Mavzu: Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari


Bog‘lovchilarning vujudga kelishi



Yüklə 36,67 Kb.
səhifə2/6
tarix23.09.2023
ölçüsü36,67 Kb.
#122934
1   2   3   4   5   6
Mavzu Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari3333

Bog‘lovchilarning vujudga kelishi. Turkiy bobotilda bog‘lovchilar so‘z turkumi sifatida mavjud bo‘lmagan. Bog‘lovchilar vazifasini boshqa so‘z turkumidagi so‘zlar bajargan. Shu sababli agglutinativ tillar, jumladan, turkiy tillar uchun ham mustaqil so‘z turkumi sifatida sezilmaydi. Boshqa tillar tarixida ham shu holatni kuzatish mumkin. Ayrim tillarda bog‘lovchilar boshqa tillardan o‘zlashgan bog‘lovchilar hisobiga ko‘paygan.
Shunday bo‘lsa-da, turkiy tillarda og‘zaki nutq, poeziya, ayniqsa, qadimgi davrda bog‘lovchilar kam ishlatilgan.
Og‘zaki nutq, poeziya, ayniqsa, qadimgi yozma yodgorliklar tilida bog‘lov-chilar juda kam qo‘llanilgan.
Oltoy tillari, turkiy va mongol tillari uchun umumiy bo‘lgan bog‘lovchilarni topish qiyin. Ushbu tillarda so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi umumiy affikslar mavjud bo‘lgan holda, bog‘lovchilar orasidagi aloqalar susayib, mustaqil taraqqiy qila boshlagan davrda vujudga kela boshlagan.
Qadimgi turkiy, ayniqsa, runik yozuv yodgorliklarida, bog‘lovchilar vazifasidagi so‘zlar juda kam edi. Bog‘lovchi so‘zlar, ko‘pincha, teng bog‘lov-chilar vazifasida qo‘llanilgan. V. M. Nasilov fikricha, o‘rxun-enasoy yodgorliklari grammatik qurilishida bog‘lovchilar kategoriya sifatida shakllanmagan edi. Ushbu yodgorliklar sintaktik qurilishi matnlarda biriktiruvchi–teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarning bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Faqat bog‘lovchilarga yaqinlashgan element sifatida ta yuklamasi va yämä (ham) so‘zi qaraladi.
Bulg‘or tiliga oid epigrafik yozuvlarda ham (vadan tashqri) bog‘lovchilar uchramaydi. O‘rxun-enasoy yodnomalarida quyidagi bog‘lovchi so‘zlar ishlatil-gan: yana, tag‘ї, azu (yoki)<(tuv. va tof.), anї uchun (shuning uchun), tip (deb), tiyin (deya): Og‘luta qag‘an bolmїs ärinch (O‘g‘li ham xoqon bo‘lgan, shekilli). Yana bärtimiz (Yana berdik). Yana ichikmiz (yana qo‘shiladi). Yolta yämä ölti kük (Yo‘lda ham ko‘p o‘ldi, shekilli). Azu bu sabїmda igid barg‘u? (Yoki mening nutqimda yolg‘on bormi?). Bilmädük üchün (bilmagani uchun). Bäsbalїq anї ozdї (Shuning uchun Beshbaliq qutqarildi). Yag‘uq ärsär, ädgü ag‘ї bärür täp ancha (inchä) bashg‘urur ärmis (Kim yaqin yashasa, unga yaxshi sovg‘alar beradi, shunday deb, u seni qattiq o‘rgatgan).
Qadimgi ergashtiruvchi bog‘lovchilardan yodgorliklarda umumturkiy üchün qayd etilgan: anїñ üchün.
O‘qilgan runik yodgorliklarning Yevropa qismidagi obidalarda qisqa yuklamalar va ravishlar uchraydi.
O‘rta Osiyo va Volga bo‘ylaridagi turkiy tillarning ko‘pchiligi–turk, ozarbayjon, o‘zbek tillarining o‘rta asr adabiy tili uchun umumxalq, notabiiy bo‘lgan xarakteri–bu bog‘lovchilarning boshqa tillardan o‘zlashganligidir. Arab, fors tillaridan o‘zlashgan bog‘lovchilar islom davridan keyin adabiy til va turkiy tilli xalqlar ozchiligining imtiyozli tili ta’siri natijasida ham kuzatiladi.
Turkiy tillardagi bog‘lovchilar so‘z turkumlari ichida eng yoshi hisoblanadi. Shuning uchun ular mavjud so‘z turkumlari negizida vujudga kelgan va shakllangan. Bog‘lovchilarning miqdori har bir turkiy adabiy tilning yoshiga bog‘liq. Ayniqsa, tuva tili uchun bog‘lovchilar eng yosh so‘z turkumi hisoblanadi. Bu tilda ham hozirgi paytda bog‘lovchilar soni ko‘payib bormoqda. Tuva tilida ular yaqinda paydo bo‘lgan, shuning uchun ular unchalik ko‘p emas, binobarin, ancha kam qo‘llaniladi. Bu tilda fe’l formalarining rang-barangligi, fe’lning harakat nomi formasining turlanishi, ko‘makchilar va ba’zi yuklamalarning qo‘lla-nilishi tuva tilida boshqa tillarga nisbatan bog‘lovchilarning kam qo‘llanishiga olib kelgan. Ammo tuva adabiy tilining keyingi taraqqiyoti, ilmiy, poetik va badiiy tarjimaning keng rivojlanishi, ko‘pincha, bog‘lovchilardan sintaktik munosa-batlarni ifodalash uchun qo‘llashga olib kelgan. Bu boshqa turkiy tillar, jumladan, oltoy, xakas, qabardin-balqar, no‘g‘oy tillariga ham taalluqlidir.
Turkiy tillarda bog‘lovchilar, asosan, ravishdosh, ravish, so‘roq yuklamalari, fe’lning shart formasi, birlikni, yuklamani anglatadigan miqdor sonlar asosida vujudga kelgan.
Ko‘pchilik holatlarda mustaqil so‘z turkumlari va bog‘lovchilar orasidagi munosabat(bosqich)ni ravishdosh, ravishlar, yuklamalar ifodalaydi. Qadimgi turkiy bog‘lovchilardan ba’zilari otlardan keyin kelib, gapning uyushiq bo‘laklari komponenti sifatida ikkita mustaqil ma’noli so‘z orasida keladigan yuklamalardan kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin. Shunday qilib, yuklamalarning ana shu holati ularnig bog‘lovchilarga aylanishiga olib kelgan, desa bo‘ladi.
So‘roq yuklamalarning nisbiy olmoshlardan vujudga kelish jarayoni ancha keyin–ko‘pchilik turkiy tillarga hind-yevropa, jumladan, slavyan tillarining ta’siri natijasida ro‘y bergan bo‘lishi mumkin. Chunonchi, qaraim, gagauz (bular slavyan tillari ta’siriga ko‘proq uchragan) tillarida deyarlik barcha so‘roq olmoshlari bog‘lovchilar vazifasida qo‘llaniladi. Bunga o‘xshash holatni skandinaviya tillarida ham kuzatish mumkin. Ularda ham nisbiy olmoshlar so‘roq olmoshlaridan vujudga kelgan. Shuning bilan birgalikda, yangi bog‘lovchilarning vujudga kelishi qo‘shma gapning rivoji bilan bir paytda sodir bo‘lgan bo‘lib, bu, o‘z navbatida, turli tizimdagi tillar rivojida ba’zi tipologik o‘xshashliklarning mavjudligini ko‘rsatadi.
Birinchi navbatda, teng bog‘lovchilar vujudga kelgan bo‘lishi mumkin. Turkiy tillarning keyingi taraqqiyoti davomida, shuningdek, ravishdosh, kelishiklar, sifatdoshl kabilar vositachiligida ergashtiruvchi bog‘lovchilar ham yuzaga kela boshlagan. Bundan ergashtiruvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilarga nisbatan keyinroq vujudga kela boshlaganligi ma’lum bo‘ladi.
Turkiy tillarda bog‘lovchlarning ko‘pchiligi islom davridan keyin paydo bo‘lgan. Ana shunga ko‘ra, turkiy tillarda bog‘lovchilarning taraqqiyotini ikki qismga ajratish mumkin:
1) tilning o‘z ichki imkoniyatlari, asosan, xalq so‘zlashuv tili, folklor tili, ya’ni og‘zaki adabiyot tili hisobiga;
2) boshqa tillar, asosan, arab va fors tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalar hisobiga.
Ushbu manbalarning nisbati turkiy tillarda, ularning tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti shroitiga bog‘liq ravishda har xildir. Bu ba’zi turkiy tillar bu tillar ta’siriga ko‘proq, ayrimlari esa ozroq uchraganligi bilan izohlanadi.
Turkiy bog‘lovchilarning vujudga kelishini quyidagicha ajratish mumkin:
1) da, ki kuchaytiruv yuklamalarining bog‘lovchiga aylanishi;
2) ayrim fe’l shakllari–ravishdoshlar(deb, dep, dip; tuv. bolg‘ash)ning bog‘lovchiga aylanishi;
3) fe’lning shart mayli shakllarining bog‘lovchiga aylanishi: tat. isä, qirg‘. dese;
4) qayda, qachan, qaysi tipidagi so‘roq olmoshlarining bog‘lovchi vazi-fasida qo‘llanilishi natijasida ro‘y beradi.
Turkiy tillardagi bog‘lovchilar tarkibiga ko‘ra, sodda, yasama va murakkabga ajratiladi. Sodda bog‘lovchilar ancha qadimiy bo‘lib, ular morfologik jihatdan bo‘linmaydi. Hozirgi turkiy tillarda murakkab bog‘lovchilar, shuningdek, boshqa, ya’ni har xil kategoriyadagi aralash bog‘lovchilar keng tarqalgan. Bular vazifasini, odatda, ravishlar, olmoshlar, ravishdoshlar va yuklamalar bajaradi.
Turkiy tillarda ko‘pchilik bog‘lovchilar areal va individual taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Bu umumturkiy bog‘lovchilarning ozchilikni tashkil qilishi bilan izohlanadi. Ayrim bog‘lovchilrning vujudga kelishi uchun bobotil elementlari xizmat qilgan bo‘lib, ular turkiy tillarning parchalanishi davrida allaqachon bog‘lovchilarga o‘ta boshlagan edi. Aynan ana shular hozirgi turkiy tillar va ularning shevalarida umumiy shakl va mushtarak ma’noga ega.


Yüklə 36,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə