Mavzu: Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari



Yüklə 36,67 Kb.
səhifə5/6
tarix23.09.2023
ölçüsü36,67 Kb.
#122934
1   2   3   4   5   6
Mavzu Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari3333

2.Kuchaytiruv yuklamalari: nahotki, nahot, axir, hattoki, hatto, -oq, -yoq, -ki, -kim. Bu turdagi yuklamalar so‘zlarga kuchaytirish, shuningdek, ta’kid ma’nosi qo‘shish uchun ishlatiladi: Nahot ishq qismati buncha berahm, Bunchalar buyuksan vafo shevasi. (A.O)

  1. Ta’kid yuklamalari: ham,-ku, -da, -u (-yu).

ham yuklamasi. 1) ko‘pincha o‘zi ta’kidlab ko‘rsatadigan so‘zlardan (ot, sifat, olmosh, fe’l, ravishdan) keyin keladi: Uni ham o‘qitaman, o‘zim ham o‘qiyman; 2) ba’zan gapda ko‘makchili birikmani ta’kidlab keladi: Bugun uning ovqat bilan ham ishi bo‘lmadi. 3) to‘siqsizlik ma’nosini bildiradi: Havo bulut bo‘lib turgan bo‘lsa ham, yomg‘irdan darak yo‘q edi; 3) ham yuklamasi -yam shaklida (unlidan so‘ng) va h undoshi tushgan holda qo‘llanishi mumkin. Bunday choqda u o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zga qo‘shib yoziladi: Bunday kitoblarga qiziqmayam qo‘ydim.
da yuklamasi shart maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, to‘siqsizlik ma’nosini anglatadi va ham yuklamasi bilan sinonim bo‘ladi: Yosh bo‘lsa-da, bosh edi (yosh bo‘lsa ham, bosh edi).
-u(-yu) yuklamasi aniqlik maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, ish-harakatning bajarilishidagi tezlik va davomlilik ma’nosini bildiradi: Keldi-yu, ketdi (tezlik).

  1. Ayiruv va chegaralov yuklamalari (-gina, -kina, qina, faqat). Bunday yuklamalar turli so‘z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko‘rsatish, ajratish uchun qo‘llanadi:

Faqat odamlar uchun qilingan mehnatgina baxt keltiradi.
Faqat yuklamasi o‘rnida yolg‘iz so‘zi qo‘llanishi ham mumkin: Uning ermagi yolg‘iz kitoblar bo‘ldi.
3.Aniqlovyuklamasixuddi, naq. Bunday yuklamalar o‘zi birikkan so‘zning ma’nosini aniqlash, qiyoslab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi.
Xuddi yuklamasi: a) qiyoslash asosida aniqlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi: O‘g‘li otasining xuddi o‘zi edi; b) o‘xshatish ma’nosini bildiradi va -dek, -day affiksi bilan yasalgan yoki kabi, singari ko‘makchilari bilan birga boshqarilgan otlar va olmoshlardan oldin keladi: Tevarak-atrof xuddi suv quygandek jim-jit edi.
naq yuklamasi ham xuddi yuklamasi bilan ma’nodoshlikka ega bo‘ladi: Itlarning
ulushi naq miyasida shang‘illab turadi (As. M.).

Yüklə 36,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə