Mavzu: Bolalarni noananaviy ashyolar va texnik usullar yordamida rasm chizishga òrgatish metodlari



Yüklə 99,07 Kb.
səhifə6/8
tarix25.12.2023
ölçüsü99,07 Kb.
#161493
1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalarni noananaviy ashyolar va texnik usullar yordamida rasm chizishga òrgatish metodlari

DEKORATIV RASM CHIZISH.
• Dekorativ rasm chizish.
• Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg'uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san'ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini shu san'at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg'ularni tarbiyalash kerak.
• Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o'z ichiga oladi.
• Bolalarda naqshning turlicha shakllari bilan bog'liq holda kompozitsion hisni shakllantirish.
• Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
• Xalq amaliy san'atining turlarini, usullarini farqlashga va ularning alohida elementlaridan bolalarning o'z ijodida foydalanishga o'rgatish.
• Qalam va mo'yqalam bilan chizishning texnik ko'nikmalarini mustahkamlash.
• Bolalarni dekorativ rasm chizishga o'rgatishda tarbiyachi ularda naqsh komponentlarining o'zaro bog'liqligini, rangini, kompozitsiyasini shakl elementini ko'rishga o'rgatadi. Dekorativ rasm chizishda rang qobiliyatining rivojlanishi asosiy masala bo'lib hisoblanadi.
• Bir yoshdan uch yoshgacha bo'lgan bolalar guruhida rasm chizish malakasining hosil bo'lishi va rivojlanishi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida rasm chizishga o'rgatish 2 yoshdan boshlanadi. Bu davr bolalarni- tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog'oz ustida yuritishga o'rganadi. Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni to'g'ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta-sekin uni qalamni to'g'ri ushlashga odatlantiradi, bunda bolani bajarayotganligi emas, balki qalamning harakati, uning uchi bilan qog'oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to'g'ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog'oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta-sekin murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog'oz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko'rib, xursand bo'ladi. Shuning uchun bu davr «Ala-buji» davr deyiladi. Bu davr bolada tasviriy faoliyatini vujudga keltirishga ta'sir ko'rsatadi. Bu guruhda maktabgacha ta'lim-tarbiya dasturi guruhli mashg'ulotlarni talab qilmasa-da, agar bolalar xohlashsa, ularni stol atrofiga o'tirg'izib, rasm chizdirishga imkon yaratish mumkin.
1. Ilk yoshdagi bolalar guruhlarida bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin bolalar qilayotgan harakatining tasviriy ma'nosiga 1 kichik guruhdan boshlab tushuncha boshlanadi. 1 kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).
• 1. Ilk yoshdagi bolalar guruhlarida bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin bolalar qilayotgan harakatining tasviriy ma'nosiga 1 kichik guruhdan boshlab tushuncha boshlanadi. 1 kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).
• 2. Bu davrga kelib, nutqi o'sadi, tasavvur doirasi kengayadi, materiallar bilan mustaqil harakat qilishi faollashadi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni qilayotgan harakatlarini kuzatishga o'rgatadi. Chizayotgan turli chiziqlar bilan predmetlarning turlarini bilishga, ularni ayrim narsalarga o'xshatishga o'rgatadi. Bolalarga savollar bilan murojaat qiladi, sen nimani chizding, deb bolaning chizgan ishini qaysi predmetga o'xshashligini aniqlaydigan ko'plab savollar beradi. Bolaning harakati ixtiyorsiz bo'ladi. Hamma bolalar bir vaqtda o'z harakati natijasida hosil bo'lgan ishida predmet o'rtasidagi o'xshashlikni aniqlay olmaydi, bu xususiyatning o'sishi o'z-o'zidan nutqining rivojlanishiga sabab bo'ladi. Ular tarbiyachi ko'rsatgan ishlarida oddiy predmet va hodisalarni tasvir etadi. Masalan, yomg'ir yog'yapti, qor yog'yapti, barglar uchyapti, daryoda suv oqmoqda kabi. 3-yilda asta-sekin bolalarda ranglarga qiziqish ortadi. Ular turli ranglardan foydalanib, uni predmetga o'xshatadi. Masalan, uncha katta bo'lmagan qog'oz betiga qizil bo'yoqda bo'lib, «men gul soldim» deydi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarga predmetning qaysidir bir qismini chizib, tugatishlarni taklif qiladi. Masalan, sharga ip, bayroqchaga tayoqchani va qizil, yashil, ko'k, sariq ranglarni bilishga va foydalanishga o'rgatiladi. «Quyosh», «Ko'm-ko'k o'tlar», «Gullar» kabi. Bolalar dastlab qalam bilan chizishadi, 3-4 mashg'ulotdan keyin bo'yoqdan foydalanib bo'yaydi, undan foydalanishni o'rgatiladi. Bolalarga quyidagi mavzularda bo'yoqlar bilan rasm chizdirish mumkin. Masalan, «Daraxtlardan barglar to'kilyapti, «Uyda chiroqlar yoqildi».
Yilning 2-yarmiga tarbiyachi bolalarni predmetning oddiy tasviriga o'rgatadi. Tarbiyachi shar chizadi, koptok chizadi, bolalar esa yo'l chizadi. Yilning 2-yarmiga borib, bolalar bilan mashg'ulot uyushtirilib, ular mo'yqalam qo'yib-olish, qo'g'irchoqning ko'ylagini yoki dastro'molcha va qo'lqopni dog'lar bilan bezashga o'rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarni tasvirlashga o'rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi.
• Yilning 2-yarmiga tarbiyachi bolalarni predmetning oddiy tasviriga o'rgatadi. Tarbiyachi shar chizadi, koptok chizadi, bolalar esa yo'l chizadi. Yilning 2-yarmiga borib, bolalar bilan mashg'ulot uyushtirilib, ular mo'yqalam qo'yib-olish, qo'g'irchoqning ko'ylagini yoki dastro'molcha va qo'lqopni dog'lar bilan bezashga o'rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarni tasvirlashga o'rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi.
• Sifatli o'rgatish uchun usullardan biri, passiv harakatlar usuli, ya'ni bola o'zi mustaqil harakat qiladi. Tarbiyachi bola qo'liga qalam berib, chizish harakatlarini bajartiradi yoki o'yin o'tkazadi. Bolalar qo'l harakatining koordinatsiyasini rivojlantirib borib, tarbiyachi qog'oz betida bir xildagi ritmik harakatlarni bajaradi, o'ngga-chapga keyin asta-sekin murakkab harakatlarni bajarishga o'rgatadi. Masalan, ip o'rami yoki tutun chiqyapti va boshqalar.
• Tarbiyachining badiiy so'zdan foydalanishi, bolalarga tasvirlanayotgan narsaning obrazli tasavvur etishga yordam beradi. Masalan, quyosh to'g'risida shunday she'r va ashulalardan foydalanish usuli muhim usullardan hisoblanadi. 1-kichik guruhda tarbiyachi bolalar bilan hamjihatlik keng qo'llaniladi. Tarbiyachi katta qog'oz betida archani chizadi, bolalar esa chiroqlar yoqadi (mo'yqalamni qog'ozga tikka qo'yish usuli bilan). Bunday mashg'ulotlarni tarbiyachi 5-6 ta bolalar guruhi bilan uyushtirishi mumkin. 2,5 yoshdagi bolalar bilan tip mashg'ulotlar uyushtirish mumkin. Masalan, bolalarga rasmlar berib, unda nimalar tasvirlanganligini aytib berish kabi o'yinlar o'tkazish mumkin. Masalan, quyosh, bayroqcha, gullar tasvirlangan bo'lishi mumkin. Bolalar ularni aytib beradi, qiynalgan bolaga tarbiyachi yordam beradi. Tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilib ularning ishlarining xilma-xilligi va predmet bilan tasvir o'rtasidagi o'xshashlikni ko'rsatib beradi.

Yüklə 99,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə