Mavzu: Bir qavatli sanoat binolaari konstruksiyalari va ularga qo’yiladigan talablar. Reja


Loyihalashda konstruksiya ashyolariga qo'yiladigan talablar



Yüklə 27,71 Kb.
səhifə2/5
tarix11.05.2022
ölçüsü27,71 Kb.
#86489
1   2   3   4   5
Bir qavatli sanoat binolaari konstruksiyalari va ularga qo’yiladigan talablar.

Loyihalashda konstruksiya ashyolariga qo'yiladigan talablar.

Fuqaro va sanoat binolarining qurilish konstniksiyalari ashyolari turlicha bo'lib, ular loyihalashda turli mezon va talablarga asoslanib tanlanadi. Binolar konstruksiyaiarining asosiy ko'rsatkichlariga ulaming og'irligi, o'tga chidamliligi, iqtisodiy ko'rsatkichi, ishonchliligi va uzoqqa chidamliligi, shuningdek, mustahkamligi, bikrligi, ustivorligi, zilzilabardoshligi va h.k. lar kiradi. Quyida konstruksiya ko'rsatkichlarining eng asosiylariga qisqacha ta’rif berilgan. Og‘irlik. Barcha shart-sharoitlarda og'irligi eng kam bo'lgan konstruksiyalar afzalroqdir. Bu transport sarflarinigina kamaytirib qolmasdan, balki ayni konstmksiyaga tushadigan va undan pastda turadigan konstmksiyalarga tushadigan yukni kamaytirishga olib keladi. O'tga chidamlilik. Temir-beton, beton va g'isht-tosh konstmksiyalar eng chidamlilaridir. Yog'och konstruksiyalar ham yetarli darajada chidamli, biroq ular yonuvchandir. Metall konstmksiyalar o'tga chidamsiz. Uzoqqa chidamlilik. Temir-beton, beton va g'isht-tosh konstruksiyalar noagressiv muhitlarda eng chidamli konstruksiya hisoblanadi. Tegishlicha qarab turilganida metall konstmksiyalar ham uzoqqa chidashi mumkin. Yog'och konstruksiyalaming chidamliligi eng kamdir. ular namlanishdan va chirishdan saqlashni talab qiladi. Foydalanish sarflari. Temir-beton, beton va g'isht-tosh, aluminiy, plastmassa konstruksiyalariga ekspluatatsiya jarayonida mablag' sarf qilinmaydi. Yog'och konstruksiyalarda chirishga qarshi kurashish uchun, buzilganida tuzatish uchun, po'lat konstmksiyalar zanglamasligi uchun sarf-xarajat talab qilinadi. Yig‘ma temir-beton. Ularning asosiy afzalliklariga yuqori darajada industrialligi va arzon mahalliy ashyolardan keng foydalanish imkoniyatlari borligi kiradi. Bunday konstruksiyalar: 1) turar-joy jamoat binolarida (yirik panelli va hajmiy-blokli ko'p qavatli turar-joy binolarida, yopma elementlari, orayopma elementlari, zina, poydevor elementlari o'rnida); 2) sanoat binolarida (oralig'i 18 m gacha bo'lgan stropila to'sinlari, oralig'i 18 va 24 m bo'lgan fermalar, oralig'i 18 m gacha bo'lgan kranosti to'sinlari, yopma plitalar, balandligi 18 m gacha bo'lgan ustunlar, ustunlar to'ri 6x6, 6x9, 6x 12 m bo'lgan ko'p qavatli binolaming sinchlari, qobiqlar, poydevor to'sinlari, poydevorlar, ustun-qoziqlar va boshqalar); 3) qishloq xo'jaligi qurilishlarida (ustunlar, ramalar, to'sinlar, plitalar, arkalar, devor panellari, novlar, uzun tirgaklarva boshqalar); 4) muhandislik inshootlarida (avtomobil yo'llari va temiryo'l ko'priklari, o‘tkazish yo‘llari, transport galleriyalari. quvurlar, tirgak devorlar, buyumlar, bunkerlar, elevatorlar, elektr uzatish liniyalarining tayanchlari) keng ko'lamda qo'llaniladi. Yaxlit temir-beton. Yig'ma konstruksiyalarga qaraganda bir qancha yaxshi sifatlarga ega — ularda ulangan joylar bo'lmaydi, kesik bo'lmaydi, bikrligi va yaxlitligi juda yuqori, shu tufayli ashyo sarfi kamayadi, zilzilabardoshligi ortadi. Biroq ulami quyidagi hollardagina qo'llash iqtisodiy jihatdan foydalidir: 1) ko‘p marta aylantiriladigan tirama yoki sirpanadigan qolipdan foydalanish imkoniyati bo'lganida; 2) ixchamlashtirilgan yig'ma elementlardan foydalanib, obyektlar qurib bo'lmaganida; 3) qurilish joyida konstruksiyalami betonlash, obyektni qurish tezligini orqaga surmaganida va ayni bir vaqtda boshqa ishlarni bajarishga halaqit bermaganida. PoMat konstruksiyalar. Po'latning yuqori mexanik xossalari va ishonchlilik ko‘rsatkichlari tufayli ustunlar oralig'i (prolyot) juda uzun bo'lgan hollarda, baland bino va inshootlarda. yuk (nagruzka) juda katta bo'lganida ishlatiladi. Po'lat qimmat turganligi va kamyob bo'lganligi uchun po'lat konstruksiyalardan faqat u iqtisodiy jihatdan temir-beton konstruksiyalarga qaraganda zarur bo'lgan hollardagina foydalaniladi. Yog‘och konstruksiyalar. Yog'ochdan tayyorlanadigan, ko'tarib turuvchi va ixotalovchi konstruksiyalar, asosan yog'ochdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan hududlarda, shuningdek, shundav konstruksiyalar tayyorlanadigan ishlab chiqarish bazalari bir joyda joylashgan tumanlarda quriladigan binolarva inshootlarda, temir-beton yoki po'lat konstruksiyalarga nisbatan agressiv muhitli binolarda qo'llanadi. Yog'och konstruksiyalar, odatda, bir va ikki qavatli turar-joy, jamoat hamda qishloq ho'jalik binolari, mineral o'g'it omborlari, kuchlanishi 35 kV gacha bo'lgan elektr uzatish liniyalari tayanchlarini (ayrim hollarda 220 kV gacha) va aloqa liniyalarini qurishda ishlatiladi. G‘isht-tosh va armotosh. Tabiiy arralanadigan tosh (tuf, pemza, ohaktosh) qazib olinadigan tumanlarda, ayniqsa, Kavkazorti, Moldaviya, Janubiy Ukraina va boshqa tumanlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir. G 'ishttosh konstmksiyalar uchun tabiiy ashyolar — g'isht, keramik bloklardan keng qo'llaniladi. G'isht-tosh konstmksiyalar, asosan, devorbop ixotalar, tirgak devorlar, ustunlar tarzida ishlatiladi. Yuqorida zikr etilgan turli ashyolardan qilingan konstmksiyalar bilan bir qatorda respublikamizda boshqa xil ashyolar (xom va pishiq g'isht, paxsa va guvala, yog'ochdan turli to'ldirgichli sinch, blok va kompozitsion materiallar) ham qo'llanib kelinadi.


Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə