Mavzu: Bir qavatli sanoat binolaari konstruksiyalari va ularga qo’yiladigan talablar. Reja


Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 27,71 Kb.
səhifə3/5
tarix11.05.2022
ölçüsü27,71 Kb.
#86489
1   2   3   4   5
Bir qavatli sanoat binolaari konstruksiyalari va ularga qo’yiladigan talablar.

Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar.

Qurilish konstmksiyalari me’morchilik konstruksiyalaridan (bino qismlaridan) shu bilan farq qiladiki, bularning kesimlari hisoblash yo'li bilan aniqlanadi. Ular o'zlariga qo‘yilgan talablarga, mahalliy qurilish sharoitlariga, iqtisodiy va boshqa mulohazalarga ko'ra turli xil materiallardan tayyorlanadi. Qurilish konstniksivalarining asosiy turi temir-beton konstruksiyalar bo'lib, ular hozirgi kapital qurilishning asosini tashkil etadi. Metall, ayniqsa, metall konstruksiyalar ham keng miqyosida ishlatilmoqda. Aluminiy qotishmalaridan, yog'och va plastmassadan tayyorlangan qurilish konstmksiyalari ham qo'llanadi. Juda ko'p obyektlar, ayniqsa, binolaming ko'pginasi g'isht-tosh va armotosh konstmksiyalaridan ko'tariladi. Foydalanish va texnik talablar shundan iboratki, qurilish konstmksiyalari bino va inshootlardan foydalanish qulay, yetarlicha mustahkam, ustivor, chidamli, bikr. yorilish-bardoshliligi, bino va inshootlarning uzoqqa chidamliligi bilan xarakterlanadi. Asosiy talablardan biri ularning tejamliligidir. Qurilish koustruksiyalariga qo'yiladigan texnik talablar. Bino va inshootlar konstuksiyalariga bir necha texnik talablar qo'yilib, ularning ijrosi tegishli qurilish me'yoiiari va qoidalari hujjati — QMQ da alohida keltirilgan. Asosiy texnik talablardan bo'lgan mustahkamlik, bikrlik, ustivorlik, zilzilabaidoshlik va chidamlilik talablari eng dolzarb shartlar bo'lib, konstruksion sifatni ta'minlaydi. A) Mustahkamlik sharti. Aksariyat konstm ksiyaning ko'tarish qobiliyatini ta’minlovchi talab bo'lib. konstruksiyani I chegaraviy holati hisoblanadi va uni mustahkamlik sharti deb yuritiladi. Bu talab konstmksiyaning har birini (poydevor. devor, ustun, to'siq va hokazo) ko'tarish qobiliyatini ifodalovchi shart bo'lib, koristruksiyaga ta’sir qilayotgan kuchga nisbatan ko'tarish qobiliyatini belgilaydi va u konstmksiyalami material turlariga, o'lchamlariga, fizik va mexanik xarakteristikalariga bog'liqdir. B) Bikrlik sharti konstruksiyani II chegaraviy holati hisoblanib, uning deformatsiya holatini aniqlashga va deformatsiya chegarasini tekshirishga qaratilgan. Bu shartda tashqi kuch ta’sirida hosil bo'Iadigan burilish, salqilik va boshqa defonnatsiyalar, mxsat etilgan deformatsiyalardan ko'p bo'lmasligi talab qilinadi. D) Ustivorlik sharti. Ustivorlik sharti deb, konstruksiyalami siqilish jarayonida muvozanatni saqlab qolishga doir chegaraviy talablarga bo'ysunishiga aytiladi. Bu shartda konstmksiyaga ta’sir etuvchi bo'ylama kuch kritik kuch Fki dan kam bo'lishi ta’minlanadi. Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar. Zilzilabardoshlik sharti. O'zbekiston Respublikasi sharoitida inshoot va binolar konstruksiyalari zil/ilabardosh bo'lishi lozim. Bu shart ma'lum zilzilabardoshlik nazariyasi va amaliyoti asosida ta’minlanadi. Bu ko'rsatkich binoning turiga, qaysi maydonda joylashganiga va, albatta, tashqi va ichki muhitga bog'liq. Zilzilabardoshlik sharti bino va inshoot konstruksiyalarini yer tebranishida o'zining vazifasini to'liq bajara olishini va hayot xavfsizligini ta’minlaydi. F) Chidamlilik va umrboqiylik talabi. Bino konstruksiyalari chidamli boiishlari lozim, buning uchun konstruksiyalar ehtimollik nazariyasi asosida aniq muhitga nisbatan hisoblanadi, shu bilan birga uning umrboqiyligi aniqlanadi. Bu talab mas’uliyati yuqori va qimmatbaho binolar konstruksiyalariga tegishlidir. G) Iqtisodiy talab. Bino va inshootlar konstruksiyalari yuqoridagi shartlar asosida mustahkam, bikr, ustivor, zilzilabardosh boiishlari bilan bir qatorda iqtisodiy talablami ham qondirishlari lozim.


Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə