Mavzu: Bog’lovchilar. Bog’lovchilarning vazifasiga ko’ra turlari


Bol fe’li asosida vujudga kelgan bog‘lovchilar shart mayli yoki ko‘makchi shakliga ega: turkm. bols‘a



Yüklə 41,51 Kb.
səhifə6/10
tarix17.02.2023
ölçüsü41,51 Kb.
#101011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi

Bol fe’li asosida vujudga kelgan bog‘lovchilar shart mayli yoki ko‘makchi shakliga ega: turkm. bols‘a, tur. olsun (ayiruv), gag. osa//osaydї (yoki), qirg‘. bolbas (agar), qoz. bolmasa, uyg‘. bolg‘ach (sabab bog‘lovchi), tuv. bolg‘ash, yoq. buolbakka (agar–inkor va zidlov bog‘lovchisi), chuv. pilinte, pulsan (agar) va hokazo.
Ba’zi turkiy tillarda bog‘lovchilar va bog‘lovchi so‘zlar o‘rnida turli olmoshlar ishtirok etadi, binobarin, bunda ham xuddi fe’ldan vujudga kelgani kabi, olmoshlarning qo‘llanish chastotasi muammoni hal etadi.
Ancha keng qo‘llaniladigan bog‘lovchilar orasida ne so‘roq olmoshi faol bo‘lib, turkiy tillar va ularga boshqa til guruhlarida–hind-yevropa tillarida, avvalo, nisbiy olmoshlarga aylangan, so‘ngra bog‘lovchi so‘zlar va, nihoyat, bog‘lovchilar vazifasini bajarishga o‘tgan.
Ne barcha tillarda, qayerda u bog‘lovchi vazifasini bajaradigan bo‘lsa, ayiruvchilik vazifasini o‘taydi, ko‘pincha, ikkilangan inkor fe’l shaklida bo‘ladi: qoz., q.balq:, qum., q.qalp., no‘g‘., qar., q.tat., gag. ne ... ne, qozoq, q.balqar, qumiq va boshqa tillarda yoki ma’nosini anglatadi: tat., chuv. ni ... ni, ozarb. nä ... nä.
Ne bog‘lovchisini boshqa so‘zlarga biriktiruvchi bog‘lovchilar ham oz emas. Bunday bog‘lovchilar soni hozirda ko‘payib bormoqda: q.balq. neda, neya (yoki), ne üchün deseñ (shuning uchun), kar. nedinchä (shu paytga qadar), qum. nege dese (shuning uchun), no‘g‘., q.qalp., qoz. nege deseñ; gag. nechinki (shuning uchun) kabi.
Ne so‘roq olmoshi, ya’ni shaxs kategoriyasini ifadalaydigan kim bog‘lov-chisi vazifasida nisbatan kam ishlatiladi: qar., ozarb. kim; qoz. kim…sol(kim, u), tur. kimi…kimi…(bir va boshqalar) kabi. Bular fors adabiyoti va eski o‘zbek tili ta’sirida bo‘lgan tillarda uchraydi. Bu tillarga o‘g‘uz, qarluq va shimoliy qipchoq (Volgabo‘yi) tillari kiradi. Ulardagi ki boshqa bog‘lovchilar bilan birga, arab va fors tillaridan o‘zlashgan. Ki negizida o‘g‘uz va qarluq tillarida yangi bog‘lov-chilar paydo bo‘lmoqda.

Yüklə 41,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə