Mavzu: Boshqaruv jarayonlari Reja: Kirish Boshqaruv jarayonining bosqichlari


Menejment vazifalari va ularning turlari



Yüklə 22,92 Kb.
səhifə2/3
tarix25.02.2023
ölçüsü22,92 Kb.
#101492
1   2   3
Mavzu Boshqaruv jarayonlari mezonlari haqida umumiy ma’lumot Re

Menejment vazifalari va ularning turlari
Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida aks etadi. Menejment vazifalari deganda boshqarish bo’yicha malum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig’indisi tushuniladi. Menejment vazifalari, avvalo, boshqariluvchi obektning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. İshlab chiqarish tarkibiga mos ravishda quyidagilarni aks ettiruvchi vazifalar mavjud: 
- iqtisodiyot tarmoq tarkibi; 
- uning hududiy tarkibi;
-ishlab chiqarishning alohida unsurlari. 
Xalq xo’jaligining tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy ishlab chiqarishni boshqarish va moddiy bo’lmagan ishlab chiqarishni boshqarish kabi vazifa qo’yadi. Birinchi soha tarkibida ishlab chiqarish va muomala sohalarini boshqarish farqlanadi. İshlab chiqarish sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini, qurilish, transport, aloqani boshqarish vazifalari; muomala sohasini boshqarish vazifalariga savdo, moliya, moddiy-texnikaviy taminot sohalari, fan, madaniyat, talim sohalarini boshqarish kiradi. 
İshlab chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidaga boshqaruv vazifalari kiradi. İshlab chiqarishning boshlang’ich bo’g’ini -korxonani boshqarish muhim vazifadir. Menejment vazifalari boshqaruv tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini belgilab beradi. 
Boshqaruv jarayonini bajariladigan vazifalar bo’yicha tahlil etish har bir vazifada ish xajmi, boshqaruvchi xodimlar sonini aniqlash, va nihoyat boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq vazifalari farqlanadi. Asosiy vazifalar har bir korxona va boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 
a) marketing; 
b) biznes-reja
v) tartibga solish; 
g) tashkil etish; 
d) rag’batlantirish; 
e) nazorat va hisob-kitob; 
j) undash; 
z) rejalashtirish. 
Marketing - korxonani istemolchi bilan bozor orqali bog’lovchi eng muhim bozor munosabatlari va axborot oqimlari to’plamidir. Marketing tarkibiga: bozorni o’rganish, istemolchilar buyurtmalariga ko’ra tovarlar turini rejalashtirish, tovarlarni bozorga chiqarish, reklama, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishdan istemolchiga etkazish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Bozor u yoki bu bu tovarga bo’Ulgad talabni lakmus qog’ozi singari aks etgiradi. 
Bozor taklif qilgan tovarni yo qabul etadi, yoki inkor qiladi. 
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotni boshqarish marketingai ishlab chiqarish siklining so’ngida emas, boshida bo’lishini taqozo etadi, chunki boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridorlarning mavjud va istiqboddagi ehtiyojlari yotadi. Agar markazlashgan, mamuriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvda bozorga ishlab chiqarishining oxirgi nuqtasi sifatida qaralgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotiga o’tilishi bilan bozor talablari ishlab chiqarish bosqichining boshidayoq hisobga olinishi zarur. Bozor ishlab chiqarish ko’lamini belgilovchi, butun boshqaruv jarayoniga tasir etuvchi kuchga aylanadi. 
Biznes-reja ijodiy loyihalashtirish, istiqbolni belgilashdir. Biznes-rejalarda iqtisodiy strategiya belgilanadi, kelajakda rivojlanish yo’llari va vositalari aniqlanadi, tarkibiy siyosat, FTT, ijtimoiy rivojlanish miqyoslari belgilanadi. 
Tashkil etish — boshqariluvchi tizimning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa kichik tizimlarini tartibga solish jarayonidir. Tashkil etish maqbul tuzilmalar tashkil etish, tizim tarkibiy qismlari o’rtasidagi qismlari to’g’risida qoidalar yaratishi, lavozim majburiyatlari, barqaror iqtisodiy meyorlarni belgilashni o’z ichiga oladi. 

Yüklə 22,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə