Mavzu: Bolaning jinsiy idinfikatsiyasida ota onaning ro'li. I. Bob. Bolaning jinsiy idinfikatsiyasi va uning mazmuni


Bolalarning jinsiy o'zini anglashda ota onaning ro'li



Yüklə 150,14 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü150,14 Kb.
#161694
1   2   3   4   5
kurs ishi soliyeva

1.2 Bolalarning jinsiy o'zini anglashda ota onaning ro'li. O‘smirlik 11-12 yoshdan, 14-15 yoshgacha bo‘lan davrni o‘z ichiga oladi. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinfdan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas»- ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. O‘smirlik bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jismoniy jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakillanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi. Bular ta’sirida o‘smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati tez o‘zgarib boradi. Ba’zan ijtimoiy masalalar to‘g‘risida noto‘g‘ri tassavvur va yanglish fikrlar hosil bo‘lishi tufayli u muayyan tartib qoidalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi. Bola kamolotining bu davrini ko‘pincha «qiyin», «murakkab», «muhim» davr deyiladi. Ota-onalar hamda hali tarbiyaviy ish sohasida yetarli tajribaga, shuningdek o‘smirlik yoshidagi bolalarning yosh va individual xususiyatlari haqida zarur bilimlarga ega bo‘lmagan yosh pedagoglar, odatda o‘smirlarni tarbiya-lash juda qiyin deb o‘ylaydilar. Lekin hozirgi kunda o‘smirlarni tarbiyalashni o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari fanga ma’lumdir. O‘smirlik davri o‘zining taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning shakillanmagani, hissiyotga beriluvchanligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Bu o‘smirlarga xos xususiyatdir. Shuning uchun tashqi ta’sirlarga beriluvchan o‘smir o‘g‘il- qizlarga alohida e’tibor berish talab qilinadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar biologik, fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, xujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. O‘smirlik yoshida bolalikdan kattalikka o‘tish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy xususiyatida ham burilishlar sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug‘iladi. Bular, avvalo, ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va uslublari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qonikmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi hakidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ana shunga o‘xshash o‘zgarishlar ko‘pincha o‘smir ruhiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. U tajangroq, ba’zida huda-behudaga injiqlik qiladigan, serzarda, gap ko‘tarmas bo‘lib qoladi. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat- bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu – do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar qoidalarni aniqlash va egallashdir.O‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatlarda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi, bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi, yangi axborotlar, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Butun a’zolarida keskin fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Unda o‘pka, yurak, jigar, taloq, buyrak hajmlari kattalashadi. Bundan tashqari gavda tuzilishi ham o‘zgaradi. Kattalarning o‘smir yoshidagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit bu- mehnat bilan shug‘ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rinlariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Endi o‘smirlar o‘yin faoliyatiga kamroq vaqtlarini ajratgan xolda ko‘prok o’qish faoliyati va jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularning bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi.O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib topdirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin.O‘smir o‘quvchi ruhiy dunyosida paydo bo‘ladigan bunday holatlar balog‘at davri o‘tishi bilan bir me’yorga kelib qoladi. Lekin farzand o‘stirayotgan har bir ota-ona bolaning o‘sishi to‘g‘risida, uning o‘ziga xos xususiyati haqida zarur tushunchaga ega bo‘lsalar foydadan holi bo‘lmaydi, albatta. Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, bu yoshdagi o‘smirlar o‘ta ta’sirchan, ayniqsa tashqi ta’sirga, tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar. Ishqiy kitoblar o‘qish, shunga o‘xshash kinofilmlarni tomosha qilishga juda qiziqadilar. O‘zlarining tashqi qiyofalariga ko‘prok e’tibor bera boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda soch qo‘yish, durustroq kiyinish ishtiyoqi tug‘iladi, qizlar esa oynaga ko‘prok qaraydigan bo‘lib qoladilar. Ular o‘zlariga oro berishni, malikalarday go‘zal ko‘rinishni istaydilar, orasta ko‘rinishga urinadilar. Bu tabiiy holdir.Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining ma’naviy xususiyatlari bilan boshqa yoshdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetilgan bo‘ladilar. Shu tufayli ular vazmin tabiatli, mulohazali, kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar.Ota-onalar farzandlar bilan muomala qilishda ularning shaxsiy xususiyatlari, yosh davrlari hislatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar, oilada O‘zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik, umuman yaxshi ma’naviy vaziyat vujudga keladi. Otaning onaga yoki onaning otaga qilgan munosabatlari ham shu vaziyat shart-sharoitlariga mos tushishi kerak. Chunki ota-onaning o‘zaro totuv hayot kechirishlari, inoq va barqaror, mustahkam oilaning bosh omilidir. O‘smirlik yoshining o‘ziga xos xususiyatlari kattalardan ularga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lish lozimligini taqozo qiladi. Kattalar ular faoliyatini nazorat qilishlari, faoliyat motivlarini doimo e’tibordan chiqarib qo‘ymasliklari lozim, aks holda o‘smir hayotida noxush xususiyatlarning paydo bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun o‘smirlik yoshi bola taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. O‘smirlik yoshidagi bolalarning jismoniy xususiyatlari.O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetishishi jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. O‘smirlik yoshida qizlar va ug‘il bolalarning jismoniy qiyofasida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o‘g‘il bolarga nisbatan tezroq rivojlanadilar. Bu narsa qiz bolalarning ertaroq jinsiy balog‘atga yetishishiga bog‘liqdir. VII-VIII sinflarda o‘g‘il bolalar tez o‘sib, qiz bolalar bilan tenglashib teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rinlariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Endi o‘smirlar o‘yin faoliyatiga kamroq vaqtlarini ajratgan xolda ko‘prok o’qish faoliyati va jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularning bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi.O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib topdirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin.O‘smir o‘quvchi ruhiy dunyosida paydo bo‘ladigan bunday holatlar balog‘at davri o‘tishi bilan bir me’yorga kelib qoladi. Lekin farzand o‘stirayotgan har bir ota-ona bolaning o‘sishi to‘g‘risida, uning o‘ziga xos xususiyati haqida zarur tushunchaga ega bo‘lsalar foydadan holi bo‘lmaydi, albatta. Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, bu yoshdagi o‘smirlar o‘ta ta’sirchan, ayniqsa tashqi ta’sirga, tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar. Ishqiy kitoblar o‘qish, shunga o‘xshash kinofilmlarni tomosha qilishga juda qiziqadilar. O‘zlarining tashqi qiyofalariga ko‘prok e’tibor bera boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda soch qo‘yish, durustroq kiyinish ishtiyoqi tug‘iladi, qizlar esa oynaga ko‘prok qaraydigan bo‘lib qoladilar. Ular o‘zlariga oro berishni, malikalarday go‘zal ko‘rinishni istaydilar, orasta ko‘rinishga urinadilar. Bu tabiiy holdir.Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining ma’naviy xususiyatlari bilan boshqa yoshdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetilgan bo‘ladilar. Shu tufayli ular vazmin tabiatli, mulohazali, kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar.Ota-onalar farzandlar bilan muomala qilishda ularning shaxsiy xususiyatlari, yosh davrlari hislatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar, oilada O‘zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik, umuman yaxshi ma’naviy vaziyat vujudga keladi. Otaning onaga yoki onaning otaga qilgan munosabatlari ham shu vaziyat shart-sharoitlariga mos tushishi kerak. Chunki ota-onaning o‘zaro totuv hayot kechirishlari, inoq va barqaror, mustahkam oilaning bosh omilidir. O‘smirlik yoshining o‘ziga xos xususiyatlari kattalardan ularga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lish lozimligini taqozo qiladi. Kattalar ular faoliyatini nazorat qilishlari, faoliyat motivlarini doimo e’tibordan chiqarib qo‘ymasliklari lozim, aks holda o‘smir hayotida noxush xususiyatlarning paydo bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun o‘smirlik yoshi bola taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. O‘smirlik yoshidagi bolalarning jismoniy xususiyatlari.O‘smir organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetishishi jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. O‘smirlik yoshida qizlar va ug‘il bolalarning jismoniy qiyofasida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o‘g‘il bolarga nisbatan tezroq rivojlanadilar. Bu narsa qiz bolalarning ertaroq jinsiy balog‘atga yetishishiga bog‘liqdir. VII-VIII sinflarda o‘g‘il bolalar tez o‘sib, qiz bolalar bilan tenglashib oladilar. 9-10 sinfga o‘tganlarida bu bosqich o‘g‘il bolalarda yuqorilab ketadi. Qizlar 14 yoshda, o‘g‘il bolalar 15 yoshda balog‘atga yetadilar. O‘smirlik davrida o‘g‘il bolalarning bo‘yi 25-30 sm, qiz balalarniki 18-20 sm o‘sadi. O‘smirlik yoshining 2- davrida yuz suyaklari, ayniqsa uning o‘rta qismi (burun, yuqori jag‘, yonoq ) juda tez shakillana boshlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘i va xalqum o‘zgaradi, bo‘g‘izda ham o‘zgarish ro‘y beradi:Ovoz paylari uzayadi va ko‘payadi. Natijada o‘smirlarning ayniqsa, o‘g‘il bolalarning ovozi yo‘g‘on va past bo‘lib qoladi. «Ovozning buzili- shi » yosh bolalarga xos o‘tkir, jaranglagan ovozning nisbatan past kattalarga xos ovoz bilan almashinishidir. Qiz bolalarning ovozi o‘g‘il bolalarnikidek keskin o‘zgarmaydi, shunday bo‘lsa ham qizchalarga xos o‘tkir, jaranglagan ovoz asta - sekin, tekis va nozik salgina pasaygan ovoziga o‘z o‘rnini beradi.O‘smirlik yoshida muskul tizimining o‘sishi ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Muskullar tez o‘sib, mustahkamlanib borsada, lekin oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sishidan orqada qoladi. Natijada o‘smir gavdasi nomutanosib, harakatlari, yurishi notekis, beso‘naqay bo‘ladi, oyoqlar uzun, muskullar nozik bo‘lganidan o‘smir yurishidagi beso‘naqaylik ko‘zga tashlanib turadi. Ko‘krak qafasi tananing bo‘yga o‘sishiga nisbatan sekinroq o‘sadi. Natijada o‘smir ko‘kragi tor bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida muayyan darajada kislorodga ko‘prok ehtiyoj sezdiradi. Kislorodga ehtiyoj o‘smirning psixik faoliyatiga ta’sir etib, miya muskul sistemasidan farqli ravishda kislorodni bir necha marta ko‘p is’temol qiladi. Yurak va qon aylanish tizimining o‘sishiga nisbatan o‘ziga xos xarakterga ega. O‘smirlik yoshining ,birinchi davridayoq yurak o‘sib borishining hamma sikllari asosan tugallangan bo‘ladi. Qon aylanish sistemasi yurak o‘sishidan birmuncha orqada qoladi. Natijada u o‘smirlarda, ayniqsa qizlarda yurak urish tartibi buziladi. Miya va asab tizimining o‘sishi 13-18 yoshlarda takomillashadi. O‘smirlik yoshining ikkinchi yarmida miyaning eng murakkab psixik jarayonlar sodir bo‘ladigan peshona qismida asab tolalari mielinizatsiyalashib bo‘ladi. Bu yoshda xujayralar ichidagi murakkab o‘zgarishlar natijasida bosh miya ilon izi chiziqlari asosan shakillanib bo‘ladi. Bosh miya pustlog‘ining ayrim qismlarini va miya yarim sharlarini birlashtirib turuvchi assotsativ o‘zgarishlar o‘smirning tez ulg‘ayishi va ularning butun psixik hayotining murakkablashuviga asos bo‘ladi. O‘smirlik davrida ko‘zg‘alish jarayoni tormozlanishga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. O‘smirlarning o‘zini idora qila olmasligi, muddatliligi, ta’sirlanuvchanligi, qiziqish va havaslarining beqarorligi, faol faoliyatdan birdaniga passivlikka tushishining boyisi ham ko‘p jihatdan ana shunda. O‘smirning jismoniy jihatdan o‘sishida jinsiy balog‘atga yetish katta rol o‘ynaydi, jinsiy balog‘atga yetish o‘smir organizmi faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar yasaydi. Jinsiy balog‘at natijasida o‘smirlarda o‘ziga xos psixik holat vujudga keladi. Shuning uchun bu davrda maktab va oilada ta’lim- tarbiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yil- masa, o‘smirning yosh fiziologik xususiyatlari xisobga olinmasa, uning xulq atvoridagi salbiy sifatlar ortib borib, bola xarakterining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va keyingi hayoti davomida ham o‘zgartirish qiyin bo‘lgan chuqur iz qoldirishi mumkin.O‘qituvchilar, tarbiyachilar, sinf rahbarlari dastavval shuni chuqur anglashlari lozimki, jinsiy yetilish organizmning jismoniy taraqqiyotga ta’sir qilishdan tashqari o‘smirning psixik taraqqiyotiga ham albatta ta’sir qiladi. O‘smirlarda jinsiy yetilish munosabati bilan shu paytgacha ularga noma’lum bo‘lgan va qandaydir ma’noda ular uchun kutilmagan jinsiy moyillik va tegishli fikrlar, xislar, kechinmalar, qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish, ma’lum mazmundagi kitoblarga, kinofilmlarga, kattalarning gaplariga bo‘lgan qiziqishlarning paydo bo‘lishi mutlaqo zarur, tabiiy va me’yoriy holdir. Jinsiy tarbiyaning muhim vositalaridan biri o‘smirlar diqqatini odamlar o‘rtasidagi intilish munosabatlar doirasidan boshqa ob’ektlarga ko‘chirishdir. Bu o‘smirlar diqqatining jinsiy kechinmalar ustida to‘rejaishini ozaytiradi.O‘smirning hayot kechirish tarzi va uning psixik taraqqiyotga ta’siri. Kichik yoshdagi o‘quvchilardan farqli ravishda o‘rta yoshdagi o‘quvchilarning hayot kechirish tarzida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Oilada, maktabda va o‘quvchilar jamoasida o‘smirning mavqei sezilarli darajada o‘ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. O‘smirlarning oila a’zolari bilan ham yangicha munosabat o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. O‘smir shaxsining takomillashuvi va shakillanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat o‘zgarishlardir. O‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining maqtovini eshitish va «5» baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengqurlari orasida ma’lum ijobiy mavqeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun o‘quv motivlari ustuvor bo‘lib boradi, lekin o‘quv faoliyati motivlari orasida bilish, yangi bilimlarga ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi, o‘qishga og‘rinib kelib, salbiy xis tuyg‘ular va xavotirlik xislarini boshdan kechiradi. Kattalar tomonidan o‘smirning yurish turishi, xulqiga javob berish talab qilinadi. O‘smirga uning ilgari qondirilib kelinayotgan ehtiyoj va xohishlari endi qondirilmasligi, ularning ko‘pidan voz kechish lozimligi uqtiriladi. O‘smir qiyinchilik bilan bo‘lsada, o‘zining yangi mavqeini tushuna boshlaydi, o‘z xulqini o‘zgartirib unga moslasha boradi. Maktabda o‘smirning mavqei yanada keskin o‘zgaradi. Uni endi bir necha o‘qituvchi o‘qitadi. O‘smir oldida har bir o‘qituvchining o‘ziga xos metod va usullariga moslashish, ularning talablarini anglab, bilib olish kabi murakkab vazifa turadi. Endi o‘smir ko‘pgina yangi o‘quv fanlarini o‘rganib olishi kerak bo‘ladi. O‘smirning bolalar jamoasiga bo‘lgan munosabati ham murakkablashadi. O‘smirga o‘zining o‘qishi, mehnati va xatti- harakatlariga mas’uliyat bilan qarash jamoat topshiriqlarini aniq bajarish, bilim va ko‘nikmalarni egallashda reja bo‘yicha sistemali ravishda ko‘tarila borish kabi avvalgidan ko‘ra jiddiyroq talab quyiladi. O‘smirning oiladagi mavqeining o‘zgarishi, maktabda o‘qishning yangi sharoiti, bolalarning ijtimoiy hayotida murakkab munosabat-lar o‘rta yoshdagi o‘quvchilar oldiga ko‘pgina yangi talablar qo‘yadi va ularning butun psixik hayotida yangi qiyinchiliklar tug‘diradi.Avval mustahkam o‘rnashib qolgan ko‘nikma va malakalar yangi hayot kechirish tarziga ko‘p jihatdan mos kelavermaydi. Shuning uchun o‘smirlarning psixik jihatdan normal hayot kechirishi va o‘sishini ta’minlash uchun o‘smirlik yoshining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari e’tiborga olingan ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanilishi zarur. O‘smirlik davri qarama-qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar « krizislar » « tanazzullar » davri ham deb ataydilar. Sababi o‘smir ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ro‘y beradiki, u bu inqirozni bir tomondan o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomon-dan, o‘zi hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli yetmaydi. Bolani ijtimoiy dunyo bilan tanishtirish, boshqa odamlar bilan munosabatlarni o'rnatish, aksariyat psixologlarning fikriga ko'ra, o'zi haqida g'oyalarni shakllantirishdan boshlanadi. O'zini anglash hamda o’zini idrok etish muammosi psixologiyada eng qiyin muammolardan biri hisoblanadi. Tadqiqotchilar ta'kidlashlaricha, erta yoshdan boshlab bolalar o'zlariga - tanasiga, harakatiga, tashqi ko'rinishiga, shuningdek atrofdagi odamlarga va ularning munosabatlariga alohida qiziqish bilan qarashadi. O'zi haqida shakllangan g'oyalar bolaning odamlar bilan (kattalar va tengdoshlar) munosabatlarining shakllanishiga handa bolalar faoliyatining barcha turlarini rivojlanishiga ta'sir qiladi. Psixologiyada o'zini anglash hamda o’zini idrok qilish muammosiga katta e'tibor qaratildi. Psixologlar K.A. Abulxanova, B.G. Ananyeva, A.S. Arsentieva,3 R. Berns, A.A. Bodaleva, A.V. Ivaschenko, I.S. Kon, K. Levin, A. Maslou, K. Rojers, S.A. Rubinshteyn, A.N. Slavskoy, E. Elkonin va boshqalar shu muammo ustida tadqiqotlar olib bordilar. Maktabgacha yosh - bu inson hayotidagi o'ziga xos davr. Bu davr atrofdagi dunyoni faol bilish vaqti, odamlar o'rtasidagi munosabatlarning ma'nosi, ob'ektiv va ijtimoiy dunyo tizimidagi o'zini anglash va idrok etishning rivojlantirish davridir. Maktabgacha yoshda bolaning o'zi haqidagi g'oyalari hamda atrofni idrok qilishi sezilarli darajada o'zgarib boradi: u o'z imkoniyatlarini yanada to'g'ri tasavvur qilishni boshlaydi, boshqalarning u bilan qanday munosabatda bo'lishini tushunadi, bu esa atrofni idrok etish va bilishni keltirib chiqaradi. Maktabgacha yoshning oxiriga kelib, bolalarda o'zini anglashning boshlang'ich shakllari - bolaning bilishi va uning fazilatlari, imkoniyatlarini baholash hamda o'zi uchun o'z tajribalarini kashf etish rivojlanadi. D.B. Elkonin ta’kidlashicha maktabgacha yoshdagi bola o'zini boshqalar bilan ajratishdan o'zini anglashga, ichki hayotini kashf etishga o'tadi. Bir so’z bilan aytganda o’zini idrok eta boshlaydi. Bolani kattalar va tengdoshlari bilan maxsus tashkil etilgan muloqot jarayoniga qo'shilishi bolalarning o'zlari haqidagi g'oyalarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Ma'lumki, o'zini anglash va uning asosida shakllangan o'zini idrok qilish tushunchasi insonning o'zi, uning motivlari, fazilatlari, xususiyatlari va shaxsiyatini, barqarorligini va vaqt o'tishi bilan tuzilishining o'zgaruvchanligini tavsiflovchi boshqa ko'rinishlarini anglash jarayonidir. Insonning o'zi haqidagi g'oyalar yoki ushbu jarayonning mahsuli bo'lgan “Men” kontseptsiya o'tmishdan kelajakgacha o'z vaqtida o'zgarib, rivojlanib boradi. O'zini idror etishni shakllantirish g'oyasi J.Meadning har bir inson tug'ilishidanoq 4boshqa odamlar, birinchi navbatda, uning ota-onasi o'rtasidagi munosabatlarning ob'ekti ekanligi haqidagi g'oyasiga asoslanadi. Shuning uchun har bir bolaning o'zini anglashi hamda o’zini idrok etishining dastlabki shakllari, mohiyatiga ko'ra, u tomonidan kattalar bilan aloqa qilish va birgalikdagi faoliyat jarayonida ongsiz ravishda sintez qilinadi. O'zining qiyofasi bolalarda bolaning individual tajribasi va boshqa odamlar bilan aloqa qilish tajribasining o'zaro ta'siri sharoitida shakllanadi. Uch yoshga kelib, ko'plab bolalar o'zlarining qobiliyatlari to'g'risida juda aniq g'oyalarga ega bo’ladilar, shuning uchun individual tajriba faqat katta yoshdagina hal qiluvchi bo'ladi va maktabgacha yoshdagi bolalarda ahamiyatsiz rol o'ynaydi, deb hisoblaydigan tadqiqotchilar fikri tasdiqlanmagan. 3-4 yoshda allaqachon o'zlarining ayrim imkoniyatlarini mustaqil ravishda baholay oladigan va o'zlarining harakatlarining natijalarini boshqalarning yordamisiz to'g'ri taxmin qiladigan, faqat individual tajriba asosida ishlaydigan maktabgacha yoshdagi bolalar bor. O'z-o'zini anglash tushunchasining o'zgarishi va rivojlanishi insonning o'zida, uning o'zgarishi va rivojlanishida u yoki bu darajada voqelikda yuz beradigan o'zgarishlarni aks ettirishi tubdan muhimdir. Aynan bolaligida, E. Eriksonning fikriga ko'ra, shaxsda o'zaro munosabat bolada o'ziga xos munosabatni shakllantirish uchun ayniqsa muhimdir va ularning ahamiyati uchun mezonlarni tanlashda bir qator cheklovlar mavjud. Bolaligidanoq o'zini qadrlashning mezonlari inson hayoti davomida o'zini qo'llab-quvvatlaydi va ulardan voz kechish juda qiyin. E.Erikson nuqtai nazaridan o'zini anglash kontseptsiyasining rivojlanishining ikkinchi bosqichi bir yarim yildan uch-to'rt yilgacha davom etadi. Ushbu davrda bola o'zining shaxsiy kelib chiqishi va o'zini faol harakat qiluvchi mavjudot sifatida allaqachon biladi. Chunki atrof, muhit, o’zaro munosabatlar bolada ko’plab tushunchalarni yuzaga keltirgan bo’ladi. Bunday tushunchalarning idrok etilishi bola hayoti uchun mauhim ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshda bola rivojlanishining asosiy ijobiy natijasi mustaqillik tuyg'usiga erishishdir. Bola o'zini kattalarning to'liq qaramligidan xalos etishga va bir oz mustaqillikka erishishga intilad shuning uchun har qanday yordamni rad etib, hamma narsani o'zi qiladi. Voyaga etganlar xavfsizlik, tartib va maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda bolalar faoliyatini asosan cheklaydi. Agar bola kattalarning talablariga qarshi tursa, u holda o'z kuchida ishonchsizlik hissini paydo bo'lishiga olib keladi. R. Berns ushbu yoshda bola, ayniqsa, boshqalarning xayrixoh ko'magi va rag'batlantirishiga muhtoj ekanligiga e'tibor qaratgan. Unda paydo bo'layotgan xoxish tuyg'usini rag'batlantirish kerak, shunda kattalarning taqiqlari bilan bog'liq mojarolar bolani haddan tashqari uyatchanlik va o'ziga ishonchsizlikka olib kelmaydi degan fikrni ilgari surgan. Bunday ishonchsizlik atrofni, voqeahodisalarni idrok qilinishini pasaytiradi. Bolaning “Men”i haqida gapirganda, u “Men”ning aniq tasvirini ham, “Men” istiqbolini ham o'z ichiga olganligini ta'kidlash kerak, ya'ni haqiqiy narsaga yo'naltirilganman tushunchasiga ega bo’lishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nafaqat yaqinlashib kelayotgan shaxsiy o'zgarishlarni kutish va intilish (masalan, maktab o'quvchisi bo'lish), balki o'zini anglash va idrok qilishning (men qanday maktab o'quvchisi bo'laman) mavjudligini ham aytish mumkin. E. Eriksonning ta'kidlashicha, tengdoshlari bilan muloqot ham bolaning idrokini boyitadi. Boshqa bolalarga o'zlari haqida ma'lumot berish va ulardan "uning shaxsini" idrok etish to'g'risida ma'lumot olish orqali bola o'zining “Men” imidjini sezilarli darajada kengaytiradi. Bolaning o'z tushunchasini shakllantirishning eng muhim manbai bu tana qiyofasi, uning ob'ektiv xususiyatlari va sub'ektiv idrokidir. Bolada erta davrlardan chiroyli va xunuk narsalar haqida tasavvur hosil bo’ladi. O'z tanasi nuqtai nazaridan tashqi belgilar bolaning o'zini o'zi qoniqtirishi yoki qoniqtirmaslik darajasini belgilaydi va uning qadr-qimmatini shakllantirishga sezilarli ta'sir qiladi. O'zini hurmat qilish o'ziga yoki individual fazilatlarga munosabat bilan bog'liq; bu shaxsning o'zi haqidagi g'oyasini affektiv baholashdir. U har xil intensivlikka ega bo'lishi mumkin, chunki tasvirning o'ziga xos xususiyatlari - men ularni qabul qilish yoki qoralash bilan bog'liq bo'lgan ozmi-ko'pmi kuchli histuyg'ularni uyg'otishi mumkin. O'z-o'zini hurmat qilish va o'zini anglashning predmeti, xususan, inson tanasi, uning qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlari va boshqa ko'plab shaxsiy namoyishlar bo'lishi mumkin. Kupersmit o'zining qadr-qimmatini quyidagicha ta'riflaydi: «Insonning o'ziga nisbatan munosabati, u asta-sekin rivojlanib, tanish bo'lib qoladi. Ushbu munosabat o'zini ma'qullash yoki rad etish sifatida namoyon bo'ladi, uning darajasi shaxsning o'ziga xos qiymati va ahamiyatiga ishonchini belgilaydi. Shunday qilib, o'zini hurmat qilish shaxsning o'zini o'zi qadrlash tuyg'usining rivojlanish darajasi uning shaxsiga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettiradi. Shuning uchun salbiy o'z qadr-qimmati o'zini inkor etishni, inson “Men” doirasiga kiradigan hamma narsadan voz kechishni nazarda tutadi; bu insonning intilishlari darajasini pasaytiradi, uning hayotiy istiqbollarini cheklaydi. O'zini qadrlash "Men" ning ajralmas do'stidir. Bu odamning o'zi haqida o'ylashi yoki aytishi bilan emas, balki boshqalarning yutuqlariga munosabatida namoyon bo'ladi. O'z-o'zini hurmat qilish yordamida shaxsning xattiharakatlarini tartibga solish sodir bo'ladi. "Men" kontseptsiyasini rivojlantirishning navbatdagi bosqichi - bu gender o'ziga xoslikni shakllantirishdir. Jinsiy farqlar psixologiyasini tadqiqiq qilgan olim Kona, bolada o'zining "Men" ini tushunadigan birinchi toifa - bu jins deb ta’kidlagan. U asosiy jins identifikatori, ya'ni ularning jinsi haqidagi bilim, odatda 1,5 yilgacha rivojlanadi. Jinsni anglash - bu o'zini anglashning eng barqaror, asosiy elementidir. 2 yoshga kelib, bola o'z jinsini biladi, ammo hali bu unga tegishli ekanligini idrok eta olmaydi. O'zini o'g'il yoki qiz deb ta'riflagan bola buni biologik xususiyatlari bilan bog'lamaydi. Jjinsiy sotsializatsiya va o'zini anglashni rivojlantirishni bog'laydigan murakkab biososial jarayon natijasida bola haqiqiy jinsiy identifikatsiyaga ega bo'ladi. Shaxsni anglashdagi tadqiqotlar K.A. Abulxanova – Slavskaya tomonidan amalga oshirildi. Shaxsiyat, shuningdek, vaqtni tartibga solish qobiliyati, o'z vaqtida faoliyat yuritish qobiliyati, kelajakdagi faoliyatni dasturlash, uning voqealarini oldindan ko'ra bilish kabi individual qobiliyatlarga ega. O'z xattiharakatlarini uzoqroq maqsadlarga bo'ysundirish qobiliyati, bu maqsadlarni xattiharakatlarning amaldagi regulyatorlariga aylantirish nafaqat inson ontogenetik rivojlanishining muntazamligi, balki ijtimoiy yetuklik va o'zini anglashni shakllantirish mezonidir. Shunday qilib, o'zini anglash hamda idrok etishni rivojlanish xususiyatlarini ko'rib chiqib, shuni ta'kidlash kerakki, o'zini anglash tushunchasining shakllanishi, avvalo, boshqalarning ta'siri ostida sodir bo'ladi, umuman, o'zini anglash tushunchasi insonning hayotiy tajribasi, birinchi navbatda, bola-ota-ona munosabatlari ta'sirida shakllanadi. Biroq, yetarlicha erta u o'zi ushbu tajribani talqin qilish, shaxsning o'zi oldiga qo'ygan maqsadlari, tegishli taxminlar tizimi, kelajak prognozlari, yutuqlarini baholash va shu bilan o'z shakllanishiga faol ta'sir ko'rsatadi. Buning uchun bolalarda maktabgacha yoshdan boshlab barcha tushunchalarning idrok etilishiga e’tibor qaratish lozimdir.


Yüklə 150,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə