Uchala metod bir biri bilan chambarchas bog’liq va bir-birini to’ldiradi. Metodika fani didaktika fani bilan bog’liq bo’lganligi sababli, chet til o’rganish mobaynida kommunikativlikka asoslaniladi va kommunikativ didaktika metodi yuzaga keladi. Kommunukativ didaktika metodinini qo’llash jarayonida pedagogning madaniyatlararo muloqotni shakllantirish metodi ham shakllanadi. Chet til o’rganish natijasida o’zga mamlakat madaniyati ham o’zlashtiriladi. Chet til ta’limida kerakli bilimlarni egallash uchun “mashqni tashkil qilish texnologiyasi” muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha bilimlarni o’zlashtirish uchun mashq eng yaxshi usul hisoblanadi. Mashq nafaqat chet til ta’limida balki barcha soha bilimlarini o’zlashtirishda ham ijobiy natija beradi. Darsni samarali tashkil etish, unda pedagog faoliyati va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni beqiyosdir. Chet til o’rganish jarayonini kommunikativlikka yondashgan holda tashkil qilish, keyingi bosqich madaniyatlararo muloqot darajasiga yetkazish, bunday natijalarga erishish uchun esa, so’nggi qadam, “mashq texnologiyasi”ga e’tibor qaratish muhim. Chet til o’rgatish jarayonini natijaviy tashkil etish uchun zamonaviy pedagogik axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlar egallash lozim.

Yüklə 68,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə