Mavzu: Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari



Yüklə 36,67 Kb.
səhifə4/6
tarix23.09.2023
ölçüsü36,67 Kb.
#122934
1   2   3   4   5   6
Mavzu Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari3333

Ya va da bog‘lovchilari<taqї>ta//da, yaqa>ya (yaq fe’li (birikmoq)+ ravishdosh affiksi) tarzida yuzaga kelgan. Bu yerda ikkinchi bo‘g‘in tushib qolgan.
Fonetik tarkibi bo‘yicha yana bog‘lovchisiga o‘zlashgan bog‘lovchilar yaqin bo‘lib, bir qancha tillarda kitobiy til ta’sirida keng tarqalgan: ozarb ya’ni, uyg‘. yäni, boshq. yäg‘nї, qoz. yag‘nї va hokazo.

Yordamchi so’zlar.Yuklamalar haqida. Yuklamalar mustaqil so‘zlarga yoki gapga qo‘shimcha ma’no berish uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlardir. Yuklamalar so‘z o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lmagan yordamchi so‘zlardandir. Ular tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) so‘z yuklamalari: hatto, faqat, nahotki, axir, kabilar;2)affiks yuklamalar:-gina,-mi,-chi, -a (-ya) -ku, -yu, -u kabilar.


Yuklamalar ma’nolariga ko‘ra quyidagi guruhlarni tashkil etadi:

  1. So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. Bu yuklamalar so‘zlarga yoki gaplarga taalluqli bo‘lib, asosan gapni so‘roq gapga aylantiradi. Shuningdek, so‘zga yoki gapga quyidagicha qo‘shimcha ma’no bo‘yoqlar qo‘shadi:

-mi yuklamasi: 1) taajjub, hayrat, e’tiroz bilan birga so‘roq, ma’nosini anglatadi: Yopiray, shunday sovuq kuni ham suvga tushib bo‘ladimi?  2) noaniqlik, gumon ma’nosini ifodalaydi: Bu kitobni Olimdami, Abrordami ko‘rgan edim, shekilli.
chi yuklamasi: 1) buyruq, do‘q, iltimos bildiradi. Bunda -chi ko‘pincha buyruq maylidagi fe’llar bilan birga keladi: qani yonimga yaqinlashib ko‘r-chi(do‘q)qani, qalamingni berib tur-chi (iltimos); avval kitobni o‘qib ko‘ray-chi(xohish); 2) shart maylidagi fe’llar bilan birga kelganda ham qistash, istak, iltimos kabi ma’nolarni bildiradi:Tez yursang-chi (qistash), dadam uyda bo‘lsalar-chi (shubha, gumon), yaxshisi, sen biznikiga kelsang-chi (taklif).
-a(-ya) yuklamasi: 1) so‘roq va turli his-hayajon anglatadi: Ertaga darsga boramiz-a? (so‘roq). Oh, naqadar so‘lim joylar-a! Qo‘ziqorin bo‘lsa ham, xuddi quyrqqa o‘xshaydiya!

Yüklə 36,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə