Mavzu: Bemorlaning yoshi, jinsi va ijtimoiy holatiga bog’liq holda suhbatlashishning uziga xos tomonlari



Yüklə 1,5 Mb.
səhifə3/5
tarix21.05.2023
ölçüsü1,5 Mb.
#111751
1   2   3   4   5

3. Mehnat qobiliyatiga ega bemorlar a) bemorning shaxsiyati; b) o‘ziga xos (individual)xususiyatlari; d) kasalligining ijobiy yo‘nalishda borayotganini kuzatish; e) xodimlar faoliyatini, bajarilayotgan muolajalarning nechog‘lik to‘g‘riligini tushunish, kuzatish va xulosa chiqara olish. Bu guruh hamshiraga o‘ta yuksak mas'uliyat yuklaydi. Bunday bemorlar bilan ish olib borishda har bir so‘zga, yurish-turishga, yuz imo-ishorasiga ehtiyot bo‘lish, bajarilayotgan muolajaga qunt bilan yondashish lozim. Har bir bemorning ijtimoiy kelib chiqishini, kasb-korini, tabiati va rahiyatini tezda ajrata bilish hamshiraga ancha yengillik yaratadi. Hamshiraning asosiy deontologik vazifasi bunday guruh bemorlarni mehnat jarayoniga, ijtimoiy hayotga qaytarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

4. Katta yoshdagi va keksa bemorlar guruhi a) «o‘tib ketgan umr», «oshib borayotgan zaiflik», «yolg‘izlikni his etish», «o‘limning yaqinlashuvi» holatlarining qariyalar ruhiyatida ustunlik qilishi; b) eshitish, ko‘rish, eslash qobiliyati va hayotga qiziqishning pasayishi; d) tezda dil og‘rishi(xafa bo‘lish); e) kasallikni qarilikka yo‘yib, davolanish va sog‘ayishga ishonmaslik. Hamshira bu gurahdagi bemorlarga samimiy, sabr-toqat bilan iliq muomala qilishi lozim, chunki qariyalarga xos injiqlik, ko‘p savollar berish, tushunmovchilikdan kelib chiqadigan turli holatlarga bosiqlik bilan chidash muhim hisoblanadi.

Verbal muloqot qilish qoidalari

  • Verbal muloqot faqat insonga xos bo‘lib, zarur shart sifatida tilni o‘zlashtirishni belgilab beradi. Nutq muloqot vositasi sifatida bir vaqtning o‘zida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o‘zaro ta’sirlashuv vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Buyuk shoir Sa’diyning so‘zlarini yodda tutish lozim: «Aqling bormi yoki yo‘q, buyukmisan yo kichik, biz bilmaymiz, sen bir so‘z atmaguningcha». Verbal (nutq) muloqot tarkibiga: so‘zlariboralar ma’nosi va mohiyati kiradi. Asosiy o‘rinni so‘zning qo‘llanilish aniqligi, uning ifodalanishi va hammabopligitovushlar, so‘zlar talaffuzi, ohang ifodasi va mohiyati egallaydi. Nutqdagi tovush hodisalari: nutq jadalligi, tovush balandligi modulyasiyasitovush toni, nutq vazni, tovush sifati, ohangi, aniqligidan iborat. Tovush sifatining ifodalanishi: o‘ziga xos maxsus tovushlar: kulgu, hiqillash, yig‘i, pichirlash, xo‘rsinishlar va boshqalar; ajratuvchi tovushlar – bu yo‘tal; ahamiyatsiz tovushlar – tanaffuslar, shuningdek, nazalizatsiya tovushlari – «xm, xm», «e-e-e», «o-o-o» va boshqalar.

Yüklə 1,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə