Mavzu: Bir qavatli sanoat binolaari konstruksiyalari va ularga qo’yiladigan talablar. Reja



Yüklə 27,71 Kb.
səhifə4/5
tarix11.05.2022
ölçüsü27,71 Kb.
#86489
1   2   3   4   5
Bir qavatli sanoat binolaari konstruksiyalari va ularga qo’yiladigan talablar.

Qurilishni industrlashtirish.

Respulikamizda ommaviy qurilish katta samara berib kelyapti, ayniqsa, yangi mikrorayonlarda, yangi o'zlashtirilayotgan tumanlarda, sanoat va qishloq markazlarida qurilishni industrlashtirish katta samara bermoqdi. Albatta shaxsiy, bir-biriga o'xshamas binolar qurilishi bilan bir qatorda ko'rsatilayotgan amaliyot o'z dolzarbligini yo'qotmaydi. Qurilishni industrlashtirish deganda qurilish konstruksiyalarini bir xillashtirish, tiplarga ajratish hamda standartlashtirish tushuniladi. Qurilishni rivojlantirishning asosiy yo'llaridan biri qurilishni industrlashtirish hisoblanadi. Bu degan so‘z, qurilish korxonalarini tubdan o‘zgartirish, maksimal tayyor yirik konstmksiyalar va ulaming elementlari hamda bloklarini mexanizatsiya yordamida uzluksiz jarayonda yig'ish va montaj qilish demakdir. Ixtisoslashgan zavodlarda tayyorlangan bunday konstruksiyalar yig‘ma konstruksiyalar deb ataladi. Bu konstruksiyalarni tayyorlash va montaj ishlarini mexanizatsiyalash qurilishda mehnat sarfini kamaytirishga, qurilish muddatlarini qisqartirishga, sifatini oshirishga, narxini pasaytirishga hamda materiallami tejashga olib keladi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy belgilaridan biri qurilish-montaj ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ularda ishlatiladigan konstmksiyalami esa yirik temirbeton buyumlari zavodlarida, uy-joy qurilish kombinatlarida maksimal yig'ma holda ko‘plab ishlab chiqarishdir. Yig‘ma konstmksiyalami har xil materiallardan ishlab chiqarish mumkin. Hozir zavodlarda yig‘ma konstmksiyalar ko'pincha temir-betondan ishlab chiqariladi. ■ 3 6 > Qurilish tajribasida katta o'lchamli po'lat konstruksiyalar bilan birgalikda yengil metall qotishma va plastmassadan ishlangan yig'ma konstruksiyalar tobora ko'proq ishlatilmoqda. Yig'ma elementlami ishlab chiqarish vaqtida buyum laming turlarini kamaytirish texnik va iqtisodiy jihatdan juda muhim hisoblanadi. Bunga erishish uchun ularni bir xillash, tiplarga ajratish va standartlash talab qilinadi. Bir xillash deganda turli xil yig'ma konstmksiyalardagi detallarning o'lchamlarini bir xillashtirish tushuniladi: bunda ulami tayyorlash texnologiyasi ancha soddalashadi, montaj ishlari tezlashadi. Qurilish konstruksiyalarini bir xillash binoning hajmiy planlashtirish parametrlari: qavatlarning balandligi, prolyotlar o'lchamlarining turlitumanligini kamaytirishga hamda konstruksiyaga ta'sir etadigan hisobiy yuklarni unifikatsiyalashga asoslangan. Bir xil shakldagi konstruksiyalami har xil maqsadlarga mo'ljallangan binolarda ishlatish mumkin, ya’ni bunday holda konstmksiyalar bir-birlarining o'm ida ishlatilib, ulaming universalligi ta’minlanadi. O'rnini almashtirish deganda biror elementni bino parametrlarini o'zgartirmasdan boshqa o'lchaniga ega boigan detal bilan almashtirish tushuniladi. Masalan. kengligi 3000 mm bo'lgan tom yopma plitalari o'rniga eni 1500 mm plitalardan ikkitasini ishlatish va h.k. Bitta konstruksiya elementini tipi va katta-kichikligi bo'yicha har xil ko‘rinishdagi binolarda ishlatish mumkinligi elementning universalligi deyiladi. Tiplarga ajratish qurilishda ko'p marta foydalanishga yaraydigan avrim konstruksiyalarning iqtisodiy jihatdan eng samarali yechimini topish va tanlashdan iborat. Tiplarga ajratish qurilish konstruksiyalarining tip-o'lchamlarini hamda binolarning tiplari sonini kamaytirish imkoniyatini vujudga keltirish bilan birga qurilish ishJarini osonlashtiradi va arzonlashtiradi. Loyiha tashkilotlari tomonidan taklif etilgan va qurilish amaliyotida tekshirib ko'rilgan namunaviy detallar va konstruksiyalar standartlashtiriladi. Standartlash qurilish konstruksiyalari va buyumlarini bir xillash hamda tiplarga ajratishning eng so'nggi bosqichidir. Standartlashtirilgan qurilish elementlari detallar va konstruksiyalar uchun ma’lum birshakiga, o‘lchamlarga, sifatlarga ega bo'Iib, ularni tayyorlashda muayyan texnik talab va shartlarga qat’iy rioya qilinadi. Binolar loyihasini yaratishda standartlashtirilgan va kataloglarga kiritilgan konstruksiya, buyum va detallar qo'llaniladi. Ko'plab quriladigan binolarda ishlatiladigan yig'ma buyumlaming tiplari sonini kamaytirish maqsadida detallarning yagona sortamentini joriy etish buyumlami ko'plab ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilashga, ularning sifatini oshirishga va tannarxini pasaytirishga yordam beradi. Yagona modul sistemasi binoning hajmiy-rejalashtirish parametrlarini, konstmksiya va qurilish buyumlari o'lchamlarini bir xillash (unifikatsiya) yagona modul sistemasi (EMS) asosida amalga oshiriladi. Qurilishda asosiy modul (M) deb 100 mm li o ’lcham qabul qilingan. Bino va yig'ma konstruksiyalarning o'lchamlari karrali 100 mm bilan belgilanadi. Modullar yiriklashtirilgan va kichraytirilgan bo'lishi mumkin. Yirik konstruksiya va detallaming o'lchamlari hamda binoning hajmiy-rejaviy yechimlari yiriklashtirilgan modulda (60 M, 30 M, 15 M ,..., 2 M), nisbatan kichik detallar o'lchamlari esa kichraytirilgan karrali modullarda (1/2 M, 1/5 M, 1/10 M, 1/100 M) beriladi. Yagona modul sistemasi yig'ma konstruksiyalar orasidagi tirqish va choklarni hisobga olgan holda, modul o'lchamlarining uch xilini, ya’ni nominal, konstruktiv va haqiqiy o'lchamlarni ko'zda tutadi. Konstruktiv yechimlami texnik iqtisodiy jihatdan baholash. Loyihalash jarayonida binoni vazifasiga va texnik talablarga mosligidan tashqari, qurilish materillarining sarfi bo'yicha muvofiqligi ham ko'rsatib beriladi. Binolaming ko'rinishi va konstmktiv yechimlariga ko'ra u yoki bu texnik-iqtisodiv mezonlar ishlatiladi. Bunday mezonlardan asosiylari: 1) konstruksiyalarga qo'yilgan talablar (texnik, ekspluatatsiya va b.)ga muvofiqligi; 2) hozirgi zamon talablariga ko'ra ishlab chiqarish usullari bo'yicha industrlashtirishga monandligi, yig'uvchanlik darajasi, transportda olib yurishga mosligi; 3) konstmksiyalar narxi (absolut va qurilish narxi); 4) binoni tashkil etuvchi konstruksiyalami tayyorlashga va o'rnatishga sarf bo'Iadigan mehnat (odam/soat, odam/kun, mashina/smena); 5) elementlami o'rnatish, ya’ni yig'ish, montaj qilish yoriqlami to'ldirish va boshqa ishlarga sarflanadigan mehnat; 6) biror buyum yoki konstmksiyaning o'lcham birligiga sarf bo'lgan qurilish materiallari (bitta to'sin yoki 1 m3 to'sin uchun sarf bo'lgan armatura). Yuqorida sanab o'tilgan texnik-iqtisodiy mezonlar qiymatlari har doim absolut yoki nisbiy sonlarda ko'rsatilishi kerak. Shunga asosan bino konstmksiyalari va konstmktiv yechimlarini baholashda ularning ko'rsatkichlari bir birlik yoki 100% qilib olinadi. Respublikamizning bozor iqtisodiga o'tish munosabati bilan bino va inshootlarni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiyatlashtirish hamda ikkilamchi ko'chmas mulk bozorini tashkil etish dolzarb masalalardan bo'lib qoldi. Bu jarayonlar imoratni texnik va iqtisodiy baholash amaliyotini bilishni talab etadi (ayniqsa, hayot xafsizligi mutaxassislariga), chunki bu jarayon ekologik talab va munosabatlami inobatga olishi shart. Loyihalash jarayoni va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Loyiha tashkilotlari loyiha tuzishni topshiradigan buyurtmachi tashkilotdan topshiriq olib, bino loyihalarini tayyorlaydi. Loyiha ikki bosqichda bajariladi: 1) topshiriq loyihasi; 2) ish chizmasi. Ayrim hollarda texnik loyiha ham chiziladi. Topshiriq loyihasiga (bunda loyiha eskiz ko‘rinishda chiziladi) quyidagi materiallar kiradi: — sxema tarzida ko'rsatilgan bino qavatlari; — binoning sxema tarzida ko'rsatilgan kesimi; — binoning old tomondan ko‘rinishi (fasadi); — uchastka bosh rejasi (genplani); — tushuntirish xati. Ish chizmasi tarkibiga imoratning har bir qavati tarxi, kesimi, tashqi ko'rinishi, poydevor chizmalari, hamma murakkab tugun chizmalari, qavatlararo yopmalar tarxi, ichki va tashqi pardozlar, zavodlarda tayyorlangan detallar spesifikatsiyasi va tushuntirish xati kiradi.


Yüklə 27,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə