Mavzu: Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari



Yüklə 41,51 Kb.
səhifə10/10
tarix17.02.2023
ölçüsü41,51 Kb.
#101011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi

Ya va da bog‘lovchilari<taqї>ta//da, yaqa>ya (yaq fe’li (birikmoq)+ ravishdosh affiksi) tarzida yuzaga kelgan. Bu yerda ikkinchi bo‘g‘in tushib qolgan.
Fonetik tarkibi bo‘yicha yana bog‘lovchisiga o‘zlashgan bog‘lovchilar yaqin bo‘lib, bir qancha tillarda kitobiy til ta’sirida keng tarqalgan: ozarb ya’ni, uyg‘. yäni, boshq. yäg‘nї, qoz. yag‘nї va hokazo.
XULOSA
Turkiy tillarda bog‘lovchilar tarkibiga ko‘ra sodda (oddiy), yasalma va murakkab bo‘ladi. Sodda bog‘lovchilar ancha qadimiy bo‘lib, ular morfologik jihatdan bo‘linmaydi. Hozirgi tillarda murakkab bog‘lovchilar, shuningdek, bosh-qa, har xil kategoriyadagi aralash bog‘lovchilar keng tarqalgan (ravishlar, olmosh-lar, ravishdosh, yuklamalar).
Aftidan, birinchi navbatda, teng bog‘lovchilar vujudga kelgan, modomiki, ergashtiruvchi bog‘lovchilar uchun turkiy tillar rivojining mana shu etapida, shuningdek, hozirda ham yetarli vositalar mavjud bo‘lgan (ravishdosh, kelishiklar, sifatdoshlar va hokazo). Demak, turkiy tillarda ergashtiruvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilarga nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan.
Turkiy tillardagi bog‘lovchilar so‘z turkumlari ichida eng yoshi hisoblanadi. Shuning uchun ular mavjud so‘z turkumlari negizida vujudga kelgan va shakllangan. Bog‘lovchilarning miqdori har bir turkiy adabiy tilning yoshiga bog‘liq. Ayniqsa, tuva tili uchun bog‘lovchilar eng yosh so‘z turkumi hisoblanadi. Bu tilda ham hozirgi paytda bog‘lovchilar soni ko‘payib bormoqda. Tuva tilida ular yaqinda paydo bo‘lgan, shuning uchun ular unchalik ko‘p emas, binobarin, ancha kam qo‘llaniladi. Bu tilda fe’l formalarining rang-barangligi, fe’lning harakat nomi formasining turlanishi, ko‘makchilar va ba’zi yuklamalarning qo‘lla-nilishi tuva tilida boshqa tillarga nisbatan bog‘lovchilarning kam qo‘llanishiga olib kelgan. Ammo tuva adabiy tilining keyingi taraqqiyoti, ilmiy, poetik va badiiy tarjimaning keng rivojlanishi, ko‘pincha, bog‘lovchilardan sintaktik munosa-batlarni ifodalash uchun qo‘llashga olib kelgan. Bu boshqa turkiy tillar, jumladan, oltoy, xakas, qabardin-balqar, no‘g‘oy tillariga ham taalluqlidir.
Turkiy tillarda bog‘lovchilar, asosan, ravishdosh, ravish, so‘roq yuklamalari, fe’lning shart formasi, birlikni, yuklamani anglatadigan miqdor sonlar asosida vujudga kelgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004
2. Sravnitelno-istiricheskaya grammatika tyukskix yazïkov. Morfologiya. М., «Nauka», 1988.
3. Murmaxanova А.Тürki tildеriniñ sаlїsїtїrmаlї grаmmаtїkаsї. Аlmаtї, «Меktеp», 1971.
4. Serebrennikov N. A., Gadjiyeva N. Z. Sravnitelno-istoricheskaya gram-matika tyurkskix yazïkov. М., «Nauka», 1986.
5. H.Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.
6. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. 1992.
7. G‘.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O‘zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1995.
8. S.Otamirzaeva, M.Yusupova. O‘zbek tili. Toshkent, 2004.
9. Sh.Ranmatullayev. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. Toshkent, 2007.

Internet saytlari:

  1. http://library.tersu.uz

  2. https://n.ziyouz.com

  3. http://library.navoiy-uni.

  4. http://kutubxona.adu.uz


1 Birsel Karakoc. Notes on subject markers and copular forms in Turkish and in some Turkic varieties of Iran: A comparative study. Germany. 2009.

Yüklə 41,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə