Mavzu: Barkamol avlodni milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi ruhida tarbiyalash. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish usul va metodlari



Yüklə 7,9 Mb.
səhifə4/9
tarix20.01.2023
ölçüsü7,9 Mb.
#98887
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Maktabgacha pedagogika Milliy istiqlol g\'oyasi

Tarbiya maqsadi va vazifalari.

  • Tarbiya maqsadi va vazifalari.
  • Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan.
  • Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko‘lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
  • Maqsadsiz, ma’lum g‘oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo‘lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
  •  

Tarbiya maqsadi umumiy va individual harakterga ega bo‘lishi mumkin. Ilg‘or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon etadi.

  • Tarbiya maqsadi umumiy va individual harakterga ega bo‘lishi mumkin. Ilg‘or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon etadi.
  • Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo‘naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko‘lamiga ko‘ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi.
  • Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko‘plab ob’ektiv sabablar etakchi rol o‘ynaydi. Organizmning fiziologik etilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i, ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo‘nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkura va siyosati bo‘lib qolaveradi.

Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puhta o‘zlashtirib olishlari uchun g‘amho‘rlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko‘pgina yoshlarning Turkiya, Hitoy, YAponiya, AQSH, Germaniya kabi rivojlangan horijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir.

  • Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab, saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma’naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puhta o‘zlashtirib olishlari uchun g‘amho‘rlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko‘pgina yoshlarning Turkiya, Hitoy, YAponiya, AQSH, Germaniya kabi rivojlangan horijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir.
  •  
  • Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» Qonunini hayotga joriy etish, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash hamda umumiy tibbiyot muammolarini zamon talablari darajasida olib borish, maktablarni milliylashtirish, o‘rta maxsus hamda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini test usulida o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar o‘z samarasini bermoqda.

Yüklə 7,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə